Ikkinchidan,
xalqaro
hisob-kitoblar
unifikatsiyalashgan
(bir
shaklga
keltirilgan). Bunday hisob-kitoblarni amalga oshirishda ko’pchilik mamlakatlar
banklari, shu jumladan MDH, veksel va chek konventsiyalariga amal qilishadi
(Jenevada 1930 va 1931 yillarda kabul qilingan va Parij xalqaro savdo palatasi e’lon
qilgan «Hujjatli akkreditivlar bo’yicha unifikatsiyalashgan qoida va an’analari» va
«Inkasso bo’yicha unifikatsiyalashgan qoidalar»ga muvofiq xalqaro mikyosda hisob-
kitob operatsiyalari olib boriladi. Bu hujjatlarga tashqi savdo aloqalarida bankka
akkreditiv to’g’risida buyruq berilganda va inkasso topshiriqnomalari
berilganda
murojaat etish lozim bo’ladi.
Klassik va eng keng tarqalgan hujjatli hisob-kitoblar shakli bo’lib hujjatli
akkreditiv va hujjatli inkasso hisoblanadi.
Akkreditiv bu bank (bank-emitent) majburiyati bo’lib mol sotib oluvchi
(importer) ko’rsatmasiga binoan mol sotuvchi (eksporter) varag’iga mablag’ni
o’tkazish yoki trattani tegishli summada (xizmat yoki tovar) aktseptlashni sotuvchi
tomonidan taqdim etilgan hujjatga muvofiq amalga oshirishni ifodalaydi. Akkreditiv
shaklidagi hisob-kitoblarda bir qancha banklar ishtirok etishi mumkin: akkreditivni
ochuvchi
bank-emitent; sotuvchiga akkreditiv ochilgani to’g’risida xabar beruvchi
bank; akkreditivni to’lovchi yoki trattani aktseptlovchi bank. Shu bilan birgalikda
bank emitentdan boshqa banklar rolida bir bankning o’zi ham ishtirok etishi mumkin.
Akkreditiv operatsiyalari to’rt asosiy bosqichni bosib o’tadi.
Birinchi bosqich. Importyor tovarning jo’natishga tayyorligi to’g’risida xabar
olgandan keyin o’z bankiga (bank-emitent) eksport bankida ma’lum summa va
muddatga akkreditiv ochish topshirig’ini beradi. Akkreditiv ochish topshirig’i
bilan
birga akkreditiv berilishi uchun talab qilinadigan hujjatlar ro’yxati ko’rsatiladi.
Ikkinchi bosqich. Bank-emitent tegishli bankda akkreditiv ochiladi va
eksportyorga bu haqda xabar qilinadi, zarur bo’lsa akkredetiv ochilganligi
tasdiqlanadi.
Uchinchi bosqich. Tovarni jo’natgan eksporter bankka talab etilgan hujjatlarni
taqdim etadi va tovar uchun tegishli to’lovni oladi (odatda u eksportyorning
hisobvaraqasiga o’tkaziladi).
128
To’rtinchi bosqich. Eksportyor banki tovar
hujjatlarini bank-emitentga
yuboradi, u, o’z navbatida, bu hujjatlarni importyorga taqdim etadi va akkreditiv
summasini qoplaydi (importyor bu summani to’lab beradi).
Majburiyat turiga ko’ra bank akkreditivi «chaqirib olinadigan» va «chaqirib
olinmaydigan» tasdiqlangan bo’ladi. «Chaqirib olinadigan» akkreditiv muddatdan
ilgari importyor yoki bank-emitent ko’rsatmasiga binoan bekor qilinishi mumkin.
Bunday akkreditiv eksportyor manfaatlariga javob bermaydi va amaliyotda kam
uchraydi. «Chaqirilmaydigan» akkreditiv eksportyor ruxsatisiz
bekor qilinishi yoki
o’zgartirilishi mumkin emas. U bank-emitentning eksporterga to’lovni amalga
oshirish yoki trattani aktseptlashning qat’iy majburiyatini o’z zimmasiga oladi.
Eksportyor uchun «chaqirilmaydigan» akkreditiv qo’llanilishi jihatdan afzal
hisoblanadi. Agar bank - emitent akkreditivni ochuvchi bankka valyuta qoplamasini
jo’natsa, akkreditiv ta’minlagan, aks holda, ta’minlanmagan deyiladi.
Hujjatli
inkasso
operatsiyasida
eksportyor
o’z
bankiga
inkasso
topshiriqnomasini beradi va tashqi savdo shartnomasida ko’rsatilgan hujjatlarni
taqdim etish bilan importyordan ma’lum valyuta
miqdorini olish lozimligini
ko’rsatadi. Boshqacha qilib aytganda eksportyor o’z banki orqali importyor bankiga
inkassatsiya uchun hujjatlarni jo’natadi. Inkassatsiya operatsiyasi to’rt asosiy
bosqichdan o’tadi.
Birinchi bosqich. Eksportyor o’z bankiga inkasso topshiriqnomasi va unga
ilova qilingan hujjatlarni beradi.
Ikkinchi bosqich. Eksportyor banki importyor mamlakatdagi bank-
korrespondentga inkasso topshiriqnomasi va hujjatlarni yuboradi.
Uchinchi bosqich. Bank-korrespondent importyorga hujjatlarni taqdim etadi va
inkasso topshiriqnomasida ko’rsatilgan summani oladi yoki trattani aktseptlaydi.
To’rtinchi bosqich. Olingan to’lov miqdori importyor
bankidan eksportyor
bankiga, undan esa eksportyor schyotiga o’tkaziladi.
Valyuta operatsiyalarini valyutalar o’rtasidagi nisbatni aniqlamasdan va ularni
almashilmasdan o’tkazish mumkin emas. Bu nisbatlar valyuta «kotirovka»lari
129