Toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva pul, kredit va



Yüklə 1,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/100
tarix28.11.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#167689
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   100
7-y-PUL-KREDIT-VA-BANKLAR-darslik-Sh-Abdullaeva-T-2003

Valyuta kotirovkasi 
deganda almashtirish uchun taqdim 
etilgan valyutalar kursini o’rnatish va ular orasidagi nisbatni o’rnatish tushuniladi.
Valyuta kotirovkasi rasmiy va bozor kotirovkasiga bo’linadi. 
Rasmiy valyuta 
kotirovkasini 
davlat amalga oshiradi (asosan Markaziy bank). Rasmiy valyuta 
kursidan davlat valyuta operatsiyalarida, bojxona ishlarida, to’lov balansini tuzishda 
foydalaniladi.
Valyuta kursini aniqlash usullari valyuta tizimlarining xususiyatlariga ko’ra 
turli mamlakatlarda turlichadir. Kattik valyuta cheklanishlari mavjud davlatlarda 
vlyuta kursi ikki usulda o’rnatilishi mumkin. Birinchisi - sof boshqaruv usuli. 
Hukumat yoki Markaziy bank talab va taklifdan kat’iy nazar milliy valyuta kursini 
belgilaydi. Bunda valyuta kursi boshqa valyuta yoki bir qancha valyutalar (valyuta 
savati)ga nisbatan belgilanadi. Shu bilan birgalikda ko’pchilik Markaziy banklar turli 
operatsiyalarda turlicha valyuta kurslarini belgilashadi.
Ikkinchi usul Polsha, Chexiya, Slovakiya, Bolgariya, Ruminiya kabi 
davlatlarda ko’proq qo’llaniladi. Bu usulda Markaziy bank rasmiy valyuta kursini 
birja kursi darajasida belgilaydi va birja kursining rasmiy valyuta kursiga nisbatan 
o’zgarish chegarasini belgilab beradi. Valyuta kursining shu o’zgarish chegarasini 
belgilab berish bank ishida valyuta karidori deb ham yuritiladi. Amaliyotda 
valyutaning birja kursining rasmiy kursga nisbatan o’zgarish xavfi kuzatilsa, 
Markaziy bank valyuta interventsiyasini amalga oshiradi, ya’ni xorijiy valyutani 
sotadi yoki sotib oladi.
Valyutaviy cheklashlari yo’q yoki sezilmas darajada bo’lgan davlatlarda 
Markaziy bank talab va taklif (milliy valyutaning erkin suzib yurishida) hamda 
valyuta interventsiyasi (boshqariluvchi suzishda)dan kelib chiqqan holda valyuta 
kursini belgilaydi. Valyuta birjalari faoliyat ko’rsatuvchi davlatlarda valyuta kursi 
qariyib har kuni birja makleri va Markaziy bank tomonidan valyutani sotish va sotib 
olishga berilgan arizalar, Markaziy bank interventsiyasi siyosati bo’yicha faoliyatini 
inobatga olgan holda o’rnatiladi.

Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin