Toshkent moliya instituti rasulova d. V., Xotamov I., Asatullaev X. S. Biznesni tadqiq etish usullari


Bozor konyunkturasini bashorat qilish uslublari



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/80
tarix10.05.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#110356
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   80
biznesni tadqiq etish usullari (2)

 
8.4. Bozor konyunkturasini bashorat qilish uslublari 
Bozor istiqboli eksport yoki import mahsulotlari, bozordagi baholar va 
boshqalar shaklida ishlab chiqilishi mumkin. Ular 3-5 yilgacha va uzoq 
muddatlarga aniqlanishi mumkin. Istiqbolni aniqlash usuli uning maqsadiga, 
istiqbolni ko’rish darajasini o’rganishga, axborot ta’minotiga va boshqa shartlarga 
bog’liq. Istiqbolni aniqlash uchun statistik ma’lumotlar bilan ta’minlanadi. 
Istiqbolni belgilash usullari turli mezonlar bo’yicha tavsiflanadi. 
Natijalarni berish shakliga qarab istiqbol ko’rsatkichlari miqdoriy va sifat 
ko’rinishida bo’lishi mumkin. 
Muddatiga qarab qisqa muddatli, o’rtamuddatli, uzoq muddatli istiqbol 
ko’rsatkichlari bo’ladi. 


155 
Istiqboli belgilanayotgan obekt hajmiga qarab umumiy (respublika 
iqtisodiyotining asosiy ko’rsatkichlari) va xususiy (alohida bir tarmoq uchun, 
infrastruktura uchun, yirik kompaniya uchun).
Istiqbolni belgilash usullari qo’llanilishining amaldagi samaradorligi - bozor 
hajmini aniqlash, tashqi omillarning turliko’rsatkichlarga ta’sirini belgilash, bu 
omillarning bozor holatigava dinamikasiga ta’sirini, konyunkturaga ta’sirini 
o’rganish, istiqbol ko’rsatkichlarini alternativ tahlil qilishga imkon beradi.Iqtisodiy 
bashoratlashda 
ko’pincha ekspert baholash usuli,masalan Delfi usuli 
qo’llaniladi.Bu usulning mohiyati shundan iboratki, ekspertlar guruhi 
o’zkuzatishlari, tahlillari asosida u yoki bu muammo bo’yicha istiqbol 
ko’rsatkichlarni isbot -dalil (argumentli fakt)larga asoslanib baholaydilar. Umumiy 
fikrlar- bozor, uning holati, rivojlanishi, raqobatning kuchayishi, yangi bozor 
segmentlarining paydo bo’lishi kabilar haqida ekspert xulosalari qilinadi. So’ngra 
ekspertlar xulosalari natijalari yana maxsus standart dastur (kompyuter dasturi) 
yordamida tahlil qilinadi. Natijalarqarorqabulqiluvchima’sulshaxsgatopshiriladi. 
Bozor holatini kelajagini bashoratlashda ekspert usuli qo’llanilib, unda 
quyidagi vazifalar hal qilinishi mumkin. 
Talabning o’rtava uzoqmuddatgamo’ljallangan hajmini aniqlash 
Keng assortimentdagi mahsulotlaruchun qisqa muddatga mo’ljallangan talab 
hajmi 
Yangi tovarlarga talabning shakllanishini baholash 
Iste’molchilarning yangi tovarlarga bo’lgan munosabatini bo’lishi mumkin 
bo’lgan talab hajmini aniqlash 
Bozordagi raqobatni baholash 
Firmaning bozordagi holatini aniqlash va boshqalar. 
Ekspert usuli nisbatan sodda va to’liq axborot bazasi bo’lmaganda ham undan 
foydalanish mumkin. Bu usulning yana bir yaxshi tomoni, u orqali bozorga tegishli 
sifat ko’rsatkichlari ham aniqlanishi mumkin, masalan bozorda ijtimoiy –siyosiy 
holatning o’zgarishi, ekologiyani ishlab chiqarishga va mahsulotlarniiste’mol 
qilishga ta’siri kabilarni aniqlash mumkin. Afzalliklari bilan birga bu usulning 


156 
kamchiliklari ham mavjud ya’niekspertlar fikrining subektivligi, ular fikr 
mulohazalarining cheklanganligi. Delfi usulida ekspertlar xulosasi yozmaravishda 
har bir ekspertdan bir necha bosqichda olinib keyin, bir xulosaga kelinadi. 1-3 yil 
va uzoq muddatga mo’ljallangan prognozlarda bu usul bilan qilingan natijalar 
o’zini oqlagan. Bu tadqiqotda 10 dan 150 gacha ekspert qatnashishi mumkin. Bu 
albatta masalaning qo’yilishiga, muammoning katta kichikligiga bog’liqdir. 
Ekspert baholash usulida keng qo’llaniladigan uslubiyotbu- «aqliy hujum» 
hisoblanadi. Buning mohiyati shundaki, muammo ekspertlarning bahs munozarasi, 
muhokamasi asosida olib borilib, muammoning u yoki bu echimi ovoz berish yo’li 
bilan qabul qilinadi. Diskussiya oldindan tuzilgan ssenariy asosida olib boriladi. 
Ekspertlash orqali istiqbolni baholashni tashkil etish sxemasi. «aqliy hujum» 
asosida U.Gordon 1960 yilda yangicha «sinektika» usulini taklif etdi. Uning «aqliy 
hujumdan» farqi shundan iboratki, ma’lum tarkibdagi ekspertlar guruhi (miqdor 
jihatdan stabil) «hujumdan» «hujumgacha» ma’lum tajriba to’plab boradilar. 
Konyunktura prognozi bozordagi holatni ma’lum davr ichida oldindan ko’rish 
va uning asosiy parametrlarini aniqlashni o’z ichiga oladi. Bunda konyunkturaga 
ta’sir o’tkazuvchi omillarning yaqin kelajakdagi xususiyatlarini aniqlashga e’tibor 
qaratiladi. 
Tovarlar va ehtiyojlar raqobatining tahlili asosan konyunktura prognozida 
amalga oshiriladi hamda raqobatchi tovarlar, o’rnini bosuvchi tovarlar va 
to’ldiruvchi tovarlarning o’zaro muvozanatini aniqlashga qaratiladi. Bunday 
raqobatni baholash uchun marketingning bozorni o’rganish usullaridan keng 
foydalaniladi. 
Bozor konyunkturasini o’rganishning sotuvchi va ishlab chiqaruvchilar uchun 
zarurligi kelajakda ishlab chiqarish quvvatlarini qaysi yo’nalishda rivojlantirish va 
qanday sotish siyosatini qo’llash bo’yicha aniq va ishonchli axborotga ega 
bo’lishda namoyon bo’ladi. 
Konyuunkturani shuning uchun o’rganish va bashoratlash kerakki, uni bilishi 
eng foydali narxlarda sotish va sotib olish, mavjud resurslarni oqilona joylashtirish 
(manevrlashtirish), bozorda kutilayotgan holat bilan mos holda tovar ishlab 


157 
chiqarishni kengaytirish yoki qisqartirish imkonini beradi. Tovar bozori 
konyuunkturasining tahlili quyidagi jihatlar bo’yicha o’tkaziladi. Birinchi navbatda 
mamlakat iqtisodiyoti tsiklning qandayfazasidaligini aniqlash va unga kompleks 
tavsif berish zarur. 
Keyin ishlab chiqarish tahlil qilinadi. Aniq bir tovarni yaxlitligicha jahon 
bozori asosiy ishlab chiqaruvchi mamlakatlar bo’yicha ishlab chiqarish dinamikasi 
ko’rib chiqiladi, bu tovarni chiqarishdagi o’zgarishning asosiy sababi o’rganiladi. 
Asosiy e’tibor ilmiy-texnika taraqqiyotining tarmoq va tadqiq etilayotgan tovar 
bozoridagi ta’siriga qaratiladi. 
Talab va iste’mol dinamikasining tahlili yaxlit holda va iste’molchi 
mamlakatlar bo’yicha bo’laklangan holda o’tkaziladi. Shuningdek, bozor sig’imiga 
ta’sir etuvchi asosiy omillar ham o’rganiladi, bu tovar iste’moli sohasidagi ahvol 
tadqiq etiladi va bozorning monopollashtirish darajasi, savdoning shakli va 
metodlari va ularning dinamikasi aniqlanadi. Ilmiy-texnika taraqqiyotini tovarning 
iste’moli darajasiga ta’siri albatta o’rganiladi. 
Zahiralarni 
tahlil 
qilish 
ishlab 
chiqaruvchilar 
va 
savdoda 
ham, 
iste’molchilarda ham zahiralar sohasi siyosatini tadqiq etishni, ularning 
harakatlarini o’rganishni ko’zda tutadi. 
Tovarlarning yaxlit va alohida mamlakatlar bo’yicha jahon eksporti va 
importini tahlil qilishda savdoning yangi shakllari, bojxona tarif va valyuta tizimi 
masalalari ko’rib chiqiladi. Tovarlar eksporti va importining rivojlanish bashorati 
tuziladi. 
Narxlar – konyunkturaviy tahlilning eng muhim elementi. Narx dinamikasi 
ko’rib chiqiladi. Narxlar o’zgarishining asosiy sabablari, ularning yangi 
texnologiyalar paydo bo’lishi, xom ashyolar va yarim fabrikatlar narxining 
o’zgarishiga, mehnat unumdorligining oshishi, inqirozning oldini olish, valyuta 
kursining o’zgarishi, savdo metodlari va shakliga ta’siri hamda aloqalari tahlil 
qilinadi. 
Raqobatchilarning 
narx 
sohasidagi, 
davlatning 
narxning 
shakllantirishidagi siyosatlari ta’minlanadi. 


158 
Bozor sig’imi – bozorni tadqiq etishning asosiy tomonlaridan biridir. Bu 
ko’rsatkich prinsipial ravishda tovar savdosining imkoni bo’lgan hajmini namoyish 
qiladi va bir yil yoki qandaydir vaqt davomida unda realizatsiyaqilinadigan 
(jismoniy birliklarda yoki qiymat ifodasida) hajmi bilan belgilanadi. 
Bozorning sig’imi turli xil usullar bilan baholanadi. Birinchiholatda quyidagi 
formuladan foydalanish mumkin: 
B= M x T x N 
Bunda B- bozorning sig’imi, M – aniq bozorda mahsulotning ushbu turini 
sotib oluvchilar mijozlar soni; T-tadqiq etilayotgan vaqt davomida xaridorlar 
tomonidan ushbu tovarni xarid qilinish soni; N-mahsulotning o’rtacha narxi. 
Ikkinchi holatda formula quyidagicha: 
B= MICh+ Z + I – e 
Bunda, B- bozorning sig’imi, Mich- milliy ishlab chiqarish, Z- tayyorlovchi 
korxona omborlaridagi tovar zahiralari qoldiqlari, I-import, e-eksport. 
Firma natijalarini o’zaro nazorat qilish va tuzatish uchun, odatda, bu 
usullarning ikkalasidan ham foydalaniladi. Biroq bozor sig’imini aniqlashning 
ushbu formulalari o’ta sodda va yanada aniqroq, reallika yaqinlashgan 
ko’rsatkichlarni olish uchun aholi xarid qobiliyatiga, xarid tarkibi va odatlariga, 
hayot tarzi stereotiplariga va yana ko’plab omillarga tuzatishlar kiritish kerak, 
ya’ni ko’p omilli iqtisodiy modellardan foydalanish zarur bo’ladi. 
Bozor, sig’imini aniqlay borib, ushbu bozorga kiruvchi korxonalar bozordagi 
raqobatchi firmalarning ishtiroki va ishini e’tiborga olib, uning to’liq miqdorini 
egallab olishni hisob-kitob qilishga haqli emasmiz. Shuning uchun ushbu 
bozordagi xususiy ulushi haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lish ham, (agar 
korxonalar unda ishtirok etayotgan bo’lsa) yoki kelgusida bozordagi imkoniyati 
bo’lishi mumkin bo’lgan ulushining hisob-kitobini qilishi yangi bozorga kirishda 
yoki o’zining kelgusi faoliyati natijalarini hisob-kitob qilishda muhim. 
Bozorning kompaniyaga tegishli ulushi ko’rsatkichi raqobat kurashida u 
ushbu bozordagi raqobat kurashida u qanday rol o’ynashini tushunishiga va bu 


159 
bozorda muomalaning to’g’ri liniyasini, raqobat strategiyasini ishlab chiqishga 
imkon beradi. 
Bozordagi ulush quyidagi formula bo’yicha hisob-kitob qilinadi: 
Bu = BSh:U x 100%,bunda Bu - korxonaning bozordagi ulushi; BSh – 
korxonaning bozordagi sotilish hajmi, U -ushbu tovarning ushbu bozordagi 
umumiy sotilish hajmi. 
Masalan, 2016 yilda mobil telefonlarining jahon bo’yicha sotilishi 990,8 mln. 
donani tashkil etdi. Unda Nokianing ulushi – 36,2%, Motorolla – 21,1%, Sumsung 
– 11,8%, Soni Eroson -7,4%, LG – 6,3%, Benq – 2,4%ni, qolganlari esa 14,8% ni 
tashkil etdi. 
Olingan hamma ma’lumotlar asosida bozor rivojlanishining konyuunkturaviy 
bashorati tuziladi, uning yakuniy vazifasi esa ehtimol tutilgan kelajak manzarasini 
yaratish: foydalanib qolish kerak bo’lgan imkoniyatlarni va qochish zarur bo’lgan 
xavflarni aniqlashdir. 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin