126
mulkdorlarning yoki ular vakillarining ongli va maqsadli iqtisodiy faoliyatidir.
“O’zbekiston Respublikasi tadbirkorlik to’g’risida”gi qonunida tadbirkorlikka
quyidagicha ta’rif berilgan: “Tadbirkorlik-mulkchilik sub’ektlarining
foyda olish
maqsadida tavakkal qilib va mulkiy javobgarlik asosida amaldagi qonunlar
doirasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat ko’rsatishdir”. Kichik biznes
taraqqiyotning muhim garovlaridan biri- faoliyatda marketingdan keng
foydalanish, uning ilg’or innovatsion yo’nalishi va vositalaridan amalda etarlicha
samara ko’rsatib, ishlashdan iboratdir. Marketing tushunchasi
bozor sohasini har
qanday faoliyati bilan bog’liqdir, shu bois marketing so’zini tarjimasi va kelib
chiqishi keltiriladi (ing. Market – bozor, ing – faol, faoliyat, harakat ma’nosini
anglatadi). Marketing nafaqat falsafa, fikrlash tarzi va iqtisodiy tafakkur yo’nalishi,
ammo ayrim firma, kompaniya, tarmoq va butun iqtisodiyot bo’yicha
amaliyot
faoliyati hamdir. Talab bilan taklifning o’zaro ta’siri alohida shaxslar yoki
guruhning xohish-ehtiyojlarini o’zluksiz qondirish jarayoni hisoblanadi. Bu
jarayon o’z navbatida shunday ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyalarning o’zaro ta’siriga
asoslanadi, ya’ni ularga muhtojlik, ehtiyoj (xohish), talab, xarid qilish
(ayirboshlash, bitim) va aniq tovar va xizmatlarning iste’moli (ishlatilishi) kiradi.
Bu tushunchalar marketing tushunchasi, mohiyatini aniqlashga imkon beradi.
Muhtojlik kishining biror-bir narsa etishmasligini his etishidir.
Ehtiyoj individ
shaxsning madaniy darajasiga asosan maxsus shaklga muhtojlikdir. Talab xarid
quvvatiga ega ehtiyoj.
Dostları ilə paylaş: