4.3. Korxonalarning raqobatbardoshligini baholash uslublari
Korxonalarning raqobatbardoshligini baholash uslublarini ishlab chiqishda
quyidagilarni nazarda tutish maqsadga muvofiq: Birinchidan, baholash natijalari
korxonaning barcha faoliyatlari natijadorligini qamrab olishi va uni namoyon etishi
70
lozim; Ikkinchidan, raqobatbardosh-likni baholashda baholanayotgan ob’ektining
barcha
xususiyatlarini
o’zida mujassam etilishi lozim; Uchinchidan,
raqobatbardoshlikni baholash bo’yicha aniq uslubiyotlarni shakllantirishda
ma’lumotlar bazasi imkoniyatlarini hisobga olish lozim; To’rtinchidan,
raqobatbardoshlikni baholash natijalarini tahlil etishda kompyuter dasturiy
mahsulotlaridan samarali foydalanish imkoniyatlari hozirgi axborotlashtirilgan
iqtisodiyot uchun o’ta muhim hisoblanadi va shunga muvofiq uning dasturiy
tizimini ham ishlab chiqish maqsadga muvofiq. Korxona raqobatbardoshligini
baholashning operatsion samaradorligi, innovatsion faoliyati va bozor ulushiga
ko’ra aniqlash metodikasini korxona faoliyati samaradorlik darajasi, innovatsion
faoliyati va bozor muhitiga moslash darajasini integral ko’rsatkichlarini baholash
orqali amalga oshiriladi. Korxonaning umumiy raqobatbardoshlik holatini
tavsiflovchi indeks ko’rsatkichni K deb belgilab, uning operatsion faoliyati -Ko,
innovatsion faoliyati - Ki, bozor muhitiga moslashish koeffitsientini -Kmlarni
alohida hisoblash orqali topiladi va quyidagi formula taklif etiladi.
= √ o ∗ i ∗ m
K- Korxona raqobatbardoshlik darajasining kritik bahosi;
o- Korxonaning
operatsion samaradorlik koeffitsienti;
i- Korxonaning innovatsion faoliyati
koeffitsienti;
m- Korxonaning bozor muhitiga moslashish koeffitsienti;
Korxonaning operatsion faoliyati samaradorligini quyidagi formula orqali topiladi:
= Z
R- Korxonani operatsion faoliyati samaradorligi; V- Korxonaning mahsulot
sotishdan tushgan tushumi; Z- Mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlari;
Korxonaning tanlangan faoliyati bo’yicha operatsion faoliyati samaradorligi
quyidagi formula orqali topiladi:
∑ = ∑ Z∑
∑ - korxonani tanlangan guruh bo’yicha operatsiyalar samaradorligi; ∑ -
korxonaning tanlangan operatsion faoliyati samaradorligi daromadalari (mahsulot
sotishdan tushgan tushum); Z∑ - korxonaning tanlangan operatsion faoliyati
samaradorligi xarajatlari; Tanlangan guruh deganda, korxona bilan taqqoslash
71
uchun zarur va etarli hisoblangan omillar majmui tushuniladi. Bu holatda ko’rib
chiqilayotgan korxonaning tanlab olingan raqobatchi bilan taqqoslanganda
alohidalashgan raqobatbardoshlik ko’rsatkichlarini aniqlashni nazarda tutadi.
Tarmoqdagi barcha raqobatlashuvchi korxonalardan iborat bo’lganda esa, korxona
raqobatbardoshligining tarmoq ko’rsatkichlari bilan belgilash maqsadga muvofiq
hisoblanadi. Yuqoridagi formulalar asosida quyidagilarni topamiz:
KE = R R∑
Bunda KE- Korxonaning operatsion samaradorlik koeffitsienti;
∑ -
korxonani tanlangan operatsiyalar samaradorligi; R- korxonani operatsion
samaradorlik ko’rsatkichi; Korxonaning innovatsion faoliyati darajasini (
i)
quyidagi bosqichlarda aniqlaymiz.
I = Zi Z :Z i 0 Z0
Bunda, I- korxonaning innovatsion faoliyati darajasi; Zi,Zi0- faoliyatini
tekshirilayotgan davrlarning boshi va oxiridagi innovatsion faoliyatga qilingan
xarajatlar yig’indisi; Z,Z0 - korxonaning tekshirilayotgan davrlarga mos keluvchi
ishlab chiqarish xarajatlari. Korxonaning innovatsion faoliyatining barcha
ko’rsatkichlarini aniqlashda quyidagi formuladan foydalaniladi
I∑ = Zi ∑ Z∑ : Zi0 ∑ Z0 ∑
Bunda, I∑- korxonani tanlangan innovatsion faoliyati darajasi; Zi ∑,Zi0 ∑ -
korxonani aniqlanayotgan va oldingi davrdagi innovatsion xarajatlari yig’indisi;
Z∑,Z0 ∑- korxonani aniqlanayotgan va oldingi davrdagi ishlab chiqarish
xarajatlari yig’indisi. Yuqoridagi formulalar asosida korxonani innovatsion
faoliyati samaradorligini quyidagi formula orqali ifoydalaymiz KI = I I∑
Korxonani bozor muhitiga moslashish holatini biz uning bozor ulushiga ko’ra
aniqlashdan boshlaymiz. Korxonani o’zi faoliyat yuritayotgan bozordagi ulushini
quyidagi formula orqali ifodalaymiz D = V O Bunda, D – korxonaning
bozordagi ulushi; V – korxonaning mahsulot sotishdan tushgan tushumi; O- bozor
xajmi; Korxonaning tanlangan bozor ulushini quyidagi formula orqali topamiz: D∑
= V∑ O
72
D∑- tanlangan korxonaning bozor ulushi; V∑- tanlangan korxonaning
mahsulot sotishdan tushgan tushumi; Tanlangan korxonani bozor hajmini
o’zgarishi (∆D∑) –quyidagicha aniqlanadi ∆D = V∑ O :V0 ∑ O0 Bunda, V0 ∑-
tanlangan korxonani oldingi davrdagi daromadlari Raqobatlashuvchi korxonalar
va tahlil etilayotgan korxonaning bozor ulushini o’zgarishi munosabatlarini
quyidagicha ifodalash mumkin: ∆D ∆D∑ = V V0 :V∑ V0 ∑ Daromad
ko’rsatkichi indeksi o’tgan davrdagi daromadlar va tahlil etilayotgan davrdagi
daromadlarga nisbati bilan ifodalanadi. Shuning uchun, bozor ulushi jixatidan
o’zgarish darajasiga ko’ra daromadlar bir xil nisbiy ko’rsatkichlarda o’zgarishi
lozim. Ushbu ko’rsatkichlar bozor xajmini o’zgarishiga mos holda korxonaning
daromadlari o’zgarishini nisbiy ko’rsatkichlarini ifodalaydi va uning dinamikasi
bozorga moslashish holatini o’zida ifoda etadi. Shunday qilib korxonani bozorga
moslashish indeksi (KA) quyidagi formula orqali ifodalanadi:
KA = ∆V ∆V ∑
Bunda, ∆V= V V0 – tahlil etilayotgan davrga nisbatan korxona daromadlari
hajmini o’zgarishi indeksi;
△V ∑= V∑ V0 ∑- tahlil etilayotgan korxonaning
xuddi shunday ko’rsatkichi; Raqobatbardoshlikni taklif etilgan uslubi uning
raqobatbardoshlik darajasini baholash va bozor holatiga moslashish strategiyalarini
shakllantirishga yordam beradi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek korxonaning asosiy
raqobatbardoshlik ko’rsatkichi bozor muhitiga moslash darajasiga boshqa barcha
omillarning ta’siri o’rganiladi va tegishli strategik maqsadlar belgiladi. Keltirilgan
modelning hisob ishlarini osonlashtirish maqsadida Excel dasturi yordamida
barcha formulalarni tegishli jadvalda ifodalab olamiz va Biznes faoliyati
yuritayotgan korxonalarning raqobatbardoshligini integral ko’rsatkichlarini
hisoblash uchun asosiy boshlang’ich ma’lumotlarni shakllantiramiz. Faoliyat
yuritayotgan korxonalarning asosiysi MChJ shaklidagi kichik korxonalar
hisoblanganligi va ularning asosiy statistik hisobotlari “1-KB yillik” shakli va
asosiy hisobot shakllaridan chetga chiqmaslikni nazarda tutgan holda ushbu
hisobot shaklidan belgilab olingan ma’lumotlarni shakllantirish maqsadga muvofiq
hisoblanadi. Sababi? Davlat statistika qo’mitasi tomonidan ushbu ma’lumotlar
73
orqali viloyatlar, shahar va tumanlar miqyosida korxonalarning umumiy holatiga
baho berish va asosiy muammolarni aniqlash imkoniyatlari yaratiladi.
Korxonaning raqobatbardoshligini baholashning bunday usuli umumiy iqtisodiy
faoliyat samaradorligini qay darajada tashkil etganligini va uning natijalari qay
holatda o’zgarayotganligiga to’laligicha baho, korxonaning barcha faoliyatlari
natijasida uning bozordagi faoliyat natijadorligini aniqlab olish imkoniyatlari
mavjudligi taklif etilayotgan uslubning samarali ekanligidan dalolat beradi
Dostları ilə paylaş: |