127
Talab – mavjud, potentsial hamda xohish talabga bo’linadi. Tovar – ehtiyoj
yoki muhtojlikni qondira oladigan hamda bozorga e’tiborni tortish,
sotib olish,
ishlatish yoki iste’mol qilish maqsadida taklif etilgan barcha narsalardir.
Marketingning mohiyati iste’molchilar talabiga mos tovarni ishlab chiqarish va
xizmat ko’rsatish hamda unga talab, ishlab chiqarish imkoniyatlarini
mo’ljallashdan iborat. Bunda faol marketingdan samarali foydalanish muhim
ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimiz ishbilarmonlari orasida marketing
tizimlaridan qaysi birini
qo’llash, respublikamizning qaysi sharoitlarini, xususiyatlarini qanday tartibda
e’tiborga olish lozim, degan savollar tug’ilishi tabiiydir. Bu savollarga to’liq javob
topish murakkab va u birqancha omillarga bog’liq, ya’ni korxonalarning iqtisodiy-
moliyaviy holati, shakllanayotgan bozorkonyukturasi, ishlab chiqarilayotgan
mahsulot turi, raqobat va korxonaning bozor talablarining o’zgarishiga mos
ravishda mahsulotni takomillashtirish va boshqalar.
Kichik biznes faoliyatida
ishlab chiqarish va savdo faoliyatini tashkil qilishning o’ziga xos xususiyati bu
turdagi tadbirkorlik sohasiga marketing tamoyllarini tatbiq etish jarayoniga o’z
ta’sirini ko’rsatadi. Kichik biznes faoliyatida marketing tizimini qo’llashning eng
muhim tomoni, korxonaning iste’molchilar bilan to’g’ridan- to’g’ri muloqotda
bulish zaruriyati va imkoniyatidir. Shuning uchun ham
kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik faoliyatida marketing funktsiyasi bozorni tashkil etishdan boshlab,
sotuv oldi va sotuvdan keyingi xizmatlarni tashkil etishgacha o’ziga xos
xususiyatga ega bo’ladi. Kichik biznes faoliyati ishlab
chiqarish xarakteriga ega
bo’lgan korxona bo’lganligi uchun marketing faoliyatning barcha elementlarini
o’zlashtiradi va ular orasida quydagilar asosiy o’rinda turadi;
- bozor vaziyatlarini va tendentsiyalarini o’rganish, prognozlash va eng
samarali bozor segmentlarini aniqlash; - ilmiy-tekshirish va tajriba konstruktorlik
kashfiyotlari va mahsulot turini
doimiy mukammallashtirish, iste’molchilar
buyurtmasi asosida ishlab chiqarishni tashkil etish; - xaridorlar bilan to’g’ridan-
to’g’ri doimiy aloqa o’rnatish va ularning to’lov qobilyatini nazorat kilish; -
mahsulotni sotish usullarini va tarqatish kanallarini takomillashtirish; - reklama va
128
sotuvni rag’batlantirish, etkazib berilayotgan mahsulotlar uchun sotuvdan keyin
xizmat ko’rsatishni tashkil qilish va hokozo.
Kichik biznes faoliyatida marketingni tatbiq etish darajasidan kelib chiqqan
holda marketing kontseptsiyasining uchta turini ko’rsatish mumkin; - birinchidan,
kichik biznes faoliyatida nafaqat marketing xizmatini tashkil etish,
balki
boshqarish uslubini o’zgartirish va faoliyatni to’laligicha bozorni boshqarish
kontseptsiyasi hisoblangan marketinga yo’naltirish; - ikkinchidan, biznes va
xususiy tadbirkorlikda marketing faoliyatining ayrim o’zaro bog’liq uslub va
manbalar
komplekisni ishlatish, ya’ni mahsulotni yaratish va ishlab chiqarishni
bozor kon’yukturasi va talabni o’rganish asosida amalga oshirish, sotuvdan keyingi
xizmatni tashkil etish va hokozo; - uchinchidan, biznes va xususiy tadbirkorlikda
marketingni ayrim
elementlarini amalga oshirish, masalan, reklama, sotuvni
rag’batlantirish talabidan kelib chiqqan holda narxni belgilash. Hozirgi bozor
munosabatlari sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatida yuqorida
ko’rsatib o’tilgan marketing kontseptsiyalarining ikkinchi turidan samarali
foydalanilsa maqsadga muvofiq hisoblanadi, chunki kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik miqyosining kichikligi tufayli kam xarajatli samarali
marketing
tadbirlarini o’tkazish zarur deb hisoblaymiz.
O’zbekiston
Respublikasi
sharoitida
marketing
bilan
mustaqil
shug’ullanuvchi, ya’ni bozor izlanishlarini olib boruvchi va xaridorlar bilan faol
aloqada bo’luvchi iste’mol mollari ishlab chiqaruvchi korxonalar ozchilikni tashkil
etadi. Aksincha, ommaviy talab mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi kichik
korxonalar asosiy o’rin egallaydi va ular tashqaridan ko’rsatiladigan marketing
xizmatlariga muhtojdirlar. Shuning uchun, bunday korxonalarni o’z vaqtida
mahsulotlar, bozor, iste’molchilar talabi va narx - navo to’g’risidagi aniq
ma’lumotlar bilan ta’minlash zarurdir. Shu sababli marketing samaradorligi tahlil
qilinganda turli kanallar, mahsulotlar, hududlar va boshqa marketing ob’ektlarining
keltirayotgan nisbiy daromadi ko’rinadi. Korxonadagi yoki uning bo’linmasidagi
marketing samaradorligi uning yo’nalishining 5 ta asosiy tashkiliy qismlariga
129
bog’liq, xaridorlarga e’tiborini qaratish, marketing integratsiyasi, ma’lumotlarining
ishonchliligi, strategik yo’naltirganlik va tezkor samaradorlik (1.1.1- rasm).
Dostları ilə paylaş: