Toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva pul, kredit va


-§. Valyuta kursi va unga ta’sir qiluvchi omillar, valyuta kurslarining turlari



Yüklə 1,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/100
tarix28.11.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#167689
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   100
7-y-PUL-KREDIT-VA-BANKLAR-darslik-Sh-Abdullaeva-T-2003

3-§. Valyuta kursi va unga ta’sir qiluvchi omillar, valyuta kurslarining turlari
Valyuta kursini kelib chiqishi mamlakatlar iqtisodiy faoliyatini muhim va 
ajralmas tarkibiy qismi bo’lgan-xalqaro savdoni rivojlantirish bilan bog’liq. Valyuta 
kursi xalqaro savdoni rivojlanishiga ta’sir ko’rsatish bilan ichki iqtisodiyotga ham 
ta’sir ko’rsatadi. Bunga sabab valyuta kursining holati bilan mamlakat 
iqtisodiyotining barcha sohalarining holati o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikdir.
Valyuta kursi asosan quyidagi jarayonlarni amalga oshirish uchun: kapital va 
kredit harakatida, tovar va xizmatlar savdosida valyutalarni o’zaro ayirboshlash. 
Masalan, eksportyor chet el valyutasi olgan tushumini o’z milliy valyutasiga 
aylantiradi, chunki boshqa davlatning valyutasi uning o’z davlatida qonuniy ravishda 
xarid qilish va to’lash vositasi sifatida amal qila olmaydi. Importyor chetdan sotib 
olgan tovarlarni to’lovchini amalga oshirish uchun milliy valyutada olgan tushumini 
chet valyutasiga almashtiradi;

jahon bozori va milliy bozor narxlarni hamda turli mamlakatlarning milliy 
va chel el valyutasida ifodalangan qiymat ko’rsatkichlarini taqqoslash;
 

firma va banklarning chet el valyutasidagi mavjud bo’lgan davriy qayta 
baholash va boshqa jarayonlar uchun. Valyuta kursi - bu bir mamalakat pul 
birligining boshqa mamlakatlar pul birliklarida yoki xalqaro pul birliklarida (SDR, 
EKYu) ifodalagan bahosidir. Tashqi jihatdan valyuta kursi jahon bozoridagi talab va 
taklif asosida aniqlangan bir valyutani boshqa bir valyutaga nisbatan hisoblab 
chiqilgan koeffitsienti sifatda namoyon bo’ladi. Ammo valyuta kursining qiymat 
asosi valyutani xarid qilish qobiliyati hisoblanadi. Bu iqtisodiy kategoriya tovar 
ishlab chiqarishda ishtirok etadi va tovar ishlab chiqaruvchilar bilan jahon bozori 
o’rtasidagi ishlab chiqarish munosabatlarini ifodalaydi. O’iymat tovar ishlab 
chiqarishning iqtisodiy sharoitlarining barcha jihatlarini ifodalaydi. Bir mamlakat pul 
birligining boshqa mamlakat pul birligiga taqqoslanishi ishlab chiqarish va 
ayirboshlash jarayonida yuzaga keladigan. O’iymat munosabatlariga asoslangan. 
Ishlab chiqaruvchilar va xaridorlar valyuta kursi yordamida tovar va xizmatlarning 
milliy narxlarini boshqa davlatlar narxlari bilan solishtiradi. Bunday solishtirish
 
115


natijasida ishlab chiqarishni mamlakat ichkarisida rivojlantirish yoki chet elga 
investitsiya qilishni rivojlantirishga asoslangan foydalilik darajasi yuzaga keladi.
Kapitalning xalqaro harakatining tez o’sishi bilan bog’liq ravishda valyuta 
kursini O’zgarishiga (tovar) valyutani tovarlarni xarid qilish qobiliyati bilan birga 
moliyaviy aktivlarni xarid qilish qobiliyati ham ta’sir ko’rsatadi.
Valyuta kursi boshqa iqtisodiy kategoriyalar bilan uzviy bog’liqdir. Valyuta 
kursini o’zgarishiga bir qancha omillar ta’sir etadi. Bu omillar iqtisodiy, siyosiy, 
struktura, huquqiy yoki psixologik xarakterga ega bo’lib, valyuta kursiga to’g’ri yoki 
teskari ta’sir ko’rsatadi. Valyuta kursiga ta’sir etuvchi omillarni quyidagi guruhlarga 
bo’lish mumkin;
1.
Valyuta kursini dinamikasini bevosita aniqlovchi yoki xalqaro iqtisodiy 
ayirboshlash jarayoni bilan bevosita bog’liq bo’lgan omillar:
-
xalqaro ayirboshlashda qatnashuvchi mamlakatlarning yalpi milliy mahsuloti 
(YaMM) to’lov balansi; 
-
pulni ichki va tashqi taklifi; 
-
foiz stavkalari. 
Bu ko’rsatilgan omillarni sabab (uyushgan) omillar sifatida atash mumkin.
2.
(Uyushgan) sabab omillarning o’zgarishiga ta’sir etuvchi va valyuta kursini 
o’rnatish mexanizmida boshqaruvchi sifatida ta’sir etuvchi omillar. 
3.
Iqtisodiy tizimni dinamik tizim tenglikdan chiqib ketishi natijasida yuzaga 
keladigan omillar: 
• 
Iqtisodiy tanglikning namoyon bo’lishi;
• 
Davlat byudjeti defitsiti;
• 
Nazoratsiz emissiya;
• 
Inflyatsiya;
• 
Ichki va tashqi baholar o’rtasidagi farq.
• 
Monopol ishlab chiqarish;
• 
Pullarni xorijiy valyuta funktsiyasini bajarishi;
a)
To’liq hajmda to’lov vositasi; 
b)
jamg’arish vositasi; 
116 


v)Kapitalni chetga oqib ketishi;
• 
Investitsiyani qisqartirish;
• 
Ishlab chiqarish hajmini pasayishi.
• 
Resurslar oborotida qatnashmaslik;
• 
Iste’molchilarning foydalarini pasayishi;
• 
Valyuta birjasidagi uyin;
• 
Tovarlarni «yuvilishi»;
• 
Demping baholaridan foydalanish orqali ayrim firmalarning olib borayotgan 
tashqi savdo faoliyati.
Siyosiy omillar;
• 
Mamlakat pul tizimiga bevosita o’zgarish kirituvchi siyosiy qarorlar;
• 
Davlat siyosatini muddatini aniqlovchi qarorlar;
• 
Boshqaruv strukturasining barqarorlik darajasi;
• 
Iqtisodiy tizimni boshqarishda ishonchlilik darajasi;
• 
Iqtisodiy va siyosiy struktura vakillarini bir-birini tushuna olish darajasi;
• 
O’onunlarni bajarilish darajasi;
• 
Iqtisodiyotda davlat ulushining miqdori;
• 
Mamlakatdagi siyosiy kuchlar o’rtasidagi kelishmovchiliklar darajasi;
• 
Iqtisodiyotni ko’tarish bo’yicha aniq ishlangan dasto’rning yo’qligi;
• 
Aholning boshqaruv strukturasiga ishonchlilik darajasi;
• 
Xususiy kapitalning himoyalanganlik darajasi.
O’onuniy normalarga va amaliyotga mos holda birjada chet el valyutasining 
kursini, qimmat baho qog’ozlar kursini yoxud tovarlar bahosini o’rnatilishi 
katirovkalash deb ataladi. Yoki qisqacha qilib aytganda valyuta kursini o’rnatish 
katirovkalash deb ataladi. Jahon amaliyotida katirovkalashning 2 xil usuli mavjud;
1) 
To’g’ri katirovkalash. Agar xorijiy valyuta birligining bahosi milliy valyutada 
ko’rsatilsa, ya’ni milliy valyutada xorijiy valyutaning bir-birligiga to’g’ri keladigan 
miqdorda ko’rsatilsa, to’g’ri katirovkalash deb ataladi. Masalan, 2003 yilning 30 
sentyabrida 1 AO’Sh dollariga nisbatan o’zbek so’mining kursi 975,00 so’mni, 1
117 


Rossiya rubliga nisbatan 31,97 so’mni tashkil etdi. Bunday katirovkalash 
vaqtda jahondagi ko’pchilik mamlakatlarda qo’llanilib kelinmoqda.
2) 
Egri (teskari) katirovkalash. Bunda bir birlik milliy valyutaning 
valyutalardagi miqdori o’rnatiladi, ya’ni bir birlik milliy valyutaning 
valyutadagi bahosi ko’rsatiladi, masalan;
1
1 so’m = ------- AQSh dollari yoki 1 AQSh dollari 975,00 so’m
975,00
1
1 so’m = -------- Rossiya rubli yoki 1 Rossiya rubli = 31,97 so’m
31,97
Buyuk Britaniyada funt sterlingning Avstraliya dollarining va EKYuning kursi 
teskari katirovkalash yordamida o’rnatiladi. Agarda ikki valyuta o’rtasidagi nisbat 
qandaydir uchinchi valyutaga nisbatan olingan kurslarida aniqlansa, bunday nisbatni 
«kross-kurs» deb ataladi.
Masalan: 1 $ AO’Sh dollari = 31 Rossiya rubli
1 $ AO’Sh dollari = 5 Ukraina grivna
1 Ukraina grivna = 6,2 Rossiya rubli
Ko’rinib turibdiki, (kross-kurs) yuqorida keltirilgan nisbat Ukraina 
girivnasining Rossiya rubliga nisbatan aniqlangan kross-kursidir. Ushbu misolda 
AO’Sh dollari uchinchi valyuta rolini uynaydi. Jahon amaliyotida asosan uchinchi 
valyuta sifatida AO’Sh dollari qo’llaniladi, ya’ni barcha valyutalar jahon 
ayirboshlashida aynan shu valyutaga nisbatan katirovka qilinadi.
Kross-kursdan foydalanish ancha ogir va risklidir. Ammo ularni qo’llash 
quyidagi 2 holatda zarur va foydalidir;
-sizning talabingizdagi valyutaga ega bo’lgan sotuvchilarda sizning valyutangizga 
talab mavjud emas. (Masalan, so’mni Yaponiya ienasiga almashtirish kerak. Bu erda
118 


uchinchi valyuta AO’Sh dollari bo’lsin. Yaponiya ienasi sotayotganlar ichida sizning 
valyutangizni sotib olishni xohlaydiganlar yo’q).
Oldi-sotdi bitimlarini amalga oshirishda valyuta bozorida quyidagi valyuta 
kurslarining ko’rinishlaridan foydalaniladi;
«Spot-kurs» bu naqd (kassa) bitimlarining kursidir. Spot-kurs bu bir mamlakat 
pul birligining shartnoma to’zilgan vaqtda o’rnatilgan baho bo’yicha boshqa 
mamlakatlar pul birliklarida ifodalangan bahosidir. Bunda valyutani valyuta bitimi 
tuzilgan kundan boshlab 2 ish kunida almashtirib berish shart hisoblanadi. «Forvard» 
kurs-bu muddatli valyuta bitimlarining kursidir.
Forvard kursi valyutani kelajakda aniq bir kunga etkazib berish sharti bilan 
sotilish va xarid qilish bahosini o’zida ifoda etadi.
Forvard bitimlari odatda valyuta kurslarining o’zgarishi natijasida yuzaga 
keladigan xavf-xatarlarni bartaraf qilish maqsadida ishlatiladi. Bitim tuzilayotgan 
paytda forvard kursda aniqlanadi va ana shu kurs bo’yicha valyuta sotiladi yoki sotib 
olinadi. Agar shartnoma muddati tugagan kunda kurs shartnoma kursidan farq qilsa, 
unda bir tomon foyda ko’radi va bir tomon zarar ko’radi. Masalan, siz 2003 yil 1 
yanvarda 2003 yili 1-iyun kuni 1$=965 so’m kursida sotib olish bitimini tuzdingiz. 
Ammo 2003 yil 1-iyun kuni 1$=970 so’mni tashkil etdi, natijada siz har bir dollarga 5 
so’m miqdorida qo’shimcha foyda ko’rdingiz.
Agar 1-iyun kuni 1$=963 so’mni tashkil etsa, unda har bir dollardan 2 so’mdan 
zarar ko’rasiz.
Muddatli bitimlar bo’yicha valyuta kurslari (report) ustama yoki dasxat metodi 
bo’yicha katirovka qilinadi va «autrayt» kurslari deb ataladi.
Forvard kurs + Spot kurs + Ustama Forvard kurs + Spot kurs-Diskont.
Misol.
Bitim summasi - 1 mln
Bitim muddati - 90 kun
Bitim valyutasidagi kreditning % stavkasi (USD) - 3,5 % Baxolovchi 
valyutadagi depozitlarga to’lanadigan % stavkasi (DEM) - 5,5 % Cpot kurs 1 = 
1,5210-1,5220 DEM
119 


SK x FSF x BM 
Ust/Disk = ----------------------- = (360x100)=(BVFS x BM)
1,5210х(5,5-3,5) х 90 273,78
---------------------- = ------------ = 0,0075
(360х100) + (3,5х90) 36315
Ustama yoki dikont ekanligi % stavkalari o’rtasidagi farqdan bilish mumkin. 
Agar valyuta bitimi bo’yicha % stavkasi baholovchi valyutaning % stavkasidan past 
bo’lsa, bu valyuta yuqori kurs katirovka qilinadi va chiqqan ko’rsatkich ustama 
sotiladi. Agar valyuta bitimining % stavkasi yuqori bo’lsa, bu ko’satkich diskont 
bo’ladi. Agar milliy valyutadagi depozitlarning % savkasi bitim valyutasidagi 
kreditlarning % stavkasidan yuqori bo’lsa, olingan natija diskont hisoblanadi va 
aksincha bo’lsa ustama hisoblanadi.
Banklar valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda valyutani sotish va sotib 
olish kursini o’rnatadi. Bu kurslar sotuvchining kursi va xaridorning kursi deb ataladi.
Sotuvchi kursi - bankning valyutani sotish kursi
xaridor kursi - bankning valyutani sotib olish kurs
Bu kurslar o’rtasidagi farq marja deb ataladi va u xizmati xarajatlarini 
qoplashga va ma’lum darajada foyda olishga sarflanadi.
Valyutaning eng muhim xarakteristikasi uning konvertirlanganligidir.
Konvvertirlanganlik - darajasiga ko’ra valyuta kursi 3 ga bo’linadi.
-
erkin «suzib» yuruvchi 
-
cheklangan darajada «suzib»yuruvchi 
-
qayd etilgan valyuta kurslari. 
Valyuta kursi tovar bahosi kabi shu guruhlarga bo’linadi.
Erkin «suzib» yuruvchi valyuta kursi ma’lum valyutaga bo’lgan bozor talabi va 
taklifi ta’sirida o’zgarib turishi mumkin. Masalan. AO’Sh dollori, Yaponiya ienasi, 
Angliya funt sterlingi Shu bois bu valyutalar jahon valyuta ayirboshlashida keng 
ishtirok etadi.
120 


Cheklangan darajada «suzib» yuruvchi valyuta kurslarining o’zgarishi ayrim 
valyutalar yoki bir guruh valyutalar (valyuta savati) kursi o’zgarishiga bog’liq. Misol 
uchun «Uchinchi dunyo»ning ko’pchilik mamlakatlari o’z valyutalarini AQSh 
dollariga, Evropa mamlakatlarining EURO siga va boshqa boshqa xorijiy 
valyutalarga bog’laydilar. Sobiq sotsialistiq mamlakalar ularning valyuta kurslarini 
valyuta savatiga nisbatan hisoblaydilar. EKYu ham xuddi shunday tartibda 
hisoblanadi. Cheklangan darajada “suzib” yuruvchi valyuta kurslari kiritilgan 
mamlakatlar o’z valyutalarining tebranish chegarasini o’zlari hamkorlik kilayotgan 
mamlakatlar bilan kelishib oladilar.
O’ayd etilgan valyuta kursi-bu xorijiy valyutada ifodalangan milliy pul 
birligining davlat tomonidan rasmiy o’rnatilgan bahosi bo’lib, unga valyuta 
bozorlaridagi talab va taklifning o’zgarishi ta’sir qilmaydi. Hozirgi vaqtda qayd 
etilgan valyuta kursi kam rivojlangan mamlakatlarda yoki iqtisody tashqi bozorga 
etarli darajada kirib bormagan mamlakatlarda ularning moliya tizimini va milliy 
ishlab chiqarishini kuchli xorijiy raqobatchilaridan himoya qilish va quvvatlash 
maqsadida qullaniladi.
Barcha mamlakatlar ma’lum muddatda o’z valyutalari kurslari to’g’risidagi 
axborotni e’lon qilib boradilar. Masalan, O’zbekiston Respublikasi valyuta birjasi ish 
yakunlari matbuotda, televideniyada e’lon qilib boriladi. Bunda nominal valyuta kursi 
belgilanadi. Lekin kuchayib borayotgan inflyatsiya sharoitida jahon bozorida milliy 
mahsulotga bo’lgan talabni, uni raqobatbardoshligini aniqlashda milliy va xorijiy 
tovarlar baholari o’rtasidagi nisbatini ham bilish kerak bo’ladi. Ya’ni milliy 
valyutaning real almashtirish kursini hisoblab chiqish kerak. Real valyuta kursini 
hisoblashni O’zbekiston va Rossiyada ishlab chiqariladigan gazlama misolida 
ko’rsatish mumkin. Masalan, 1m gazlamaning bahosi respublikamizda 1000 so’m, 
Rossiyada 35 rubl, Valyutalarning amaldagi nisbati 1 Rossiya rubli = 35 so’m yoki 
1so’m = 0,032 Rossiya rubli bo’lganda, 1 m o’zbek gazlamasining bahosi Rossiya 
rublida 0,032*1000=32 rubl turadi. Bunday holda O’zbekiston va Rossiyada ishlab 
chiqarilgan 1 m gazlama baholari nisbati teng bo’ladi.
121 


0,032 х 1000 32
----------------- = ------ = 0,9
35
35
Demak, ushbu nisbat o’zbek gazlamasining bahosi Rossiya gazlama bahosining 0,9 
va undan arzon ekanligini ko’rsatadi. Shunday qilib, real valyutadagi bahosiga va 
nominal almashtirish kursiga bog’liq bo’lib, quyidagi tenglik bilan izoxlanadi;
Real kursi = nominal kursi o’z mamlakatida ishlab chiqarilgan tovarlar bahosi 
xorijiy tovarlar bahosi. Bu tenglikni umumiy ko’rinishda shunday yozish mumkin; 
Real valyuta kursining nominal valyuta kursi baholar darajasi nisbatlari past valyuta 
kursida milliy tovarlar nisbatan arzonroq, xorijiy tovarlar esa nisbatan qimmatroq 
turadi. Shuning uchun eksport o’sib boradi, import esa qisqarib boradi. Va aksincha, 
yuqori real valyuta kursida milliy tovarlar nisbatan qimmatroq, xorijiy tovarlar esa 
nisbatan arzonroq turadi. Natijada import o’sib, eksport qisqarib boradi.

Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin