101
5.
Tez tranzaktsiya imkoniyati
≥0,6 soniya
≥0.1 soniya
≥0.1 soniya
6.
Ma’lumotlarni
uzatishning
yuqori tezligi
3 Mbit/s
4 Mbit/s
424 Kbit/sek
7.
Apparat
darajasida
himoya
vositalari mavjudligi
Mavjud emas
Mavjud emas
Mavjud
8.
Dasturiy
darajada
himoya
vositalarining mavjudligi
Mavjud emas
Mavjud emas
Mavjud
9.
Simsiz
smart-kartalar
emulyatsiyasi mavjudligi
Mavjud emas
Mavjud emas
Mavjud
10.
Telefonga
o’rnatishning
arzonligi
5$
1$
1$
11.
Standart
interfeyslarning
mavjudligi
Mavjud
Mavjud
Mavjud emas
Jadvaldan
ko’rinib turibdiki, NFC texnologiyasi o’zining barcha
ko’rsatkichlari bo’yicha, ayniqsa mobil tijorat vazifalarini bajarishga juda mos
keladi. Zamonaviy kompyuterlarda NFC standart
interfeyslarining mavjud
emasligi va ushbu texnologiyaning keng ommalashmaganligiga sababchi asosiy
omildir. Hozirgi kunda bu muammo NFC–Bluetooth interfeyskonvertorlarini
qo’llash orqali hal qilinmoqda. “Juniper Research” va “Edgar, Dunn & Company”
konsalting kompaniyasi mutaxassislarining fikricha NFC texnologiyasi mobil
to’lovlar bozorining rivojida muhim rol o’ynaydi. NFC texnologiyasi ultraqisqa
(10 santimetrgacha) masofadagi simsiz aloqa texnologiyasi bo’lib,
qurilmalar
o’rtasidagi aloqani va ma’lumot almashish imkoniyatini ta’minlab beradi
34
. NFC
texnologiyasi Mobil to’lovlarni amalda qo’llanishi va tadqiqotlar natijalari asosida
quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
1. Yaqin kelajakda empirik kuzatuvlar ko’rsatishicha dunyo bo’ylab kredit va
debit kartochkalarga nisbatan, ya’ni naqd pul va cheklarni o’rnini bosgan mobil
to’lovlar
keng tarqala boshlaydi, ayniqsa, mobil Operatorlar dunyo masshtabida
intensiv rivojlanadi.
2. Iste’molchilar uchun afzal bo’lgan mobil to’lovlarning uch xususiyati –
qulayligi, xavfsizligi va rentabelligi sababli mikro va makro shartnomalarni tuzish
34
Vyas A., O'Grady P., A Review of Mobile Commerce Technologies// Department of Industrial Engineering, University of
Iowa, 2001.; F. Davis, A technology acceptance model for empirically testing new end-user information systems: theory and
results, Ph.D. Thesis, Sloan School of Management, Massachusetts Institute of Technology, 1986.; M. Fishbein, I. Ajzen, Belief,
Attitude, Intention and Behavior: An Introduction to Theory and Research, Addison-Wesley, Reading, MA, 1975.
102
va amalga oshirish vositasi sifatida mobil to’lovlar mavjud to’lov
tizimlariga
nisbatan keng tarqaladi.
3.
NFC,
SMS
va
WAP
turli
ko’rinishdagi mobil to’lovlarni
qo’llabquvvatlovchi keng tarqalgan texnologiyalar hisoblanadi. Keyingi o’rinda
RFID, Bluetooth va IrDA turadi. Mobil to’lovlarning rivoji ko’pchilik
texnologiyalar tomonidan bir vaqtning o’zida qo’llab-quvvatlanishi kutilmoqda,
bu holda iste’molchiga qulay bo’lgan texnologiyani tanlash imkoniyati yaratiladi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, bugungi kungacha bir-biriga mos kelmaydigan
to’lovlar tizimlarining ko’pligi mobil tijoratning rivojlanishiga ma’lum jihatdan
to’sqinlik qilib kelmoqda. Shu bilan birga bugungi kunda mobil Operatorlar,
moliyaviy tashkilotlar, turli texnologik kompaniyalarning mobil to’lovlarni joriy
qilish bo’yicha milliy va xalqaro standartlarni ishlab chiqish yo’lidagi
hamkorligi
kuzatilmoqda. “Edgar, Dunn & Company” mutaxassislarining fikricha, mobil
to’lovlar rivojlanishidagi asosiy tendentsiya sifatida ochiq texnologik
platformalarni ko’rsatish mumkin. Bu platformalar uyali aloqa tarmoqlarida
elektron to’lovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo’ladi. To’lov
platformalari doirasida mobil elektron tijorat bozorining
barcha ishtirokchilarini
tahlil qilish mumkin bo’ladi. Xulosa qilib aytganda NFC texnologiyasini
O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda qo’llash
sotuvchi va haridor o’rtasida axborot almashinuv jarayoni samarali tashkil
etilishiga va qisqa vaqtda bir nechta tranzaktsiya bajarilishiga erishiladi. Buning
uchun esa tadqiqot modellari va ularning natijaviy holatini tasavvurdagi shakllarini
tahliliy ko’rib chiqish zarurdir.
Ilk TTM 1986 yilda Devis tomonidan taklif etilgan. Ushbu model bir qator
ijtimoiy psixologlar tomonidan ilgari surilgan «asosli xarakatlar nazariyasi»
asosida ishlab chiqilgan «ishonch-munosabat-maqsad-hozirgi xattixarakat» sabab-
oqibat ketma-ketligini, ya’ni
zanjirini tashkil etadi
35
. Devisning TTM
tadqiqotlarida ikki muhim konstruktsiyani tanlashda olinadigan foyda va ishlash
35
F. Davis, A technology acceptance model for empirically testing new end-user information systems: theory and results, Ph.D.
Thesis, Sloan School of Management, Massachusetts Institute of Technology, 1986. 12. M. Fishbein, I. Ajzen, Belief, Attitude,
Intention and Behavior: An Introduction to Theory and Research, Addison-Wesley, Reading, MA, 1975. 13. М. Гринбалт –
Развитие платежной системы и ИКТ в банках // ICTNEWS журнали 2016й №3. 60-б. с 34-38.
103
soddaligi mezon qilib olingan. Devis izlanishlari
natijasida TTMni shunday
tasavvur etadiki, ikki konstruktsiyaning birga faoliyat yuritishi (yoki ulardan
foydalanish) foydalilik darajasini oshiradi va oson foydalanish imkoniyatini
keltirib chiqaradi. Individlarning tasavvurida qandaydir mavhum tizim borki,
odamlarning ish unumdorligini oshiradi, foydalanish
soddaligi esa shunday
darajaki, undan foydalanish individlarning jismoniy va aqliy zo’riqishidan ozod
qiladi. Axborot tizimlarini joriy qilish yuzasidan olib borilayotgan aksariyat
tadqiqotlarda TTMdan keng qo’llanilmoqda. TTM qabul qilindi va WWW
kontekstida dasturiy ta’minotdan foydalanishni oldindan aniqlab berishda yordam
berishini ko’rsatdi. Shunday qilib, biz kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
rivojlantirishda mobil to’lov texnologiyalarini hamda texnologiyani tanlash modeli
ancha ahamiyatli hisoblanadi.