Toshkent moliya instituti rasulova d. V., Xotamov I., Asatullaev X. S. Biznesni tadqiq etish usullari


Konyunkturani shakllantiruvchi omillar



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/80
tarix10.05.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#110356
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   80
biznesni tadqiq etish usullari (2)

8.3. Konyunkturani shakllantiruvchi omillar. 
Konyunktura deganda ma’lum omillarning ta’siri natijasida vujudga 
keladigan qisqa muddatli shart-sharoitlar tushuniladi. Omillarning o’zgarishi 
konyunkturaning o’zgarishiga olib keladi. Bozordagi har qanday vaziyat turli 
omillar ta’siri ostida o’zgaradigan ko’rsatkichlar yig’indisi bilan tavsiflanadi.Bozor 
iqtisodiyoti sharoitida tashqiva ichki omillarning ta’siri ostida firmalar 
faoliyatidagi tendensiyani aniqlash, ya’ni uning kelajakdagi rivojlanishi va 
bozordagi holatini aniqlash marketing tadbirlarining muhim vazifalaridan 
hisoblanadi.
Mamlakat iqtisodiyoti konyunkturasida ro’y beradigan barcha o’zgarishlar 
manbai bo’lib, ishlab chiqarish sohalari hisoblanadi. Iqtisodiyotda sanoatning 
ulushi qanchalik yuqori bo’lsa, uning ko’rsatkichlarining ahamiyati shunchalik 
yuqori bo’ladi. Mamlakat iqtisodiy doirasida konyunkturani tahlil qilish quyidagi 
ko’rsatkichlarga asoslanadi: makroiqtisodiy ko’rsatkichlar, yalpi milliy mahsulot, 
yalpi milliy daromad, qishloq xo’jaligi, investitsiya, transport, tovar muomalasi 
ko’rsatkichlari, ichki va tashqi bozorlarda tovarlar sotilish hajmi, pul muomalalari 
kapital aylanishi, baholar dinamikasi, ishsizlik va inflyatsiya darajalari. 
Makroiqtisodiy ko’rsatkichlarga tovar bozorlari holati, talab va taklif, baho, 
talabning qondirilishi darajasi, tovar ishlab chiqarish, yangi korxonalar qurilishi va 
boshqalar kiradi. Yuqoridagi ko’rsatkichlarning umumiylik tomoni shundaki, ular 
bir-biri bilan bog’liq va davlat iqtisodiyoti bir bosqichdan ikkinchi bosqichga 
o’tganda ularda o’zgarish ro’y beradi. Yalpi milliy mahsulot, shaxsiy iste’mol, 
davlat buyurtmalari, yalpi kapital qurilishi, tovar va xizmatlarni eksport va import 
qilish ko’rsatkichlarini o’z ichiga oladi. Bu ko’rsatkichlarni hisoblashda 
noaniqliklar ro’y bersa ham oxirgi talab hajmi har doim mamlakat iqtisodiyoti 
holatini baholashda muhim o’rinni egalaydi. Tashqi savdo ko’rsatkichlari ichki 
bozor konyunkturasining shakllanishida o’ziga xos o’ringa ega. Bozor 


152 
konyunkturasi mamlakat iqtisodiy holatiga to’g’ridan to’g’ri bog’liq. Shuning 
uchun tovar bozorining tahlili quyidagi ikki yo’l bilan olib borilishi mumkin: 
1. Agar konyunkturaning o’zgarish darajasi va tendensiyalarini bilish 
ko’zlansa, u holda, uning belgilangan davrdagi dinamikasi o’rganiladi; 
2. Agar konyunkturaning ma’lum muddatga bo’lgan ahvolini bilish zarur 
bo’lsa, unda tovarning bozordagi «hayotiy yo’li» o’rganiladi, aniq bosqichi 
belgilanadi va tahlil qilinadi.
Har doim iqtisodiy konyunktura (umumxo’jalik yoki tovar holati) bozordagi 
raqobat va baholar dinamikasi shart-sharoitlari ta’sirida shakllanayotgan talab va 
taklif) munosabatlariga bog’liq bo’ladi.
Marketing tizimi subektlarining rivojlanish konsepsiyalarini ishlab chiqishda, 
narx-navoning o’zgarishini aniqlashda, yangi mahsulotlar, texnologiyalarni 
yaratishda, bozor konyunkturasi va iste’molchilarhatti- harakatining turli omillarga 
bog’liqligini o’rganishda turli istiqbolni belgilash usullari qo’llaniladi. Shuni 
e’tiborga olish lozimki, konyunktura tahlili va prognozida uning o’ziga emas, balki 
konyunkturaga ta’sir qiluvchi omillarga ko’proq ahamiyat beriladi. Shu sababli, 
bozor konyunkturasiga ta’sir qiluvchi omillarni ajratish maqsadga muvofiq bo’ladi, 
har qanday bozor konyunkturasini belgilab beruvchi omillarni ikki guruhga bo’lish 
mumkin: 
1. Makroiqtisodiy omillar; 
2. Mikroiqtisodiy omillar, ya’ni mazkur bozordagi talab, taklif, narx va 
raqobat omillari. 
Hech qanday alohida tovar bozori mamlakat iqtisodiyotidan ajralgan holda 
rivojlana olmaydi. Shu sababli, iqtisodiyot qanday holatda, uning jahon bozorida 
tutgan o’rni qanday, milliy boyliklar qay darajada qo’llanilmoqda degan savollarga 
javob topish lozim bo’ladi. 
Yuqorida sanab o’tilganidek, mikroiqtisodiy omillarga ushbu bozordagi talab, 
taklif, narx va raqobat kiradi. 
Bozor konyunkturasi tahlilida talabning barcha jihatlarini o’rganishga alohida 
e’tibor beriladi. Jumladan: talabning geografik taqsimlanishi, assortimentning 


153 
kengligi va chuqurligi bo’yicha taqsimlanishi, iste’mol intensivligi, hajmi va 
boshqa xususiyatlarni o’rganish zarur bo’ladi. Talabni o’rganishda diqqat avvalo 
qondirilgan talab, so’ng qondirilmagan talabga jalb qilinadi. Tovar aylanish 
tarkibini tovar guruhlari va alohida turlari bo’yicha tahlil qilish orqali qondirilgan 
talab o’rganiladi, qondirilmagan talab esa sotuvchilar va xaridorlarning fikrini 
o’rganish usullari yordamida aniqlanadi. 
Konyunkturaga ta’sir qiluvchi ikkinchi omil - bu tovar taklifidir. Taklifni 
o’rganishda avvalo tovar manbalariga, sotishga taklif etiladigan tovar hajmi va 
tarkibiga, tovar zahiralariga e’tibor beriladi. Tovar manbalarini tahlil qilish savdo 
tizimiga mahsulot etkazib beruvchi korxonalar ro’yhatini tuzish va ularning 
imkoniyatlarini o’rganishdan iborat bo’ladi. 
Ishlab chiqaruvchilar tovarlarning assortimenti, etkazib berish muddatlari va 
taklifning tarkibini aniqlashga yordam beradi. Shundan so’ng bozor 
ishtirokchilaridagi tovar zahiralari tahlil qilinadi. Zahiraning hajmi va tarkibi, 
qachon vujudga kelganligi, zahiraning almashib borish dinamikasi va boshqa 
ko’rsatkichlar taklifning talabga nisbatini aniqlashga xizmat qiladi. Savdo 
tashkilotlarida yuritiladigan hisob tizimining ma’lumotlari, inventarizatsiya 
natijalari va maxsus izlanishlar tovar zahiralirini kompleks o’rganishga asos 
bo’ladi. 
Mikroiqtisodiy omillardan yana biri shu bozordagi raqobatdir. Tovar 
bozorlaridagi raqobatni tahlil qilishda avvalo korxonalar raqobati, so’ng tovarlar va 
ehtiyojlar raqobati o’rganiladi. Korxonalar raqobatining tahlili sotuvchilar soni, 
ixtisoslashuvi, mahsulot assortimenti, ishlab chiqarish hajmi, yo’naltirilgan 
maqsadli segmenti va boshqalarni o’z ichiga oladi. 
Bozorning kelajakdagi holatini ishlab chiqarishning texnikaviy ahvoli, unga 
sarflangan qo’shimcha resurslar va ularning qaytim miqdori muddatlari, tovar 
zahiralari dinamikasi, eksport-import, shuningdek narx-navodagi o’zgarishlar 
tendensiyasiga qarab aniqlash mumkin. Bunda tovarlar taklifi, investitsiya miqdori 
va tarkibiga, mehnat predmetiga bo’lgan talab, korxona, tashkilotlar pul sarfining 
yo’nalishi, aholi xarid qobiliyati, uni tovarlar bilan ta’minlanish darajasi 


154 
o’rganiladi. Bozor konyunkturasi ehtimollari ayrim tovarlarga milliy, regional va 
jahon bozorlariganisbatan aniqlanadi. Bozor konyunkturasi oldindan ko’ra bilish, 
iqtisodiy tanglikka yo’liqmaslik, bozor muvozanatini ta’minlab borish sharti 
hisoblanadi. Ma’lum davrda tovarlar va xizmatlar sotilishdagi imkoniyatlarni 
ifodalovchi iqtisodiy shart-sharoitlar majmui bozor konyunkturasini bildiradi. U 
aniq iqtisodiy ko’rsatkichlar talab va taklif muvozanati, baholar darajasi, bozor 
hajmi va boshqalar bilan ifodalanadi. Bozor konyunkturasi mamlakat iqtisodiy 
holatiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq. Dunyo bozorida iste’mol mollari konyunkturasi 
har 9 oyda o’zgarib turadi. 
Narxlarning bozor konyunkturasidagi o’rni va ularning shakllanish 
xususiyatlarini hisobga olgan holda narx tahliliga katta e’tibor beriladi. Narxlarni 
o’rganishda quyidagilar tahlil obekti sifatida olinadi: narxlarning barqarorligi, 
tovar assortimenti doirasida narxlarning o’zgarish darajasi, sotuvchi tomonidan 
narxlar bo’yicha o’zgaruvchan tizimlarni qo’llash, mavsumiy narxlarning 
qo’llanishi va boshqalar. Narx bozor konyunkturasiga ta’sir qiluvchi eng murakkab 
omil hisoblanadi. Uning o’ziga ham bir qancha omillar ta’sir ko’rsatadi. Shu 
sababli narx tahlilida nafaqat hujjatlarni tekshirish usuli, balki maxsus usullar ham 
keng qo’llaniladi.

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin