Toshkent moliya instituti rasulova d. V., Xotamov I., Asatullaev X. S. Biznesni tadqiq etish usullari


Kon’yunkturani tashkil qiluvchi omillar, asosiy ko’rsatkichlar va



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/80
tarix10.05.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#110356
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   80
biznesni tadqiq etish usullari (2)

8.2. Kon’yunkturani tashkil qiluvchi omillar, asosiy ko’rsatkichlar va 
ularni tahlil qilish va istiqbollash usullari. 
Ayrim bozorlarda muayyan holatlarning mavjudligi bozor konyukturasini 
anglatadi. Bozor konyukturasi muayyan davrdagi bozor holati bozorda 
muvozanatning mavjudligi yoki buzilganligi bilan xarakterlanadi. Shunga ko’ra 
bozor konyukturasi ijobiy va salbiy, qulay va noqulay bo’lishi mumkin. Bozor 
konyukturasi talab oshishi bilan xarakterlansa, u sotuvchi uchun qulay, chunki u 
tovarni qimmatga sotib, ortiqcha daromad ko’radi. Agar bozorda taklif ortiqlik 
qiladigan bo’lsa konyuktura xaridor uchun qulay bo’ladi, tovarni arzonga olib 
bundan naf ko’radi. Bozor konyukturasi ayrim tovarlarga nisbatan ham sodir 
bo’lishi mumkin. Bozor konyukturasi ayrim tovar ishlab chiqarilishiga va sotib 
oluvchilarning xarid qobiliyatiga, narx-navoga, modaning o’zgarishiga qarab har 
xil bo’ladi. Bozorning kelajakdagi holatini ishlab chiqarishning texnikaviy ahvoli, 
unga sarflangan qo’shimcha resurslar va ularning qaytara berish muddatlari tovar 
zahiralari dinamikasi, eksport-import, shuningdek narx-navodagi o’zgarishlar 
tendentsiyasiga qarab aniqlash mumkin. Bu bilan tovarlar taklifi o’rganiladi. 
Investitsiya summasi va tarkibiga mehnat predmetiga bo’lgan talab va korxona, 
tashkilotlar pul sarfining yo’nalishiga qarab, shuningdek, aholi xarid qobiliyatiga, 
uning tovarlar bilan ta’minlanishi darajasini hisobga olib talab o’rganiladi. Bozor 
konyukturasi ehtimollari milliy, regional va jahon bozorlariga, ayrim tovarlarga 
nisbatan aniqlanadi. Bozor konyukturasi oldingisidan ko’ra bilish, iqtisodiy 
tanglikka yo’liqmaslik, bozor muvozanatini ta’minlab berish sharti hisoblanadi. 
Bozorning umumiy holatini o’rganishda, uning geografik joylashish hajmi, tovarlar 
va firmalar tarkibi, raqobatning shiddati, konyukturasi va uning istiqboliga 
ahamiyat beriladi. Ma’lum davrda tovarlar va xizmatlar sotilishdagi imkoniyatni 
ifodalovchi iqtisodiy shart – sharoitlar majmui bozor konyukturasini bildiradi. U 
aniq iqtisodiy ko’rsatkichlar talab va taklif muvozanati, baholar darajasi, bozor 
hajmi v boshqalar bilan ifodalanadi. Bozor konyukturasi mamlakat iqtisodiy 
holatiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq. Bozor va eng avvalo butun bozor 
konyukturasini kompleks tadqiq etish, ishbilarmon doiralar fikricha, biznesmenga 


149 
xatolarga yo’l qo’ymaslik, xo’jalik masalalarida bir qarorga kelishda 
tavakalchilikni kamaytirishga yordam beradigan muhim omil hisoblanadi. 
Iqtisodiy konyuktura tadqiqoti tovar ayiriboshlash sohalarida va ularning takror 
ishlab chiqarish jarayoni boshqa bosqichlari bilan o’zaro aloqalarni rivojlantirish 
umumiy qonunlarni o’rganish bilangina cheklanmaydi, balki u yoki bu tovar 
bozorida tarkib topgan ahvolni har tomonlama chuqur tahlil etishga, yuz berishi 
mumkin bo’lgan vaziyatni oldindan tahmin qilishga qaratilgandir. 
Tovar bozori o’zida, birinchidan, muayyan tovarni ishlab chiqaruvchilar va 
iste’molchilar o’rtasidagi ikkinchidan, ishlab chiqaruvchi va iste’mol qiluvchi 
guruhlar ichidagi iqtisodiy aloqalar tizimini aks ettiradi. Birinchi hol aloqalarning 
asosiy shakli bo’lib, harid qilish va sotish hisoblanadi. Ikkinchi shakli esa 
o’zaroraqobat shakli hisoblanadi. O’ziga xos tarkib topish sharoitlari va iqtisodiy 
konyuktura rivojining qanday omillarga asoslanishiga ko’ra milliy xo’jaliklar va 
tovar bozorlari g’oyat xilma-xil hisoblaniladi. Har bir bozor va uning konyukturasi 
rivoji har bir bosqichi uchun muayyan xususiyatlarni va uzoq muddatli yo’nalishlar 
qo’lamini o’tkinchi va nisbatan davomli o’zgarishlarni hamda bularning 
ahamiyatini o’zaro hamkorlik darajasini aniqlashdagi tutgan o’rnini belgilab 
beruvchi omillarni qanchalik uyg’unlashtira olishi muhimdir. 
Iqtisodiy konyukturani tadbiq etish metodologiyasi bozorlar turlanishini 
o’tkazish zarurligini taqozo qiladi. Konyukturaviy tadqiqotlarning amaliy 
yo’nalishi ularga qanday yondashish va qanday uslubdan foydalanish kerakligini 
ham aniqlab beradi. Boshqacha aytganda tadqiqotlarning maqsadi o’tkaziladigan 
turlanish zaminida nimalar yotganligini belgilaydi. 
Bozor konyukturasi mamlakat iqtisodiy holatiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq. 
Shuning uchun tovar bozorining tahlili quyidagi ikki yo’l bilan olib borilishi 
mumkin: 
Agar konyukturaning o’zgarish darajasi va tendentsiyalarini bilish ko’zlansa, 
u holda uning belgilangan dinamikasi o’rganiladi; 


150 
Agar konyukturaning ma’lum muddatga bo’lgan ahvolini bilish zarur bo’lsa, 
unda tovarning bozordagi hayotiy yo’li o’rganiladi, aniq bosqichi belgilanadi va 
tahlil qilinadi. 
Butun yig’ilgan axborotlar uch qismga bo’linadi. Birinchisiga, konyukturani 
oldingi davrda tasvirlangan ma’lumotlari kirib, hozir ularning hech qanday aloqasi 
yo’q. Ikkinchisiga, konyukturaning hozirgi ahvolini bildiradi, ammo u istiqbolga 
ta’sir ko’rsata olmaydi. Uchinchisi, konyukturaning kelajakdagi o’zgarishini 
aniqlaydi. Konyukturaning tahliliy bozorning ayrim tomonini ifodalovchi 
ko’rsatkichlargina emas, balki uning kompleks holatini tasvirlovchi barcha 
axborotlar va statistika ma’lumotlariga asoslanishi kerak. 
Konyuktura axborotnomasi – konyukturaning tahliliy shakli hisoblanadi. Bu 
xujjat bozorning holatiga ta’sir etuvchi barcha omillar to’g’risidagi, ularning 
o’zaro aloqalari hamda konyukturaning umumiy o’zgarishini ifadolovchi 
qonuniyatlarini o’zida mujassamlashtiradi. Mamlakat iqtisodiy doirasida 
konyukturani tahlil qilish quyidagi ko’rsatkichlarga asoslanadi: 
Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar, yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy daromad, 
qishloq xo’jaligi investitsiya, transport, tovar muomalasi ko’rsatkichlari, ichki va 
tashqi bozorlarda tovarlar sotilish hajmi, pul muomalalari kapital aylanishi, baholar 
dinamikasi, ishsizlik va inflyatsiya darajalari. Mikroiqtisodiy ko’rsatkichlarga 
tovar bozorlari holati, talab va taklif, baho, talbning qondirilish darajasi, tovar 
ishlab chiqarish, yangi korxonalar qurilishi va boshqalar kiradi. Yuqoridagi 
ko’rsatkichlarning umumiy tomoni shundaki, ular bir-biri bilan bog’liq va davlat 
iqtisodiyoti bir bosqichdan ikkinchisiga o’tganda ularda o’zgarish ro’y beradi. 
Yalpi milliy mahsulot, shaxsiy iste’mol, davlat buyurtmalari, yalpi kapital 
qurilishi, tovar va xizmatlarni eksport va import qilish ko’rsatkichlarni o’z ichiga 
oladi. Bu ko’rsatkichlarni hisoblashda noaniqliklar ro’y bersa ham oxirgi talab 
hajmi har doim mamlakat iqtisodiyoti holatini baholashda muhim o’rinni egallaydi.
Mamlakat iqtisodiyoti konyukturasida ro’y beradigan barcha o’zgarishlar manbai 
bo’lib ishlab chiqarish sohalari hisoblanadi. Iqtisodiyotda sanoatning ulushi 


151 
qanchalik yuqori bo’lsa, uning ko’rsatkichlarining ahamiyati shunchalik yuqori 
bo’ladi. Sanoat ishlab chiqarishning asosiy ko’rsatkichi. 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin