Bu sharoitda AQSh ikki marta dollar devalvatsiyasini o’tkazdi. Bular 1971 va
1973 yillarda. Natijada oltinning rasmiy kursi troya untsiyasi 42,22 dollargacha qilib
belgilab berildi. Bu davrda ko’pchilik rivojlangan davlatlar o’z valyuta kursini
ma’lum darajada ushlab turish (dollarga nisbatan) majburiyatlaridan voz kechib,
«suzuvchi» kurs rejimiga o’tishdi. 1973 yildan oltin - maxsus oltin va tovar
birjalaridagi narx asosida sotiladigan va sotib olinadigan bo’ldi. Oltin narxi JVTga
bevosita ta’sir o’tkazmaydigan bo’ldi.
Bu sharoitda xalqaro valyuta munosabatlarini qayta tashkil qilish muammosi
vujudga keldi. 1976 yil yanvarda XVFning Vaktli Qo’mitasi XVF Ustaviga bir qator
o’zgarishlarni kiritdi. Bu o’zgarishlar XVT i faoliyatini rasmiy ravishda qayta
taqsimlashni bildirardi (Yamayya kelishuvi, 1976-1978 yy.). Valyuta munosabatlari
mexanizmidagi o’zgarishlar 1978 yil 1 apreldan kuchga kirdi va quyidagilardan
tarkib topgandi:
oltinning rasmiy narxi bekor qilindi (XVFning mavjud oltin zahirasining 33
foizining 1/6 qismini ochiq auktsionlarda sotish va yana 1/6 qismini a’zo davlatlarga
tarqatish yo’li bilan hisobdan chiqarishgandi);
SDR JVTning asosiy rezerv aktiviga rasmiy ravishda aylantirildi.
Valyuta kurslarining «suzuvchi» tizimi qonunlashtirildi. A’zo - davlatlar o’z
valyuta paritetini SDR yoki boshqa chet el valyutasida ifodalay olishi mumkin edi
(ammo oltinda emas).
Xalqaro valyuta boshqarish sohasi kengaytirildi. Buning uchun XVF qoshida
iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish bo’yicha a’zo-davlatlar vazirlari darajasida
qo’mita tashkil etildi.
Tashkil topgan valyuta tizimi ko’p jihatdan 70-yillardagi jahon xo’jaligining
o’zgargan sharoitlariga javob berardi.
Dostları ilə paylaş: