Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə153/442
tarix12.09.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#142699
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   442
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

ГОСТЗ 34.11-94
xesh-kattalikni 32 
bayt kattalikda hisoblaydi. 

MDx
(
Message Digest
) –chet mamlakatlarda eng ko’p tarqalgan 
xeshlashtirish algoritmlari oilasi. Masalan, 
MD5
Microsoft Windows


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
ning oxirgi versiyalarida foydalanuvchi parolini 16 baytli songa 
aylantirishdan foydalaniladi. 

SHA-1
(
Secure Hash Algorithm
) –kirish ma’lumotlarini 20 baytli xesh-
miqdorga aylantirishning hisoblash algoritmi. Bu algoritm ham jahon 
miqyosida 
keng 
tarqalgan 
bo’lib, 
ko’pincha 
ma’lumotlarni 
himoyalashning tarmoq protokollarida ishlatiladi.
Xesh-funktsiyalar elektron raqamli imzo hosil qilishdan tashqari
hisoblash tizimlarida foydalanuvchilarni autentifikatsiya qilish uchun ham 
ishlatiladi. Xesh-funktsiyalardan foydalanishga asoslangan bir qancha 
kriptografik autentifikatsiya protokollari ham ko’pchilikni tashkil qiladi. 
Kalitlar juftligidan foydalanish ham juda qiziqarli va foydali hisoblanadi. 
Siz ikkita kalitga – ochiq va yopiq kalitga egasiz deb faraz qilamiz. 
Sizning maqsadingiz – barcha ma’lumotlar siz uchun shifrlangan xolda 
kelsin. Buning sababi, masalan, sizning hamkasabalaringiz sizning 
mijozlaringizni tortib olmasligiga yo’l qo’maslikdir. Endi o’zingizning 
barcha respondentlaringizga ma’lumotlarni sizga shifrlangan xolda 
jo’natishlari uchun ochiq kalitingizni tarqatasiz (
bu kalitni saytingizga 
ham qo’yishingiz mumkin
). Shirflangan ma’lumot olganingizdan so’ng, 
yopiq kalit yordamida uni bemalol o’qib olasiz. Ammo bu ma’lumotni 
olgan har qahday inson sizning ochiq kalitingiz yordamida bu ma’lumotni 
o’qiy olmaydi. Yopiq kalit esa unda yo’q. Yopiq kalit faqatgina uning 
egasida bo’lgani tufayli, ushbu usulning paydo bo’lishi kriptografiya 
usulining ishlatilish chegaralarini yanada kengaytirish imkonini yaratdi. 
Endi elektron raqamli imzo yaratish orqali autentifikatsiya muammosi ni 
hal qilish uchun, elektron pullar bilan havfsiz ishlash uchun, 
himoyalangan ovoz berish tizimlarini yaratish uchun, elektron xujjatlarni 
notarial tasdiqlash uchun va turli xildagi kriptovalyutalar tizimini yaratish 
uchun ushbu usulni bemalol qo’llash mumkin bo’ldi. Endilikda 
foydalanuvchi bir-biri bilan bog’liq bo’lgan ikkita kalitni – ya’ni, kalitlar 
juftligini generatsiya qilishi mumkin bo’ldi. Ochiq kalit mahfiy bo’lmagan 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
kanallar orqali foydalanuvchi ma’lumot almashinishni istagan insonlarga 
jo’natiladi. Foydalanuvchining ochiq kalitini bilgan xolda unga 
yo’naltirilgan ma’lumotlarni shifrlash mumkin bo’ladi, ammo uni 
rasshifrovka qilish uchun esa kalitlar juftligining ikkinchisi kerak bo’ladi. 
Bunda ochiq kalit yopiq kalitni aniqlash uchun hech qanday imkoniyat 
bermaydi. Nazariy jihatdan bu masalani yechish mumkin – lekin bu ish 
juda katta miqdordagi hisoblash ishlari hajmini bajarishni talab qiladi. 
Ma’lumotni rasshifrovka qilish vaqti juda katta (
bir nechaoylar va yillar

bo’lgani uchun, uni rasshifrovka qilingan taqdirda ham, u vaqtga kelib 
ma’lumot o’zining aktualligini yo’qotadi va u endi hech kimga kerak 
bo’lmay qoladi. Agar siz biror bir tanishingiz bilan ma’lumotlarni 
himoyalangan xolda elektron imzo vositasida almashinishni istasangiz u 
xolda quyidagi amallarni bajarishingiz lozim bo’ladi: 

Eng avvalo elektron imzolar kalitlarini yarating – har biringiz o’z 
ochiq va yopiq kalitingizga ega bo’lishingiz kerak; 

Yopiq kalitlarni o’zingizda olib qoling va ochiq kalitlarni o’zaro 
almashining; 

Yopiq kalit bilan tanishingizga jo’natilayotgan xatga elektron imzo 
qo’ying va xatni elektron imzo bilan birgalikda do’stingizga 
jo’nating; 

Elektron imzo bilan ta’minlangan ma’lumotni olgandan so’ng, 
do’stingiz sizning ochiq kalitingiz yordamida bu xatning 
xaqiqiyligini tekshiradi; 

Tekshirish natijasi ikki javobdan biri – to’g’ri yoki noto’g’ri bo’ladi; 

Shunday qilib, elektron imzo ma’lumotning haqiqiyligini aniqlab 
beradi; 

Agarda ma’lumot uzatish jarayonida unga biror bir o’zgartirishlar 
kiritilgan bo’lsa, bu ish darxol ma’lum bo’ladi; 

Elektron imzoning yana bir muhim jihati – ma’lumot muallifining 
tasdiqlanishidir. Ko’pincha elektorn raqamli imzo fayliga kalit bilan 



Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   442




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin