Toshkent moliya instituti o. Masharipnv Sh. Ilxomov


Takrorlash uchun savollar



Yüklə 2,42 Mb.
səhifə12/83
tarix07.01.2024
ölçüsü2,42 Mb.
#205687
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   83
3IDUv9tTAkDtAUi7TQ0D

Takrorlash uchun savollar

  1. Auditorlik tekshiruvining strategiyasi qanday shaklda tuzi- ladi va uning maqsadi nimalardan iborat?

  2. Auditorlik tekshiruvida rejalashtirishdan oldin qanday bosqichlar amalga oshiriladi?

  3. Subyekt to‘g‘risida asosiy ma'lumot manbasi bo‘lib ni- malar hisoblanadi?

  4. Jiddiylik (moddiylik) ni baholashda qanday asosiy yon- dashuvlar mavjud?

  5. Auditorlik tavakkalchiligini baholashda qanday usullardan foydalaniladi?

  6. Sub'yktda ichki nazorat tizimini baholash nima maqsad- larda o'tkaziladi?

  7. Ekspert — bu qanday mutaxassis? Auditda ekspertning tutgan o‘mi.

  8. Qanday holatlarda auditor ichki audit natijalaridan foy- dalanishi mumkin hamda qanday holatlarda auditor ekspert xizmatlaridan foydalanishi mumkin?

  9. Ekspert xulosalariga asoslanib berilgan auditorlik xulosasi uchun kim javobgar hisohlanadi?

II mavzu. ASOSIY VOSITALAR HARAKATl BILAN
BOG‘LIQ MUOMALALAR AUDITI USLUBIY
MUAMMOLARl


    1. A<;osiy vositalar auditini tasbkil etish va o'tkazish ketma-
      ketligi


Asosiy vositalarni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish mijoz- subyekt faoliyati umumiy auditining bir qismi hisoblanadi. Uning maqsadi moliyaviy hisobot asosiy vositalar harakati bilan bog‘liq ko'rsatkichiaming ishonchJiligi to‘g‘risida tikr shakilan- tirish va subyektda asosiy vositalar bilan bog'liq muomalalami hisobga olish hamda soliqqa tortish uslubiyotini tashkil etishning 0‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan me'yoriy hujjatlarga muvofiqligini aniqlashdan iborat.
Asosiy vositalar auditi auditorlik tekshiruvining muhim ob- yektlaridan biri bo'lib. undagi o‘rganiladigan masalalar keng qamrovli va ularning barchasini quyidagicha umumlashtirish mumkin:

  • asosiy vositalar mavjudligi va saqlanish holati ustidan nazorat o‘matishni ta'minlash (obyektlami asosiy vositalar qatoriga kiritishning to‘g‘riligi);

  • asosiy vositalaming to‘g‘ri turkumlanishi;

  • asosiy vositalar analitik hisobi va asosiy vositalar uchun moddiy javobgarlikni tashkil etish (analitik va sintetik hisob hamda hisobot ma'lumotlarining mosligi);

  • asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir muomalalami dastlabki huiiatlashtirish hamda hisobda aks ettirish;

  • asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir muomalalami sin- tetik hisob registrlarida aks ettirish;

  • asosiy vositaiar kirimi va chiqimiga doir muomalalami soliqqa tortish;

  • asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash va hisobda aks ettirish;

  • amortizatsiya hisoblash usullarini qo'Hashning qonuniyligi va to‘g‘riligi;

  • jadallashtiriigan amortizatsiya usulini qo‘llashning qonu- niyligi;

  • amortizatsiya ajratmalari hisob-kitoblarining to‘g‘riligi;

  • amortizatsiya ajratmalarini hisobda aks ettirishning to‘g‘- riligi;

  • asosiy vositalarni ta'mirlash, tiklash, zamonaviylashtirish va qayta jihozlashni hisobda aks ettirish;

  • ta'mirlash usullari;

  • ta'mirlash xarajatlarini tannarxga olib borishning to'g'riligi;

  • asosiy vositalarni qayta jihozlash va zamonaviylashtirishga doir muomalalarm hisobga olish;

  • asosiy vositalar sintetik va analitik hisobining subyekt bux- galteriyasidagi holatini baholash;

  • belgilangan qoidalarga muvofiq subyektning o'ziga qarashli, joriy tartibda ijaraga olingan va moliyaviy lizing asosida olingan asosiy vositalami saqlash joylarida moddiy javobgar shaxslarga biriktirilganligini baholash;

  • subyektning o'ziga qarashli va moliyaviy lizing asosida olingan asosiy vositalar bo'yicha yillik eskirish hisoblanishining to‘g‘riligini tekshirish. Chunki, bu ma'lumotlar realizatsiya qili- nadigan mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxining (2010, 2310, 2510, 2710 schyotlar debeti) shakllanishi bilan bog‘liq ho'lib, oqibatda subyektning moliyaviy natijalari (halans foydasi yoki zarari) ga va budjetga to'lanadigan foyda (daromad) solighning miqdoriga ta'sir etadi;

  • asosiy vositalaming sotib olinishi va hisobdan chiqarilishi hamda ulami yuridik va jismoniy shaxslardan ijaraga olish bilan bog'liq muomalalar bo‘yicha soliq qonunchiligiga rioya qilin- ishini tekshirish;

  • asosiy vositalarni xojalik va pudrat usullarida (kapital yoki joriy) ta'mirlash xarajatlarini hisobga olishning subyektda amal qilinayotgan tartibini, subyektda bir yilga qabul qilingan hisob yuritush siyosatidan kelib chiqqan holda baholash va tekshirish;

  • subyektda asosiy vositalardan foydalanishni vaqt oralig'i va quwati bo'yicha subyektning ishlab chiqarish xususiyatlari hi- sobga olingan holda tashkil qilish (agap auditor bilan tuzilgan shartnomada kelishilgan bo'lsa);

  • asosiy vositalami haholash va qayta baholash natijalarini tekshirish.

Auditor ushbu asosiy masalalami o'rganib. ularga auditorlik hisobotining tashkiliy qismida baho berishi va yo'l qo‘yilgan xa- tolar hamda hisobning belgilangan qoidalaridan chetga chiqish hollarini bartaraf qilish bo'yicha takliflar bcrishi lozim.
Auditor asosiy vositalar auditini boshlashdan oldin. birinchi navbatda, quyidagilami aniqlashi zarur:

  • subyektning hisobot davridagi hisob siyosati va uning o‘tgan hisobot davridagiga nisbatan o'zgarishi bilan tanishish;

  • asosiy vositalarning inventarizatsiya natijalari bilan tani- shish;

  • asosiy vositalarni qayta baholash materiallari va ulaming hisobda aks ettirilishi bilan tanishish. Bunda auditor O'zbekiston Respublikasi moliya vazirligi. Iqtisodiyot vazirligi. O'zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo'mitasining tegishii me'yoriy hujjat- lariga muvofiq subyekt balansida turadigan va qayta baholangan asosiy vositalar tiklanish qiymati bo'yicha aks ettirilishini naz- arda tulishi lozim.

Subyektda asosiy vositalami hisobdan chiqarish bo'yicha do- imiy komissiya tashkil etilishi: asosiy vositalami foydalaiish joy- larida saqlash uchun javobgar shaxslar haqida buyruq (farmo- yish) ning mavjudligini tekshirish, shunindek, ular bilan shaxsan to'la moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnomalar tuzilganligini aniqlash. shuningdek. asosiy vositalar hisobini yuritish qoidalari bayon qilingan amaldagi me'yoriy hujjatlar va asosiy vositalar hisobiga doir yagona shakldagi (unifikatsiyalangan) idoralararo dastlabki hujjatlaming shakllari biian subyekt buxgalteriyasi qay darajada ta'minlanganligini aniqlash lozim.
Shu tarzda olingan ma lumotlar auditorga mazkur suhyektda asosiy vositalar hisobining tashkil etilishi haqida umumiy tasav- vurga ega bo'iish imkonini va tekshiruvda maxsus e'tibor berish iozim bo'lgan masaialami aniqlashga yordam beradi.
Bosh dafiarda aks ettirilgan 0100-«Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar», 0200 «Asosiy vositalarning eskirishini hi- sobga oluvchi schyotlar». 0300 — «Uzoq muddatli ijara shart- nomasi bo'yicha olingan asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar», 0700 - «O‘rnatiladigan asboh-uskunalami hisobga oluvchi schyotlar». 0800- «Kapital qo'yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar», 0920 — «Uzoq muddatli ijara bo'yicha olinadigan to‘lovlar», 4800 «Turli dehitorlar qarzlarini hisobga oluvchi schyotlar», 6900 «Turli krcditorlarga bo'lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar», 7900 — «Turli kreditorlarga bo'lgan uzoq muddatli qarzlami hisobga oluvchi schyotlar» sintetik schyotlar qoldiqlarining mos ravishda analitik hisob registrlari va buxgal- teriya balansi ma'lumotlariga muvofiqligini aniqlash zarur. Ular bo'yicha barcha pozitsiyalar oy boshiga qoldiq oyJik oborotlari, oy oxiriga qoldiqlar bir-hiriga to‘g‘ri kelishi lozim. Agar tafovut- lar aniqlansa, ularning sabablarini aniqlash va subyektga asosiy vositalami, montaj talab qiladigan qurilmalarni; kapital qo'yilmalarni, tuzilgan lizing shartnomalari ho'yicha majburiyat larni inventarizatsiya qilish tavsiya etiladi. So‘ngra subyektning asosiy vositalarni hisobga olish bo'yicha qabul qilingan hisob yuntish siyosati bilan tanishish zarur. Runda asosan quyidagi- larga e’tibor berish lozim:

  • asosiy vositalarga eskirish hisoblashning qaysi usulini qo‘llash qabul qilinganligi;

  • asosiy vositalarni ta'mirlash xarajatlarini hisobga olishning qanday tartihi qahuJ qilinganfigi, asosiy vositalarni ta'mirlash uchun rezervga mablag' ajratish mexanizmidan foydalanjb, ya’ni ta'mirlash fondi (8910 - «Kelgusi xarajatlar va to'lovlar rezerv- lari» schyoti bo'yicha ta’mirlash fondi schyotini qo‘llash) tashkil etish yoki tashkil etmaslik bo'yicha subyekt hisob siyosatida aks etganligi yoki aks etmaganligi auditor xulosasida qayd etilishi lozim.


    1. Yüklə 2,42 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin