47
KB sub’ektlari faoliyatini baholashning eng oddiy usuli haqiqiy
rejalashtirilgan (biznes rejadagi) ko’rsatkichlarni taqqoslashdir. Ko’rsatkichlarni
bunday taqqoslash KB sub’ekti faoliyatining samaradorligi (nosamaradorligi)
to’g’risida xulosa qilishga imkon beradi.
KB faoliyatini samaradorligini baholashning nisbatan murakkab usuli
harajatlar va yakuniy natijalar o’rtasidagi bog’lanish darajasini baholashdan iborat
bo’lib, u maxsus ishlab chiqilgan matematik vosita-ko’p omilli ishlab chiqarish
funktsiyasini qurishni talab qiladi.
KB sub’ektining samaradorligini harajatlar va yakuniy natijalar nuqtai
nazaridan qaraganda avvalo harajatlarni va natijalarni baholash (ishlab chiqarish
harajatlari), keyin esa tashqi muhitda (texnika taraqqiyoti, tovarning hayotiy tsikli,
bozordagi sub’ektlar harakati va h.k) bo’ladigan o’zgarishlarni hisobga olish zarur.
Demak, KB sub’ekti faoliyatining yakuniy natijalariga ichki tashkiliy-
iqtisodiy va tashqi, bozor omillari ta’sir etadi. Ma’lumki, har kanday sub’ekt kabi
KB sub’ekti samaradorligi quyidagicha topiladi, ya’ni sotilgan mahsulot (xizmat)
qiymatining mahsulot (xizmat) ishlab chiqarishga ketgan harajatlarga nisbatidir.
Sotilgan mahsulot (xizmat) qiymati
Dostları ilə paylaş: