Toshkent moliya instituti o. Masharipnv Sh. Ilxomov



Yüklə 2,42 Mb.
səhifə14/83
tarix07.01.2024
ölçüsü2,42 Mb.
#205687
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   83
3IDUv9tTAkDtAUi7TQ0D

Ko‘rsatkichlar

Ko‘rsatkichlar keltirilgan moliyaviy hisobot shakllari

1

2

3

4

5

Schyotlar nomi

Schy otlar

1- shakl

3- shakl

4- shakl

Satr

Satr

Satr

Asosiy vositalar:
Boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymati

0100. 0300

010







Eskirish snmmasi

0200

011







qoldiq (balans) qiymati (satr. 010- 011)




012







Asosiy vositalarning boshlang‘ich qi- ymati, jamg‘arilgan eskirish va qoldiq qiymati to‘g‘risida ma'lumot







010- 160




Ishlah chiqarishdagi asosiy vositalar







171




1

2

3

4

5

Noishlab chiqarishdagi asosiy vosita- lar







172




Yil davomida solib olingan asosiy vositalar







180




Asosiy vosilalami sotib olish va sotish

0820







060


Buxgalteriya balansi (1-shakl) da subyektga mulkiy huquq asosida, tezkor boshqaruv va xojalik yuritish uchun taalluqli bo'lgan asosiy vositalar, uzoq muddatli aktivlar bo‘limidagi asosiy vositalar moddasida boshlang'ich qiymati, eskirish va qoldiq qiymatlari bo‘yicha batafsil beriladi. Asosiy vositalar balansda netto baho, ya'ni qoldiq qiymati bo‘yicha aks ettiriladi (belgilangan tartibga muvofiq qiymati qoplanmaydigan (amorti- zatsiya hisoblanmaydigan) asosiy vositalar obyektlaridan tash- qari).

    1. Asosiy vositalarning mavjudligi va saqlanishini tekshirish

Asosiy vositalarning mavjudligi va saqlanishini auditorlik teksliiruvidan o'tkazishdan maqsad moliyaviy hisobot moddala- rining haqqoniyligini ta'minlashdan iborat.
Bunda auditor quyidagilami tekshirishi lozim:

  • qiymati subyektda belgilab qo‘yilgan chegaradan past bo'lgan obyektlar yoki qiymatidan qat'iy nazar xizmat muddati 12 oydan kam bo'lgan obyelctlar asosiy vositalar qatoriga o‘tib qolmaganligi;

  • subyektda asosiy vositalar inventar va xojalik jihozlari qatoriga va, aksincha, o'tkazilmaganligi, bunda shuni nazarda tutish zarurki, obyekl qiymatining chegarasi obyektni sotib olish (foydalanishga topshirish) sanasiga aniqlanadi. Asosiy vositalami inventar va xojalik jihozlari qatoriga asossiz o'tkazish auditoriik tekshiruvi mobaynida aniqlanadigan xatolardan biridir. Ko‘p hollarda bunday o'tkazishning sababi subyektning amortizatsiya liisoblash islilarini kamaytirishga intiiishi hisoblanadi.

Auditorlik tekshiruvi mobaynida subyektning asosiy vositalar obyektlariga mulkiy talab darajasida rasmiylashtirilganligini isbotlash zarur.
Auditorga asosiy vositalar obyektlarini yaratish, sotib olish; berish shartnomalari, zarur hollarda esa qonunchilikka muvofiq olish-sotishni ro'yxatga olish guvohnomasi taqdim qilinadi.
Asosiy vositalarning to'g'ri baholanganligini aniqlash asosiy vositalar mavjudligi va harakatini tekshirish mobaynidagi muhim masalalardan biri hisoblanadi. Chunki, mulk solig'i bo‘yicha budjet bilan hisob-kitoblar, shuningdek. subyekt faoliyatining moUyaviy natijalarini aks ettirish va hisobot tuzish shunga bog'liq. Asosiy vositalarni baholashning to‘g‘riligini tekshirish yoppasiga (obyektlar soni unchalik katta bo'lmaganda) yoki tanlab o'tkaziladi.
Asosiy vositalarni baholash va dastlabki qiymatini aniqlash amaldagi qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi hamda asosiy vositalar obyektlarini sotib olish usuliga hog'liq.

  • auditor O'zbekiston Respublikasi tuqarolik kodeksiga muvofiq asosiy vositalar oldi-sotdi shartnomalarining mavjudligi va rasmiylashtirilishini, ayrim xarajatlami asosiy vosilalar qiymatiga qo'shishning qonuniyligini;

  • tugallangan qurilish ohyektlari inventar qiymatining to'g'ri aniqlanganligini;

  • qo'shimcha qurilgan, jihozlangan, zamonaviylashtirilgan yoki qisman tugatilganidan so‘ng obyekt qiymati to‘g‘ri aniqlanganligini tekshiradi.

Bunda auditor 21-son «Xojalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xojalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash bo'yicha yo'riqnoma» nomli BHMS ga muvofiq kiritilgan o‘zgartishlarga alohida e'tibor qaratishi zarur. Xususan, asosiy vositalami sotib olish va qurish bilan bog'liq, ammo belgilangan tartibga ko'ra asosiy vositalaming dastlabki qiymatiga qo'shilmaydigan xarajatlar ohyektlaming dastlabki qiymatiga qo'shilmasdan, 9430 — «Boshqa operatsion xarajatlar» schyot debetiga olib borilganligiga e'tibor henshi кегак.
Auditor, baholarni kelishish bayonnomasi va ta'sis hujjat- larida asosiy vositalar baholanishining aks ettirilishi; boshqa xarajatlami asosiy vositalar dastlabki qiymatiga qo‘shishning

qonuniyligi; bozor baholarini qo‘llashning ishonchliligini tekshiradi.
Shuningdek. bozor bahosini aniqlash uchun aynan shularga o“xshash mahsulot baholari to‘g‘risida tayyorlovchi tashkilotlar- ning yozma ravishda bergan ma'lumotlaridan; ommaviy axborot vositalari va maxsus adabiyotlarda e'lon qilingan baholar to‘g‘- risidagi ma'lumotlardan; ayrim asosiy vositalar obyektlarining qiymati to“g‘risida ekspert xulosalaridan foydalanish mumkin. Bunday asosiy vositalarni tashib keltirish bo‘yicha subyekt tomonidan qilingan xarajatlar ham obyekt qiymatiga qo'shiladi.
Chet el valutalari hisobiga sotib olingan asosiy vositalarni baholash chet el valutasini O'zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan belgilangan, asosiy vositalar obyektini sotib olish sanasiga amal qilayotgan valuta kursi bo'yicha so‘mga hisoblab o‘tkazish yo'li bilan amalga oshiriladi.
Auditor shartnoma shartlariga muvofiq mulkka egalik huquqining o'tish vaqti to‘g‘ri aniqlanganligi; asosiy vositalami sotib olish bilan bog'liq bojxona to'lovlari va boshqa chiqim- laming sotib olingan asosiy vositalar qiymatiga qo'shilganligini tekshirishi lozim. Shuningdek, asosiy vositalami baholashning to‘g‘riligim tekshirish mobaynida asosiy vositalar dastlabki qiymatining o'zgarganligiga, qanday sabablar (qo'shimcha qurish, jihozlash. qayta jihozlash, qisman tugatish) o‘zgarishga olih kelganligiga, kapital qo‘yilmalarga doir xarajatlar 0800 «Kapital qo'yilmalami hisobga oluvchi schyotlar» schyotlarida aks ettirilganligiga e'tibor qaratishi lozim.
So‘nggi yillarda asosiy vositalarni qayta baholashni tekshirish muhim ahamiyat kash etmoqda. 21-BHMS ga muvofiq sub- yektlarda asosiy vositalar obyektlarini qayta baholash summalari 8530 - «Mulklami qayta baholash bo'yicha tuzatishlar» schyo- tida aks ettiriladi. Bunday tekshiruv qayta baholash natijalari rasmiylashtirilgan hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Bunda auditor quyidagilami tekshirishi lozim:

  • barcha asosiy vositalar to‘g‘riligiga yoki ularning bir qismi qayta baholanganligi;

  • qayta baholash qanday usullar yordamida o'tkazilganligi (indeksatsiya qilish yoki hujjat bilan tasdiqlangan bozor baholari bo'yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri hisoblab o'tkazilishi va h.k.);

  • bozor baholarini tasdiqiaydigan hujjatlaming mavjudligi;

  • hisob-kitoblar to'g'riligini tanlab tekshirish;

  • qayta baholashdan so‘ng eskirganlik darajasi o'zgarganligi;

  • qayta baholash natijalarining inventar kartochkalarida aks ettirilganligi;

  • qayta baholash natijalarining buxgalteriya hisobi schyot- larida to'g'ri aks ettirilganligi;

  • qayta baholash natijalarining hisobot tuzishda hisobga olinganligi va shunga o'xshashlar.


Yüklə 2,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin