97
kitoblarni amalga oshirish kerak. Iste’molchilarni so’rovnomadan o’tkazishda
tovar,
uning xususiyatlari, narxi, foydaliligi kabi savollarga javob olib, undagi
fikrlarga qarab ma’lum tadbirlar ishlabchiqiladi va amalga oshiriladi.
Benchmarking hozirgi sharoitda firmaning raqobat afzalliklarini, raqobatdoshligini
o’sishini va samarali tadbirkorlik strategiyasini shakllantirishda marketing
tadqiqotlarining falsafasi vavositasi bo’lib hisoblanadi
.
“Dominus Pizza”: Istemolchilarni tinglang va ularga siz nimani
eshitganingizni bildiring.
Besh yillik o’zgarmas yoki kamayib boruvchi daromadlardan keyin “Dominus
Pizza” biznes dunyosida amalda quloq eshitmagan bir ish qildi. “Avvalo”
deydi
sanoat kuzatuvchisi, “u mijozlardan kompaniya haqida samimiy fikrlarini
berishlarini so’radi”. Ikkinchidan, u aslida kompaniya mahsuloti haqidagi alamli
xaqiqat (“karton qog’oz” va “lazzatdan butunlay maxrum” deb ta’kidlab o’tilgan
so’zlar)ga quloq soldi.
Va nihoyat, eng xayratlanarlisi, kompaniya mahsulotini
butunlay qayta kashf qildi. Shundan so’ng, “Dominus Pizza”ning tasirli “Pitsaning
qaytishi” kompaniyasi haqidagi hikoya vujudga keldi.
Bu qaytish iste’molchilarning nimani o’ylagani va nimani hohlashin chuqur
tushunish bilan boshlandi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, “Dominus” raqiblari
orasida xizmat sifati, ishonchlilik va arzonlik borasida eng yuqori o’rinda tursada,
lekin ta’m borasida ancha ortda qolib ketgan edi. Ta’mni afzal bilish bo’yicha
olingan so’rov kompaniya mahsulotini eng so’nggi o’liklar qatoriga qo’shib
qo’ydi.
Iste’molchilar uning pitsalari haqida amalda nimani o’ylashganini chuqurroq
tushunishi uchun, “Dominus” ijtimoiy media kanallari va turli yoshdagi kishilardan
tarkib topgan fokus guruhlardan foydalangan holda tadqiqot ishlarini boshladi. U
iste’molchilarning onlayn muloqotlarini kuzatib
bordi va ulardan kompaniya
mahsulotlari haqidagi fikr-mulohazalarini “Facebook”, “Tweeter” va boshqa
ijtimoiy tarmoqlar orqali berishlarini iltimos qildi.
98
Keyin, Internet orqali olingan ma’lumotlarga tayangan holda, “Dominus”
iste’molchilarni to’g’ridan-to’g’ri, yuzma-yuz muloqotga kirishishga jalb qiluvchi
haqqoniy fokus guruhni shakllantirdi.
Onlayn mulohazalar va fokus guruh natijalarini hazm qilish sovuqqina
“Dominus” pitsalarini xazm qilish kabi qiyin edi. Eng ko’p uchraydigan e’tiroz:
“Dominus” pitsalarining “Kartonqog’ozga o’xshashta’mibor” degani edi. Lekin bu
faqat boshlanishi edi xolos. Birin-ketin, pitsani sevadiganlar “Dominus” pitsalarini
tishlab oluvchi ya’ni “Ta’mdan butunlay maxrum”, “Sousi xuddi ketchup ta’mini
beradi”, “Men iste’mol qilgan pitsalarning eng yomoni”, “Qayta ishlangan
pishloq”, “Massiv
ishlab chiqarilgan, zerikarli va yoqimsiz pitsa” va “Mikro
to’lqinli pech pitsasi-hech qanday ustunliksiz.” Degan izohlar bilan yerga urishdi.
Bunday achinrli natijalardan berkinish yoki ularga shundoqqina qo’l siltab
qo’yishning o’rniga “Dominus”ning ish boshqaruvchilari bu muammoni tan
oldilar. “Bizda komandamiz uchun fokus guruh “web cast” (internetda video tarzda
beriladigan xabarlar) bor edi” deydi “Dominus”ning marketing bo’limi direktori.
“Qachonki sening pitsang haqida biror kim daxshatli biror nima aytsa, unga
o’rgana olmas ekansan, lekin birinchi bor bo’lgani
uchun barcha ish
boshqaruvchilarimiz u bilan yuzma-yuz bo’lishdi. Ular bunga ishonisha olmadi.
Hammamiz keyingi yig’ilishlarga boraolmasligimizni va nimadir qilishimiz
kerakligini aytdik”
Shundan so’ng “Dominus” pitsasini butunlay qayta kashf qilishni boshladi. U
eski mahsulotni shundayicha yaxshilab qo’ymadi balki, uning ritseptini irg’itib
yuborib, yangitdan boshladi. “Dominus”ning marketing bo’limi boshlig’i Rasl
Veiner (Russel Weiner), “Biz uni yangi va yaxshilangan deb atamoqchi hamda bu
bo’yicha muhim kashfiyot qilmoqchi emas edik. Biz oldimizdagi to’siqni ag’darib
tashlashga majbur bo’lgan edik xolos” deb aytib o’tdi.
“Dominus”ning malakali oshpazlari pitsaning nonini, sousini, pishlog’ini va
boshqa ingredientlarini butunlay yangilangan holda tayyorlashni boshlashdi. Natija
qizartirib pishirilgan, petrushka bilan bezatilgan hamda sarimsoqpiyoz qo’shilgan
nonga ega butunlay yangi pitsa hosil bo’ldi. Yangi sous tilingizni biroz achitadigan
99
ozgina qizil qalampiri bilan mazali, achchiq tamli va yorqin ranga ega boldi. “Biz
barini o’zgartirdik” dedi “Dominus”ning mahsulotni takomillashtirish bo’yicha
bosh oshpazi. “Hozir u mazaliroq. Mijozlarning undan ko’ngli to’lgan.” Yangi
pitsa ommaga tanishtirigandan ikki hafta o’tib, AQShning turli hududlaridan tanlab
olingan 1800 nafar pitsa mijozlari ishtirokida ta`mni aniqlash bo’yicha test
o’tkazildi. Birma-bir taqqoslab chiqilganda iste’molchilar “Papa Johns” va “Pizza
Hut” pitsalariga qaraganda “Dominus”ning pitsasini mazaliroq deb topishdi.
O`zgarishlarni e’lon qilish va mijozlar qarashini o’zgartirish uchun,
“Dominus” 75 million AQSh dollari qiymatidagi “Pitsaning qaytishi”
kompaniyasini ishga tushirdi. Kompaniyada tadqiqotning o’zi maktublardan iborat
edi. Televizion reklamada Fokus- guruh pitsaning aslida qanday yomon bo’lganini
tasvirlashayotgani namoyish qilindi. Reklamada, direktor
Patrik Doyl mijozlar
uning pitsasi haqida nima demoqchi bo’lganlarini eshitganini va bu e’tirozlarini
yuragiga olganini tan oladi. Keyin u “Hali vaqt keladi qachonki, sen o’zgarish
qilishingni bilganingda” deb ta`kidlaydi.
Boshida samimiy kompaniya o’zining “Facebook” va “Tweeter”dagi
sahifasiga to’laligicha integrasiyalshgan edi. Va kompaniya bu orqali yaxshi va
yomon jihatlarini jo’natib, bu haqda mijozlardan o’z fikrlarini berishlarini so’rar
edi.
Dostları ilə paylaş: