Toshkent moliya instituti o. Masharipnv Sh. Ilxomov


Takrorlash uehun savollar



Yüklə 2,42 Mb.
səhifə18/83
tarix07.01.2024
ölçüsü2,42 Mb.
#205687
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   83
3IDUv9tTAkDtAUi7TQ0D

Takrorlash uehun savollar

  1. Asosiy vositalar auditining maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?

  2. Auditor asosiy vositalarni tekshirishda qanday reja tuzishi zarur?

  3. Asosiy vositalar auditida qanday ma’lumot manbalaridan foydalaniladi?

  4. Asosiy vositalarning mavjudligi va saqlanish holati qanday tekshiriladi?

  5. Asosiy vositalar analitik hisobining tashkil etilishi qanday tekshiriladi?

  6. Asosiy vositalar auditida eng ko‘p uchraydigan xatolar qanday?

  7. Asosiy vositalar harakati bo‘yicha muomalalarni tek- shirishda auditor nimalarga alohida e'tibor qaratishi zarur?

  8. Asosiy vositalar kirimi va chiqimini rasmiylashtirish, schyotlarda aks ettirish hamda soliqqa tortish qanday tekshiri- ladi?

  9. Asosiy vositalar ijarasi (uzoq yoki qisqa muddatli) qanday tekshiriladi?

  10. Asosiy vositalarga eskirish hisoblash to‘g‘riligi qanday tekshiriladi?

III mavzu. NOMODDIY AKTIVLAR HARAKATI BILAN
BOG'LIQ MUOMALALAR AUDITINING USLUBIY
MUAMMOLARI


    1. Nomoddiy aktivlar auditini tashkil etish va o‘tkazish tartibi

Respublikamizda iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o'tishi tufayli subyekt mablag'lari va mablag'lar manbalarini, shuningdek, ulaming harakatini buxgalteriya hisobida aks ettirish uslubida ham sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berdi. Buxgalteriya hisobining obyekti bo‘lgan va tegishli nazorat o‘mati]ishini talab etuvchi xojalik mahlag'larining yangi turlari paydo bo‘ldi. Bozor islohotlarining chuqurlashtirilishi va iqtisodyotning erkinlashtirilishi tufayli subyektlar. firmalar va aksiyadorlik jamiyatlarining xojalik yuritish amaliyotida mulkchilik va muomalalarning yangicha turlari kirib kelmoqda. Bulardan biri nomoddiy aktivlardir.
«Bozor munosabatlari rivojlanib borgan sari, moddiy aktivlar tashkilotga daromad kelishini ta'minlovchi yagona omil emasligi va ularning ashyoviy negiz kabi klassik belgiga ega bo'lmagan, lekin subyektning foyda olish jarayonida g'oyatda muhim rol o'ynashi mumkin bo‘lgan boshqa turlari mavjudligi tobora yaqqol sezilib bormoqda.
Nomoddiy aktivlar, bizning fikrimizcha, bugungi kunda milliy buxgalteriya hisobi uslubiyotining eng murakkab muammolaridan hiridir. Buxgalterlaming ushbu obyektlar bilan bog'liq kundalik amaliyoti asosan quyidagi holatlar tufayli qiyinlashadi:

  • buxgalteriya hisobi uslubiyotida ayrim masalalaming ishlab chiqilmaganligi, bunga ko‘p jihatdan muomalalaming huquqiy shakli va iqtisodiy mazmuni o'rtasida hamjihatlik konsepsiya- sining yo'qligi sabab bo'ladi;

  • turli me'yoriy hujjatlar o‘rtasida qonun chiqarish texnolo- giyasining o‘zidagi nuqsonlar tufayli vujudga kelgan ziddiyatiar va nomutanosibliklar.

O‘zbekiston Respublikasi 7-son BHMS ga ko'ra. nomoddiy aktivlar korxona tomonidan ulardan ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatiar ko‘rsatish yoki tovarlami sotish jarayonida foydalanish maqsadida yoxud ma'muriy va boshqa funksiyalami amalga oshirish uchun uzoq muddat mobaynida tutib turiladigan. moddiy-ashyoviy mazmunga ega bo'lmagan mol- mulk obyektlaridir»2.
O‘zbekiston Respublikasi 21-son BHMS ga muvofiq, «Subyektga tegishli bo‘lgan nomoddiy aktivlaming mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:

  • 410-«Patentlar, litsenziyalar va nou-xaular»;

  • 420-«Savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalari»;

0430-«Dasturiy ta'minot»;

  • 440-«Yerdan va tabiiy resurslardan foydalanish huquqi»;

0450-«Tashkiliy xarajatlar»;
0460-«Franchayz»;
0470-«Mualliflik huquqlari»;
0480-«Gudvill»;
0490-«Boshqa nomoddiy aktivlar».3
Nomoddiy aktivlarning asosiy vositalardan farqi — moddiy- ashyoviy qiymatga ega emasligi. Subyektning harcha aktivlari bilan nomoddiy aktivlarni birlashtiradigan ularning foyda keitira olishidir.
Bizningcha. umumiy holda nomoddiy aktivlar deganda, qiymatga ega bo'lgan intellektual mulk obyektlari va shu kabi boshqa aktivlardan foydalanish huquqi nazarda tutiiadi. Xususan. quyidagi tavsiflarga javob beradigan har qanday intellektual mulk obyektlari buxgalteriya hisobi maqsadlari uchun nomoddiy aktivlar deb e'tirof etilishi mumkin:

  • moddiy-ashyoviy shaklga ega bo'lmagan yoki moddiy- ashyoviy shakli foydalanish uchun muhim ahamiyatga ega bo'lmagan yohud moddiy-ashyoviy shakJi me'yoriy-huquqiy cheklashlar sababli e'tiborga olinmaydigan obyektlar;

  • mahsulot ishlab chiqarishda, ish bajarish yoki xizmat ko'raatish mobaynida foydalanishga yoki tashkilotni boshqarish uchun mo'ljallangan obyektlar;

  • uzoq vaqt davomida, ya'ni kamida bir yildan oshadigan vaqt davomida foydalanish niyatida sotib olingan obyektlar;

  • bir maromli sharoitda qaytadan sotish niyati bo‘lmagan obyektlar>*.

Nomoddiy aktivlaming o'ziga xos turi «gudvill» (firman- ing narxi) tushunchasidir.
Ushbu atama asosan subyektning ishbilarmonlik nufuzini aks ettiradi va u subyekt o‘z aktivlarining qiymatidan yuqori narxga sotib olinganda namoyon bo'ladi. Jumiadan, ular (yoki ulaming bir qismi) ni baholangan sotish narxdan farqli ravishda kimoshdi savdosida amalga oshiriladi. Runday hollarda to'langan narx obyektning baholangan narxidan yuqori bo'lgan qismi «firmaning narxi» ni tashkil qiladi va haridor tomonidan nomoddiy aktivlar tarkibida hisobga olinadi.
«Firmaning narxi» tushunchasining o'lchamiga turli omillar ta’sir qiladi, jumladan: subyektning joylashgan o‘rni; subyekt faoliyatining samaradorligi; mahsulotning raqobatbardoshligi va h.k.
Nomoddiy aktiviaming qiymatga egaligidan tashqari, ulami subyektning boshqa aktivlari hilan hisobda birlashtiradigan yana hir xususiyati shuki, ulaming o‘zi alohida bir obyekt bo‘lib, mulk egasidan yoki boshqa xojalik birligidan ajratib, boshqa foydalanuvchilarga berib yuborish mumkinligidir. Biroq «fir- maning narxi», savdo markasi va belgilar hamda shu kabi hoshqa aktivlar bunday sifatga ega emaslar.
Subyekt tomonidan sotib olingan nomoddiy aktivlaming dastlabki harid qiymati sotuvchilaming to'langan yoki to‘lov uchun qabul qilingan schyotlari asosida qayd qilinib, hisobga olingandan so‘ng 0830 - «Nomoddiy aktivlarni sotib olish» schyotida aks ettiriladi.
Subyektlar nomoddiy aktivlarni sotib olish bosqichida agar, ulardan foydalanish sharoitlari buni talah qilsa, ularni inventar qiymatini aniqlash va foydalanishga yaroqii holatga keltirish za- ruratiga duch keladilar. Shuning uchun nomoddiy aktivlarning inventar qiymati ularni yaratish yoki sotib olish hamda foy- dalanishga yaroqli holatga keltirish xarajatlaridan tashkil topadi.
Nomoddiy aktivlar buxgalteriya balansi (1-shakl) ning aktiv qismidagi «Uzoq muddatli aktivlar» boMimida «Nomoddiy ak- tivlar» nomli modda bo'yicha (boshlang‘ich qiymati (020-satr), eskirishi (021-satr), qoldiq qiymali (022-satr) aks ettiriladi (3.1- jadval).
3.1-jadval

Yüklə 2,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin