Aholining pul jamg’armalarini to’lash vaqtincha to’xtatilgan, keyinchalik faqat 30
foiz atrofida to’langan va har bir kishiga 60 nemis markasi miqdorida nafaqa
ajratilgan. Natijada davlatning reyxs markasidagi qarzi, mamlakatda bo’lgan
disbalans tugatilgan va shu yo’l bilan inflyatsiyaning o’sish templari to’xtatilgan.
«Shok yo’li» bilan davolash Yaponiyada 1949-50 yillarda o’tkazilgan va u
«Dodj rejasi» degan nomni olgan.
Bu rejaga asosan Yaponiyada inflyatsiyaga qarshi juda qattiq chora-tadbirlar
amalga oshirilgan. Erkin bahoga o’tish bilan bir vaktning o’zida er islohoti o’tkazildi,
byudjet kamomadini yo’qotish yo’llari ishlab chiqildi. Yaponiyada mavjud zarar
bilan ishlovchi korxonalarga davlat tomonidan beriladigan subsidiya bekor qilindi,
korxona, tashkilotlarga kredit berish shartlari mukammallashtirildi, aholi
jamg’armalari ishlatilmasdan qotirib qo’yildi.
Iqtisodni «shok yo’li» bilan davolash Sharqiy Evropa mamlakatlari -
Yugoslaviya, Polsha kabi mamlakatlarda xam qo’llanilgan. «Shok yo’li» bilan
davolash iqtisodiy siyosati 1989 yilning oxirlarida Polshada ko’lanilgan bo’lib, ish
haqi vaktinchalik kotirib qo’yilgan holda , baholar erkinlashtirilgan. Natijada 1990
yilning boshlariga kelib Polshada tovarlar mo’l-ko’lchiligi vujudga kelib boshladi va
tovarlar bahosining bir necha barabor oshishi natijasida inflyatsiya suratlari
sekinlashishiga erishildi. Polshada bu iqtisodiy tadbirning o’tkazilishi aholining
yashash sharoitini ancha qiyinlashtirdi va ishsizlar sonini ko’paytirdi.
Dostları ilə paylaş: