77
Tashkilotlarda bozor holati to’g’risidagi axborotlarni mutazam yig’ib
borish
marketing bo’limining muhim vazifasi hisoblanadi. Marketing axborotiyig’iladi,
tahlil qilinadi va marketing axboroti tizimi doirasida taqsimlanadi.
Marketing axborot tizimi (MAT) – marketing qarorlarini tayyorlash qabul
qilish uchun zarur bo’lgan ishonchli axborotlarni tayinlangan vaqtda tahlil qilish va
taqsimlashga mo’ljallangan xodimlar, uskunava amallar jamlanmasidir.
MAT marketing xizmati rahbarlari va mutaxassislari uchun zarur bo’lgan
ichki va tashqi manbalardan olingan ma’lumotlar shaklini o’zgartiradi. Ichki
axborot
mahsulotga buyurtmalar, sotuv hajmi, jo’natilgan mahsulotlar,
zahiralar
miqdori, jo’natilgan mahsulot uchun amalga oshirilgan to’lovlar to’g’risidagi
ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Tashqi manba ma’lumotlari joriy tashqi axborot
(marketing razvedkasi) va marketing tadqiqotlari olib borish jarayonida olinadi.
Axborotning to’liqligi, haqqoniyligi,
ishonchliligi, tizimliligi, o’z vaqtida
taqdim etilganligi va davriyligiga
nafaqat yangi mahsulot taqdiri, balki ba’zan
firmaning taqdiri ham bog’liq bo’ladi.
Tashkilotlar atrofidagi o’zgarishlarning tezligi oshib borayotgan sharoitda
raqobatda o’z ishini Bill Geyts “elektron asab tizimi” deb nomlagan eng yangi
axborot texnologiyalari asosida tashkil qilganlar yutib chiqadilar. Quyidagi so’zlar
unga tegishli: “Elektron asab tizimi” elektron jarayonlar majmuasidir.
Uningyordamida kompaniya dunyoni ko’radi
va mos ravishda undagi
o’zgarishlarga javob qaytaradi, xoh u raqobatchilar qo’rg’onidagi yangi hodisa
bo’lsin, xohmijozlarda yuzaga kelgan yangi talab bo’lsin.
“Elektron asab tizimi”ni yaratish uchun qurilmalar va dasturiy ta’minot talab
qilinadi.Oddiy kompyuter tarmog’idan uni aniqlik, tezkorlik va taklif qilinayotgan
axborotning qamrov kengligi ajratib turadi. “Elektron asab tizimi”
biznesni fikr
tezligida yuritish imkonini beradi, bu esa XXI asrda muvaffaqiyat garovi
hisoblanadi”. Zamonaviy iqtisodiyotda marketing tadqiqotlarining roli katta.
Ularga qilinayotgan xarajatlar o’sib bormoqda va bu xarajalar o’zini oqlamoqda.
Rivojlangan mamlakatlarda sotilgan mahsulotning har ming dollariga 6
dollardan
to’g’ri keladi.