141
takror ishlab chiqarishning mumkinligi va zarurligi hamda tovar xo’jaligini
yuritishning sharoitlarida ko’rinadi. Bozor mexanizmi xaridor talabini qondirishga,
ishlab chiqarish harakatlarini qoplay olishga, barqaror ishlayotgan har bir
korxonaning foydaliligini ta’minlashga, ishlab chiqarish samaradorligini
oshirishga, manfaatdorligini paydo qilishga va mahsulot sifatini oshirishga qodir
xo’jalik yuritish qurolidir.
Bozor iqtisodiyotning aniq sohalarida yoki ma’lum joylarda talab va
taklifning rivojlanish holatidir. Masalan, metall bozorida bahoning pasayishi yoki
mehnat bozorida ishchilarning etishmasligi va hokazo.
Bozor ma’lum bir qiymatga ega bo’lgan turli xil obektlar bo’yicha tashkil
etilishi mumkin. Masalan, iste’mol tovarlari bozori, qimmatli qog’ozlar bozori,
mehnat bozori, kapital bozori,intelektual bozor, shou-biznes bozori va boshqalar
shular jumlasidandir. Iste’molchilarning turiga qarab bozorlar iste’mol bozori va
korxonalar (tashkilotlar) bozoriga bo’linadi.
Dostları ilə paylaş: