Toshkent moliya instituti rasulova d. V., Xotamov I., Asatullaev X. S. Biznesni tadqiq etish usullari



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/80
tarix10.05.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#110356
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   80
biznesni tadqiq etish usullari (2)

Bozor konyunkturasi – ma’lum davrda shakllangan bozor holati (baho 
darajasi, talab hajmi, xaridorlarning mavjudligi va h.k.lar). 
Bozor konyunkturasi – ayrim bozorlarda muayyan holatlarning mavjudligi. 
Bozor konyunkturasi muayyan davrdagi bozor holati, bozorda muvozanat(talab va 
taklifning bir-biriga nisbati)ning mavjudligi yoki buzilganligi bilan xarakterlanadi. 
Shunga ko’ra, bozor konyunkturasi ijobiy yoki salbiy, qulay yoki noqulay bo’lishi 
mumkin. Uning echimi bo’yicha tanqidiy fikrlarini ham berishlari ma’qullanadi. 
Bozor konyunkturasi – bu aniq vaqt davomida bozorda yuzaga keladigan 
iqtisodiy vaziyat bo’lib, u talab va taklif orasidagi nisbatni, narxlar darajasini, tovar 
zahiralari va boshqa iqtisodiy ko’rsatkichlarni tavsiflaydi. 


144 
Marketingda esa bozor konyunkturasi deganda belgilangan vaqtda maqsadli 
bozorda vujudga keladigan iqtisodiy shart-sharoitlar majmuasi tushuniladi. Bozor 
konyunkturasini o’rganish zarurati quyidagilarga bog’liq bo’ladi: 
a) odatda bozorning sig’imi, segmentlanishi va talab qayishqoqligi o’zgarib 
boradi, shu sababli ularning monitoringini amalga oshirish lozim; 
b) bozordagi omillar kompleks ravishda ta’sir o’tkazishi sababli ularni alohida 
o’rganish tegishli samara bermaydi; 
c) bozor to’g’risidagi ma’lumotlar odatda retrospektiv xarakterga ega, shu 
sababli rejalashtirish uchun maxsus usullar talab qilinadi. 
Bozorni har tomonlama o’rganishda quyidagilarga asoslanadi: 
Tovarni o’rganish. Raqiblar tovarlariga qaraganda tovarning sifatliligi, 
raqobatbardoshligi, yangiligi,hozirgi va bo’lajak xaridorlar ehtiyojlarini qondira 
olish qobiliyatlari, xaridorlar talabi, uning mahalliy qonunchilik, tartib va qoidalar 
talabiga to’g’ri kelishi, davlat hujjatlari asosida modifikatsiyalash va hokazo. 
Xaridorlarni o’rganish. Tovarning asosiy xaridorlari va uni ishlatish usullari, 
tovarning qaysi belgilari uni sotib olishga majbur qilmoqda va h.k. 
Raqiblarni o’rganish: raqiblarning savdo belgilari, bozorda katta ulushga 
erishgan raqiblar tovarlarining muhim sifatlari,sotuvni rag’batlantirish usullari, 
narx siyosati, tovar o’ramasi, ITTKI, sotish usullari, foyda va zarar sabablari va 
h.k.lar o’rganiladi. 
Bozorning umumiy holatini o’rganishda tovarlar va firmalar tarkibi, raqobat 
ustunligi, uning hajmi, geografik joylashuvi va h.k.larga etibor beriladi. 
Bozorda kim etakchilik qilishiga qarab bozorlar «sotuvchi bozori» va 
«xaridor bozori»ga bo’linadi. 
«Sotuvchi bozori» - talab taklifdan ko’p bo’lgan holat kuzatiladi. Bunday 
bozorda sotuvchi hukmronlik qiladi, xaridorning esa faol ishtirokchi bo’lishiga 
to’g’ri keladi. Bunday holatda «pul tovar orqasidan yuguradi». Sotuvchi bozori –
bunday sharoitda albatta firma o’ztovarini sotishuchun ko’p kuch sarflamasligi, o’z 
ishlab chiqarish hajmlarini o’zgartirmasligi, mahsulot sifat ko’rsatkichlariga, 


145 
dizayniga e’tibor qaratmasligi mumkin. Taklifning talabdan orqada qolishi bozorda 
raqobatning sustligini ko’rsatadi. 
«Xaridor bozori» –bundaybozorda taklif talabdan ko’p, shuning uchun 
xaridorlar (iste’molchilar) taklif etilayotgan tovarlar va xizmatlar orasidan 
xohlaganini tanlash imkoniyatiga ega. Bunday bozorda xaridorlar ustunlikka ega 
bo’lib, (xaridortovar narxiga, uning sifatiga, dizayni, foydaliligiga alohidatalablar 
qo’yadi) ishlab chiqaruvchi va sotuvchilar bozorning eng faol ishtirokchilariga 
aylanadilar. Bunday holatda «tovar pul orqasidan yuguradi, ya’niraqobatning 
mavjudligi bilan xarakterlanadi. Bunday vaziyatda firma iste’molchilarni chuqur 
o’rganishi, marketing vosita(instrument)laridan keng foydalanib bozorning ichki 
muhitini, tovarlar assortimentini, narx-navoni o’rganib raqobat muhitida yangi 
tovarlar va xizmat turlarini ishlab chiqishlari zarur. Sotuvni rag’batlantiruvchi 
choralar qo’llanishi zarur. 
Talab va taklifning miqdori va tarkibi jihatidan bir-biriga muvofiq kelishini 
«muvozanatli bozor» deb yuritiladi. Muvozanatli bozorni ta’minlashning asosiy 
yo’llari quyidagilar hisoblanadi: ishlab chiqarishni talab darajasiga etkazish orqali 
bozorni to’yintirish, etarli darajada mahsulotlar zahirasini barpo etish, xaridorgir 
mahsulotlar narxini oshirish va aksincha, talab uncha mavjud bo’lmagan 
mahsulotlar narxini pasaytirish va boshqalar. Talab va taklifning har doim mos 
bo’lishi, ya’ni bozor muvozanti holati bu real emas. Bozor muvozanati ro’y 
berganda firma o’z mahsulotlarining sifat ko’rsatkichlarini ushlab turishi, 
mahsulotning raqobatbardoshligini o’rganishi vashular asosida o’z strategiyasini 
ishlab 
chiqishi 
lozim. 
Muntazam 
ravishdainnovatsion 
siyosatbilan 
shug’ullanishikerak. 
Bozor konyunkturasi talab oshishi bilan xarakterlansa, u sotuvchi uchun 
qulay, chunki u tovarni qimmatga sotib, ortiqcha daromad ko’radi. Agar bozorda 
taklif ortiqlik qiladigan bo’lsa, konyunktura xaridor uchun qulay bo’ladi, tovarni 
arzonga olib, bundan naf ko’radi. Bozor konyunkturasi ayrim tovarlarga nisbatan 
ham sodir bo’lishi mumkin. Bozor konyunkturasi ayrim tovar ishlab chiqarilishiga 


146 
va sotib oluvchilarning xarid qobiliyatiga, narx-navoga, modaning o’zgarishiga 
qarab har xil bo’ladi.
Butun yig’ilgan axborotlar uch qismga bo’linadi. Birinchisiga, konyunkturani 
oldingi davrda tasvirlangan ma’lumotlari kirib, hozir ularning hech qanday aloqasi 
yo’q. Ikkinchisiga, konyunkturaning hozirgi ahvolini bildiradi, ammo u istiqbolga 
ta’sir ko’rsata olmaydi. Uchinchisi, konyunkturaning kelajakdagi o’zgarishini 
aniqlaydi. Konyunkturaning tahlili bozorning ayrim tomonini ifodalovchi 
ko’rsatkichlarigina emas, balki uning kompleks holatini tasvirlovchi barcha 
axborotlar va statistika ma’lumotlariga asoslanishi kerak. 
Bozor konyunkturasini o’rganish mazmuni va tartibi firma tomonidan 
ko’zlangan maqsadga bog’liq bo’ladi va uch turga bo’linadi: konyunktura 
axborotnomasi, konyunktura tahlili va konyunktura prognozi. 
Konyunktura axborotnomasi – konyunkturaning tahliliy shakli hisoblanadi. 
Bu hujjat bozorning holatiga ta’sir etuvchi barcha omillar to’g’risidagi, ularning 
o’zaro aloqalari hamda konyunkturaning umumiy o’zgarishini ifodalovchi 
qonuniyatlarini o’zida mujassamlashtiradi.
Konyunktura tahlili - konyunkturani mavjud holatga keltirgan omillarning 
tahlilini o’z ichiga oladigan hujjat hisoblanadi. Amalda tahlil bozor 
konyunkturasinig maxsus izlanishlarini aks ettiradi va omillarning ta’sir doirasini 
aniqlashga xizmat qiladi. 
Umuman istiqbolni aniqlash - ma’lum obektning bo’lajak holatini ilmiy 
asosda obrazini yaratish demakdir. Har qanday mamlakat ichki iqtisodiy holatini 
va ishlab chiqarish istiqbolini belgilashda jahon bozoridagi o’zgarishlarni aniq 
tassavur qilish va baholay olish, uning progressiv tendensiyalariga mos ilmiy 
ishlab chiqarish omillarini ishga solish obektiv zaruriyat hisoblanadi.
Bozor istiqbolini aniqlashda quyidagi talablar e’tiborga olinishi shart: 
kelajakda bozor konyunkturasiga ta’sir etuvchi omillarni hisobga olishda 
ilmiy asoslangan, ishonchli va tizimli yondashish; 
istiqbolni aniqlashning bir nechta usullardan foydalanish zarur, ularning 
natijalari bir xil yoki yaqin bo’lishi lozim; 


147 
ishlatilgan uslublarning ilmiy asosi etarli bo’lishi; 
xulosalarning aniq va ravon tilda, ayniqsa, qaror qabul qiluvchilarga 
tushunarli ishlanganligi; 
bozor konyunkturasi istiqboli o’z vaqtida aniqlanishi va korxona, 
assotsiatsiya, kompaniya va vazirliklar ishini boshqarishda qo’llanilishi. 
Bozorni o’rganish tovar turlari bo’yicha amalga oshiriladi. Agar har bir 
iste’mol tovarlari bo’yicha tovarlarning sotilish vaqti, aholining tabaqalanishi 
o’rganilsa, kundalik va ma’lum davrlarda foydalanadigan yoki iste’mol qilinadigan 
tovarlar turlariga qarab, shuningdek, shu tovarlarni saqlash bilan bog’liq 
masalalarni hal etish asosiy vazifa hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositalari bozorida 
ularning sotilishi bilan bog’liq barcha shart-sharoitlarni chuqur o’rganish zaruriyati 
yotadi. Bu shartlar jumlasiga ishlab chiqarish vositalarning birdaniga ko’p iste’mol 
qilinishi, xaridorning nisbatan kam bo’lishi asosan bir manzilga ko’p tovar etkazib 
berilishi, sotishda ulgurji shaklning ko’p qo’llanilishi, tovar etkazib berishda 
transport aloqasi va turlarini ahamiyati kattaligi va boshqalar kiradi. Shartlarni 
to’g’ri baholash esa bozor sharoitini o’rganishda qo’llaniladigan uslublar 
turkumining mukammaligiga bog’liqdir.
Bozorni o’rganish shu bozorda faoliyat yurgizish bilan bog’liq, shart-
sharoitlarni o’rganishni nazarda tutadi. Bu o’rganish bozorning asosiy talablari: 
sifat, narx-navo va servis xizmati ko’rsatish bo’yicha imkoniyatlarni baholashni 
taqozo etadi. Bozor sharoiti bozorda tovar-pul munosabatlari va oldi-sotdi jarayoni 
holatidir, tovar-pul munosabatlari tovar turlari, ularning miqdori, raqobatchi 
korxonalarning bozordagi mavqei, ularning imkoniyatlari, tovarlar ayirboshlash 
yo’llari kabi jarayonlarni chuqur o’rganishni nazarda tutadi. Shuni alohida 
ta’kidlash lozimki, tovar-pul munosabatlari negizida muayyan bozorda iqtisodiy 
aloqalarning mavjudligi, ularning rivojlanish yo’nalishlari hamda shunday aloqalar 
o’rnatish uchun shart-sharoitlar yaratadi. 


148 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin