Nomoddiy aktivlami hisobga olishga doir muomalalami tek- shirish natijalari auditorlik hisobotida umumlashtiriladi. Har bir yo‘l qo'yilgan xato-kamchilik bo‘yicha: qaysi me'yoriy hujjat- ning qaysi talabi buzilganligi; yetkazilgan zarar summasi; aniqlangan xatoning subyekt faoliyati va moliyaviy hisobot ko'rsatkichlarining ishonchliligiga ta’sir ko'rsatish darajasi, jiddi- yligi va hokazolar aniqlanadi. Moliyaviy hisobot ma'lumotlarining buzib ko‘rsatilishi va balansning «Nomoddiy aktivlar» moddasi ishonchliligini tas- diqlash imkoni yo‘qligi quyidagi sabablardan kelib chiqadi:
0400 - «Nomoddiy aktivlami hisohga oladigan schyotlar» - (0410-0490) da asossiz ravishda nomoddiy aktivlar qatoriga olib borilganligi;
hisob siyosatida belgilangan inventarizatsiya o'tkazish muddatlariga rioya qtlinmasligi;
inventarizatsiya natijalari tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilmaganligi;
inventarizatsiya natijalari yillik buxgalteriya hisobotida o‘z vaqtida aks ettirilmasligi;
nomoddiy aktivlaming foydali xizmat qilish muddatlarini noto'g'ri (noqonuniy) belgilash oqihatida subyekt xojalik faoliyati moliyaviy natijalarining buzib ko'rsatishi;
noishlab chiqarish sohasida ishlatiladigan nomoddiy aktivlar bo'yicha hisoblangan amortizatsiya ajratmalarini mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga olib horish;
nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarishga doir muomalalarni hisobda aks eltirish uslubiyotining buzilishi. Nomoddiy aktivlar harakatiga doir muomalalarni hisobda aks ettirish uslubiyotiga rioya qilmaslik soliq bilan bog‘liq noxush holatlarni keltirib chiqaradi. Jumladan:
to'lanmagan va hisobga olinmagan nomoddiy aktivlar bo'yicha qo‘shilgan qiymat solig'ini budjetga taqdim qilish;
nomoddiy aktivlami sotish va shartnomaga asosan bepul berish mobaynida QQS hisoblamaslik va noto‘g‘ri aniqlash;
nomoddiy aktivlar hisobdan chiqarilishi natijasida ko'rilgan zararlar summasiga soliqqa tortiladigan foydaning kamaytirilishi; nomoddiy aktivlar jismoniy shaxslar tomonidan sotib olinganida daromad solig‘i ushlamaslik.