143
BITIM – ikki tomon o’rtasida ular uchun zarur bo’lgan tovar vaxizmatni
sotish va sotib olish operatsiyasidir.
AYIRBOShLASh – ikki tomono’rtasida ularuchun kerak bo’lgan narsani
ikkinchitomonga boshqa bir narsani taklif etib savdo operatsiyasini o’tkazishga
aytiladi. Masalan, bir tonna shakarga 10 tonna kartoshkani ayirboshlash.
Bozorning umumiy holatini o’rganish zamonaviy marketing tamoyillaridan
biridir. Bozorni o’rganishdan asosiy maqsad, uning mavjud vaziyatda holatiga
(konyunkturasiga) baho berish va bozorning rivojlanish istiqbolini, prognozini
ishlab chiqishdan iborat. Marketing faoliyatida bozorni o’rganishning asosiy
elementlaridan biri bozor konyunkturasini o’rganish bilan bog’liq bo’ladi.
18 asr oxiri va 19 asr boshlarida talab va taklif o’rtasidagi muvozanat
masalasini, ijtimoiy mahsulotni bozor konyunkturasiga bog’liqligini birinchi bor
klassik maktabini rivojlantirgan iqtisodchi Jan Batist Sey o’rgangan edi. Bozorni
kompleks (majmuaviy) o’rganish bozor konyunkturasini tahlil qilish, bozor
sig’imini aniqlash va uni bozor “ishtirokchilari” (o’yinchilari) orasidagi ulushlarga
bo’lishni, ehtiyojlar, xarid talabini tahlil qilishni va xaridorlar muomalasini
modellashtirishni, aniq muhitni o’rganishni, marketing kompleksini (tovar, narx,
savdo va ilgariga harakatlantirish) tahlil qilishni ko’zda tutadi.
Dostları ilə paylaş: