Toshkent moliya instituti o. Masharipnv Sh. Ilxomov


Asosiy vositalarga eskirish (amortizatsiya) to‘g‘ri hisobla- nishini tekshirish



Yüklə 2,42 Mb.
səhifə15/83
tarix07.01.2024
ölçüsü2,42 Mb.
#205687
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   83
3IDUv9tTAkDtAUi7TQ0D

Asosiy vositalarga eskirish (amortizatsiya) to‘g‘ri hisobla-
nishini tekshirish


5-son «Asosiy vositalar» nomli BHMS ga muvofiq, amorti- zatsiya eskirishning baholangan xizmat muddati davomida ak- tivning amortizatsiya qilinadigan qiymatini muntazam taqsim- lash va qayta o'tkazish tarzida qiymat ifodasidir. Asosiy vositan- ing amortizatsiya qiymati taxmin qilinayotgan tugatilish qiy- matini chiqarib tashlagan holda, aktivning dastlabki qiymati yoki moliyaviy hisobotlarda ko'rsatilgan qiymat o'rnini bosadi- gan boshqa qiymatning summasidir.
Auditor asosiy vositalarga eskinshni hisoblashning to'g'riligini tekshirishda o'rnatilgan har oylik eskirishni hisoblash qoidalariga buxgalteriya tomonidan rioya qilinayotganligini aniqlashi lozim. Bunda tekshirish uchun asosiy vositalarga eskirishni hisoblashda to‘ldiriladigan 6-shakldagi hisob-kitob jadvali asos bo'lib xizmat qiladi. Auditorga xizmat qilish mud- dati o‘tib, amortizatsiyani hisoblash to‘xtatilgan asosiy vosita obyektlarining ro'yxati taqdim etilishi lozim. Agar subyektda tezlashtirilgan amortizatsiya hisoblash mexanizmi qo‘llanilsa, ushbu holat uning hisob yuritish siyosatida ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Auditning ushbu blokida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

  • subyekt hisob siyosatida ko'rsatilgan-asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash qoidalariga rioya qilinishini tekshirish;

  • amortizatsiya ajratmalarini asosiy vositalarning u yoki bu guruhiga olib borishning to‘g‘riligini tekshirish;

  • har oylik amortizatsiya ajratma summalari bo'yicha hisob- kitoblarni tekshirish:

  • amortizatsiya ajratmalarining hisobda o‘z vaqtida va to‘g‘ri aks ettirilishini tekshirish.

Amortizatsiya ajratmalarini hisoblash va buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirishning to‘g‘riligini aniqlash 5-son-«Asosiy vositalar», 21-son-«Xojalik yurituvchi subyektlaming moliyaviy- xojalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo'llash ho'yicha yo'riqnoma» nomli BHMS lar va mijoz- subyekt hisob siyosati to‘g‘risidagi buyrug'ining tegishli qismiga muvofiq amalga oshiriladi. Buning uchun subyekt hisob siyosati bo'yicha buyrug‘ining qoidalari; asosiy vositalar amortizatsiya hisob-kitobi bo'yicha ishlanma jadvallar ko'rsalkichlaridan foy- dalaniladi.
Auditor amortizatsiya hisoblashning maxsus shartlari qo'lianiladigan asosiy vositalar obyektlarining ro‘yxatini olishi zarur. Bularga xususan quyidagilar kiradi:

  • xizmat qilish muddati o‘tib ketgan asosiy vositalar;

  • amortizatsiya hisoblanmaydigan asosiy vositalar;

  • konservatsiyadagi asosiy vositalar;

  • amortizatsiya hisoblash to'xtatilgan asosiy vositalar;

  • jadallashtirilgan amortizatsiya usuli qo‘Uanilayotgan asosiy vositalar;

  • noishlab chiqarishdagi asosiy vositalar;

  • moliyaviy lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vosi- talar.

Amortizatsiya ajralmalarining hisoblanishini tekshirish mo- baynida auditor amortizatsiya hisoblash usullari (chiziqli usul, kamayib boruvchi qoldiq usuli, foydali ishlatish muddati davomidagi yillari yig‘indisi bo'yicha qiymatini hisobdan chiqar- ish usuli, qiymatni mahsulot (ish) hajmiga mutanosib ravishda hisobdan o'chinsh usuli) ga e'tibor berishi zarur.
Asosiy vosita obyektlarining bir xil guruhlari bo'yicha amor- tizatsiya hisoblashning tanlangan u yoki bu usulini qo'llash uchun foydali xizmat qilish muddati davomida boshqasiga 0‘zgartirilmasdan amalga oshirilishi lozim. Ammo, soliqqa tor- tish maqsadida amortizatsiya ajratmalari hisoblash O'zbekiston Respublikasi soliq Kodeksi 23-moddasiga muvofiq asosiy vosita

obyektlarining dastlabki qiymatiga nisbatan amalga oshirilishi ham mumkin.
Auditor tanlab tekshirish usuli bilan asosiy vositalaming foy- dali xizmat qilish muddati to‘g‘ri belgilanganligini aniqlaydi. Chunki, hisobot davridagi amortizatsiya ajratmalari summasi va amortizatsiya ajratmalari normalarini belgilash shunga bog‘liq. Amortizatsiya ajratmalari normalari noto'g'ri belgilangan holat- lar aniqlanganida. auditor buning oqibatida mahsulot (ish, xiz- mat) lar tannarxi qanchalik oshgan (pasaygan)ligini aniqlaydi.
Shunindek, amortizatsiyani hisoblash muddatlarining bosh- lanish va to'xtatilish muddatlari, hisoblashning muntazamligi, amortizatsiyani hisoblashda pasaytiruvchi va oshiruvchi koeffit- siyentlarni qo'llashning to‘g‘riligini tekshirish zarur. Amortizat- siya ajratmalari hisob-kitoblarining to‘g‘riligi tanlab tekshiriladi.
Amortizatsiya ajratmalarini mahsulot (ish, xizmat) lar tan- narxiga olib borishning to'g'riligini tekshirish amortizatsiya ajratmalarini auditorlik tekshiruvidan o'tkazishning muhim ma- salalaridan biri hisoblanadi. Auditor amortizatsiya hisoblanadi- gan obyektlar asosiy vositalaming qaysi guruhiga (ishlab chiqar- ish yoki noishlab chiqarish) tegishliligini, asosiy vositalar mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko'rsatish) da ishlatilayotganligi yoki operativ (qisqa muddatli) lizing shartno- masi asosida berilganligini aniqlashi lozim. Noishlab chiqarish sohasidagi asosiy vositalar bo‘yicha hisoblangan amortizatsiya ajratmalari o‘z mablag‘lari manbalari hisobiga, operativ lizing asosida topshirilganlari bo'yicha esa foyda yoki zararlarga olib boriladi.
Asosiy vositalarga eskirishni hisoblashni hisobga olishda eng ko‘p uchraydigan qoida buzilish hollari quyidagilardan iborat:

  • ayrim subyektlarda asosiy vositalarga eskirishni hisoblash har choraklikda amalga oshiriladi;

  • soliqqa tortiladigan bazani kamaytirish maqsadida ataylab xizmat muddatt o'tib ketsa ham asosiy vositalarga eskirishni hisoblash davom ettiriladi;

  • asosiy vositalarga asossiz ravishda eskirishning tezlashtiril- gan usuli qo‘llaniladi va h.k.

Amortizatsiya ajratmalarini tekshirish mobaynida quyidagi tashkiliy amallar qo‘llanilishi mumkin:

  • asosiy vositalarni hisobga oladigan schyotlar (0110-0199) bo'yicha qoldiqlami va joriy yilda hisoblangan amortizatsiyani oldingi davrlardagi ma’lumotlar bilan laqqoslash va ulaming o'zgarishini baholash;

  • joriy yilda jamg'arilgan amortizatsiya qoldig'ini oldingi davrlardagi qoldiqlar bilan taqqoslash.

Audit jarayonida asosiy vositalar bo'yicha amortizatsiya ajratmalari hisobot davrida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarida to'g'ri aks ettirilganini tekshirish lozim. Asosiy vositalaming ay- rim obyektiari bo'yicha ajratmalar buxgalteriya hisobida tegishli summalarni jamg'arish yo‘li bilan yoki obyektlaming dastlabki qiymatini kamaytirish yo‘li bilan aks ettiriladi.


    1. Yüklə 2,42 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin