Toshkent moliya instituti o. Masharipnv Sh. Ilxomov


Asosiy vositalarni ta'mirlasb xarajatlari auditi



Yüklə 2,42 Mb.
səhifə17/83
tarix07.01.2024
ölçüsü2,42 Mb.
#205687
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   83
3IDUv9tTAkDtAUi7TQ0D

Asosiy vositalarni ta'mirlasb xarajatlari auditi

Asosiy vositalar foydalanish jarayonida ularning jismoniy xossa va sifatlari yo'qolib boradi. Ulami tikJash uchun subyekt ta'mirlash ishlarini o‘tkazishi mumkin.
Asosiy vositalar ta'mirining ikki turi mavjud: kapital va joriy ta'mir.
Asosiy vositalarni ta'mirlash pudrat yoki xojalik usulida ba- jarilishi mumkin. Pudrat usulida bajarilganda subyekt ta'mirlash- qurilish tashkiloti bilan pudrat shartnomasini tuzadi.
Xojalik usulida esa ta'mir o‘z kuchi bilan amalga oshiriladi.
Ikkala usulda ham ta'mirlash xarajatlari ishlab chiqarish xarajatlari hisobidan qoplanadi.
Pudrat va xojalik usulida bajarilgan ta'mirlash ishlari audit- ining xususiyatlarini ko'rib chiqamiz.
Asosiy vositalami ta'mirlashga doir muomalalami tekshirish mobaynida auditor ta'mirlash rasmiylashtirilishining to‘g‘rilili- giga alohida e'tibor qaratishi lozim. Bunda dastawal, mazkur masala bo'yicha subyektda qanday hisob siyosati qabul qilin- ganligi aniqlanishi zarur. Bu narsa tekshiruvni davom ettirish ketma-ketligini belgilaydi. Subyektlarda asosiy vositalami ta'mirlashga doir xarajatlar quyidagicha hisobdan o'chirilishi mumkin:

  • xarajatlaming qilinish me'yoriga qarab bevosita mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga;

  • asosiy vositalami ta'mirlash uchun yaratilgan fond hiso- bidan;

  • xarajatlami oldin 3190 — «Boshqa kelgusi davr xarajatlari» schyotiga olib borib, keyinchalik hir me'yorda tannarxga qo'shib borish.

Agar hisob siyosatiga muvofiq subyektda asosiy vositalami ta'mirlash uchun rezerv tashkil etiladigan bo‘lsa. unda auditor rezerv uchun ajratmalar summasining iqtisodiy asoslanganligini, asosiy vositalaming turlari bo‘yicha (binolar, inshootlar, quril- malar va hokazo) ajratmalar miqdori ko'zda tutilganligi yoki ajratmalarning yagona normasi belgilanganligi, har oyda rezerv hisoblash tamoyiliga rioya qilinishini aniqlaydi. Ta mirlash uchun qilingan haqiqiy xarajatlar yaratilgan rezcrv hisobiga hi- sobdan o'chiriladi. Shuning uchun auditor yil oxirida (ta'mirlash ishlari tugallangan hollarda) oshiqcha hisoblangan rezerv to*g‘ri- langanligi (stomo qilinganligi) ga ishonch hosil qilishi lozim.
Asosiy vositalarni ta'mirlashga doir muomalalaming buxgal- teriya hisobi schyotlarida aks ettirilishini tekshirish mobaynida auditor, ishlab chiqarishga doir asosiy vositalami ta'mirlash xarajadari tannarxga olib borilganligi, noishlab chiqarishga doir asosiy vositalamiki esa o‘z manbalari hisobiga hisobdan o'chirilganligiga ishonch hosil qilishi lozim. Shunindek, auditor ta'mirlash ishlari qaysi usul (pudrat yoki xojalik usuli) bilan amalga oshirilganligini ham tekshiradi.
Agar hisobot davrida lizingga olingan asosiy vositalar ta’mirlangan bo‘lsa, ta mirlash turini (joriy yoki kapital), lizing shartnomasida kapital ta'mirlash ko‘zda tutilganligi va xarajatlar kimnmg hisobidan qoplanishini tekshirish zamr.
Subyektlar hisobot davrida asosiy vositalar obyekllarini zamonaviylashtirish va qayta jihozlash uchun ham xarajatlar qi- lishi mumkin. Auditor bu holda quyidagilami tekshiradi: qilin- gan xarajatlar 0890 - «Boshqa kapital sarflar» schyotida hisobga olinganligi, ta'mirlash ishlari yakunlanganidan so‘ng asosiy vosi- talar dastlabki qiymati oshganligi, subyekt qo‘shilgan kapitalin- ing ko'payishi hisohda ko'rsatilganligi. Subyekt asosiy vositalami ta'mirlash bilan bog‘liq barcha xarajatlami ishlab chiqarilgan mahsulot (bajarilgan ish, qo'rsatilgan xizmat) lar tannarxiga kiri- tadi, bu pirovardida moliyaviy natijaning shakllanishiga, shu- ningdek, subyektning foydadan budjetga to‘lovlar ho'yicha bud- jet bilan o'zaro munosahatlariga ham ta'sir etadi.
Auditor, eng awalo, bu masala bo'yicha ham subyektda qanday hisob siyosati qabul qilinganligini aniqlashi lozim. Ayrim subyektlar kelgusi yil uchun hisob siyosatini qabul qihshda ta’mirlash xarajatlarini har oyda haqiqiy xarajatlar hajmida hi- sobdan o‘chiradigan tartibni qo'llaydilar. Boshqa subyektlar ta'mirlash fondi yaratadilar (ta'mirlashning barcha turlari uchun rezervga mablag1 ajratadilar), haqiqatda bajarilgan ta'mirlash ishlari uchun qilingan xarajatlarni esa tashkil etilgan fond hiso- biga hisobdan o'chiradilar.
Birinchi holatda ta’mirlashga doir barcha xarajatlar ta'mir- lash qaysi hisobot davrida amalga oshirilgan bo'lsa, bevosita shu davrdagi ishlab chiqarish xarajatlariga qo‘shilishi lozim. Ikkinchi holatda subyekt balansida turgan asosiy vositalarning dastlabki qiymatiga nisbatan foiz hisohida ta’mirlash fondiga ajratmalar me'yori hisoblab chiqariladi.
Odatda, hisob yuritish siyosatining birinchi variantini kichik va o‘rta biznes subyektlari, ikkinchisini esa asosiy vositalari mulk (aktiv) larning salmoqli qismini tashkil etadigan yirik subyektlar qo'llaydilar.
Auditor ta'mirlash xarajatlarini ishlab chiqarish xarajatlariga qo'shishning to'g'riligini subyektda qabul qilingan hisob siyosa- tidan kelih chiqib, uning o‘zgarish hollarida esa sahabini va ushbu vaziyatning moliyaviy natijaga ta'sirini tekshirishi lozim.
Asosiy vositalarga eskirishni hisohlash va ta'mirlash bo'yicha suhyektda qanday hisoh yuritish siyosati qabul qilinganligini aniqlash uchun 8910 - «Kelgusidagi xarajatlar va to‘lovlar uchun rezervlar» schyotining ma'lumotlari bilan lanjshish zarur. Agar 8910 schyotda alohida ta'mirlash fondi degan analitik schyot ajratilgan bo'lsa, ushbu fondga qilingan ajratmalaming hajmi qanchalik asoslanganligi (iqtisodiy hisoh-kitohlar bilan tas- diqlanganligi) ga ishonch hosil qilish zarur. Ajratmalar hajmi asosiy vositalar turlari bo'yicha tabaqalangan yoki ajratmalarning yagona normasi o'matilgan bo'lishi mumkin. Auditor nuqtayi nazaridan yagona normativni qo'llash tannarxning asossiz ko‘tarilishi va soliqqa tortiladigan bazaning pasayishiga olib kelsa, u bunday holatni auditorlik hisobotida ko'rsatib o'tishi lozim.

Yüklə 2,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin