Asosiy vositalarni auditorlik tekshiruvdan o'tkazishda foy- dalaniladigan manbalar buxgalteriya hisobining subyektda qabul qilingan tashkiliy shakliga ham bog'liq. Rular: jurnal-orderlar, vedomostlar, kartochkalar, kompyuter dasturlari va h.k lardir. Lekin shuni unutmaslik kerakki, hisobning har qanday shakli sharoitida ham asosiy vositalaming harakatiga oid muomalalar (kirimi. chiqimi, xojalik ichidagi siljishi, ta'mirlanishi) me’yoriy va dastlabki hujjat shakllari bilan rasmiylashtirilishi lozim. Asosiy vositalar auditining ma'lumol manbalari quyidagi jad- valda keltirilgan. 2.1-jadval Asosiy vositalar auditining ma'lumot manbalari
1.
0‘zbekiston Respubiikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida» gi qonuni. 1996-yil 30- avgustda tasdiqlangan
2.
0‘zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida» gi qonuni.. Yangi tahrirda 2000-yil 26-mayda tasdiqlan- gan
3.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi (asosiy vosita- laming eskirish me'yorlari) 2008 y.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi. 2002-yil 30- avgust holatiga o‘zgartirishlar bilan. 1996-yiJ 29-avgustda 257-1-sonIi O'zbekiston Rcspublikasi Oliy Majlisi qarori bilan 1997-yil 1-martdan kuchga kiritilgan
5.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999- yil 5-fevraldagi 54-sonii «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha xarajatiar tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi haqidagi Nizom» (2003, 2004 va 2005-yiliardagi qo'shimcha va o‘zgartirishlar bilan)
6.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Lizing operatsiyalarini buxgalteriya hisobi va hisobotida aks etish tartibi» nomli 1998-yil 6-maydagi 194-sonli qarorining 2- ilovasi
7.
«Inventarlash vaqtida aniqlangan mol-mulkning kamo- madi va orliqchasini buxgalleriya hisobi va soliqqa tortish tartibi haqidagi Nizom». 2001-yil 20-iyunda 56G‘2001- 38-son bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat Soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan va Adliya vazirligida 2001-yil 23-iyulda 1054-son bilan ro‘yxatga olingan
8.
«Balansdagi asosiy vositalami hisobdan cluqarish tartibi haqida Nizom». 2001-yil 28-fevralda 26-son bilan 0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tas- diqlangan
9.
«2001-yil 1-yanvar holatiga ko'ra asosiy vositalarni qayta- dan baholash tartibi haqidagi Nizom». 2001-yil 2-fevralda RA-01G‘8-6a, 17-03G‘113A, 2001-32-sonlar bilan 0‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi. Moliya vazirligi va Davlat Soliq qo'mitasi qarori bilan tasdiqlangan
10.
Moliyaviy hisobot shakllarini to'ldirish qoidalari. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002-yil 27-dekabrdagi 140-sonIi buyrug'i bilan tasdiqlangan
11.
1-son «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» nomli O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy stan- darti (BHMS). 1998-yil 26-iyulda 474-son bilan 0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tas- diqlangan va Adliya vazirligida 1998-yil 14-avgustda ro'yxatga olingan.
12.
5-son «Asosiy vositalar» nomli O‘zbekiston Respublikasi BHMS. 0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2003- yil 9-oktabr 114 son buyrug'i bilan tasdiqlangan va Adliya vazirligida 2004-yil 20-yanvar 1299-son bilan ro'yxatga olingan
13.
21-son «Xojalik yurituvchi subyekllarning moliyaviy- xojalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash haqida yo‘riqnoma» nomli BHMS 2002-yil 9- sentahrda 103-son bilan 0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan va Adliya vazirligida 2002-yil 23-oktabrda 1181-son bilan ro'yxatga olingan.
14.
19-son «Inventarlashni tashkil qilish va o'tkazish» nomli BHMS 1999-yil 19-oktabrda EGG‘17-19- 2075-son bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan va Adliya vazirligida 1999-yil 2-noyabrda 833-son ЬПап ro'yxatga olingan
15.
70-sonli «Moliyaviy hisobot to‘g‘risida auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi» O'zhekiston Respublikasi
Auditorlik faoliyati milliy standarti (AFMS). 2001 yil 14 fevralda 20-soni bilan O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan va 2001-yil 10-martda 1016-son bilan Adliya vazirligi tomonidan ro'yxatga olingan
16.
11-son «Ma’lumotlami kompyuterda qayta ishiash sharoitida audit» O'zbekiston Respublikasi AFMS 1999- yil 91-sentabrda 76-son bilan O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan va 1999-yil 23- sentabrda 823-son bilan Adliya vazirligi tomonidan ro'yxatga olingan
17.
14-son «Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot» nomli BHMS. O‘zR. Adliya vazirligida 2004-yil 7-aprelda 1335- son bilan ro'yxatga olingan
18.
22-son «Chet el valutasida ifodaiangan aktivlar va ma- jburiyatlaming hisobi» nomli BHMS. O‘zR. Adliya vazirligida 2004-yil 21-mayda 1364-son bilan ro‘yxatga olingan
19.
6-son «Ijara hisobi» nomli BHMS. O‘zR. Adliya vazirligida 2004-yil 22-iyunda 1374-son bilan ro'yxatga olingan
20.
23-son «qayta tashkil etishni amalga oshirishda moliyaviy hisobotni shakllantirish» nomli BHMS. O‘zR. Adliya vazirligida 2005-yil 27-iyunda 1484-son bilan ro'yxatga olingan.
21.
«Yundik shaxslar mol-mulki ho'yicha soliqlarni hisoblash va budjetga to'lash tartibi to‘g‘risida»gi Yo'riqnoma. 2002-yil 11-martda 1107-son bilan Adliya vazirligi to- monidan ro'yxatga olingan
22.
Subyektning hisob siyosati to‘g‘risidagi buyrug'i
23.
Asosiy vositalami hisobga olishda subyektda qo'llaniladigan analitik va sintetik hisob registrlari
24.
Asosiy vositalami qabul qilish-topshirish (ichki siljish) dalolatnomasi (nakladnoyi) (AB-1 shakl)
25.
Ta’mirlangan, qayta jihozlangan va zamonaviylashtirilgan obyektlami qabul qilish-topshirish dalolatnomasi (AV-2 shald)
26.
Asosiy vositalarni hisobdan chiqarish dalolatnomasi (AV- Z shakl)
27.
Avtotransport vositalarini hisobdan chiqarish dalolatno- masi (AV-4 shakl)
28.
Asosiy vositalarni hisobga oladigan inventar kartochka (AV-6 shakl)
29.
Asosiy vositalami hisobga oladigan inventar kartochkalar ro'yxati (AV-7 shakl)
30.
Asosiy vositalar harakatini hisobga oladigan kartochka (AV-8 shakl)
31.
Asosiy vositalarning inventar ro'yxati (ishlatish joylari bo'yicha) (AV-9 shakl)
Auditor ushbu me’yoriy hujjatlar, hisob registrlari va dast- labki hujjatlarda asosiy vositalar harakatini rasmiylashtirish uchun javobgar shaxslar imzolarining mayjudligi va haqqo- niyligiga e’tibor qaratib, barcha rekvizitlaming to‘g‘ri to'lg'a- zilganligini aniqlaydi. Shuningdek, subyektning hisob siyosati to'g'risidagi buypuqda bayon qilingan - asosiy vositalami hi- sobga olish uslubiyoti bilan tanishib chiqishi lozim. Bunda xususan quyidagilarni aniqlash zarur:
obyektlami asosiy vositalar va aylanma mablag'lar qatoriga olib borish uchun ular qiymatining belgilangan chegaralari;
qiymatidan qat'iy nazar asosiy vositalar qatoriga olib bori- ladigan obyektlar ro'yxati;
asosiy vositalar bo'yicha amortizatsiya hisoblash usullari;
asosiy vositalarni ta'mirlash uchun qilingan xarajatlami aks ettirish tartibi;
hisobot yilining 1-yanvar holatiga asosiy vositalarni qayta baholash ko'zda tutilganligi;
asosiy vositalarni inventarizatsiya qilish muddatlari;
asosiy vositalar mayjudligi va harakatiga doir muomala- lami hisobga olish uchun ishchi schyotlar rejasida belgilangan schyotlar ro'yxati.
Asosiy vositalar mavjudligi va harakatiga doir muomalalami hisobga olishda qo'llaniladigan va tekshimvda auditor tomoni- dan jalb qilinadigan, sintetik va anaiitik hisob registrlari buxgal- teriya hisobining subyektda qo'llanilayotgan shakliga bog‘liq. Ularga 0100-«Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar», 0200 — «Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar», 0300 — «Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo'yicha olingan asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar» schyotlari bo'yicha sintetik hisob registrlari, sintetik va analitik hisob bo'yicha oborot va qoldiq vedomostlari kiradi. Asosiy vositalar harakatiga doir muomalalar, odatda, dastlabki hujjatlarning yagona shakllari bilan, ayrim hollarda esa subyektda ishlab chiqiigan va hisob siyosati to‘g‘risidagi buyruq hilan tasdiqlangan dastlabki hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. Auditor tekshiruv mobaynida moliyaviy hisobotning quyi- dagi shakllaridan foydalanadi:
buxgalteriya balansi (1-shakl);
moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot (2-shakl);
asosiy vositalar to‘g‘risidagi hisobot (Z-shakl);
pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot (4-shakl);
xususiy kapital to'g'risidagi hisobot (5-shakl);
izohlar, hisob-kitoblar, tushuntirishlar.
Asosiy vositalar auditining obyektlari quyidagi 2.2-jadvalda keltirilgan. 2 2-jadval Asosiy vnsitalar auditining nbyektlari