Toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva pul, kredit va



Yüklə 1,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/100
tarix28.11.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#167689
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   100
7-y-PUL-KREDIT-VA-BANKLAR-darslik-Sh-Abdullaeva-T-2003

O’rtacha kurs 
- sotuvchi va sotib oluvchi 
kurslarining o’rta arifmetigi. 
Sotuvchi o’rtacha kursi 
- sotuvchi va o’rtacha kursning 
o’rta arifmetigi. 
Xaridor o’rtacha kursi 
- xaridor va o’rtacha kursning o’rta 
arifmetigi.
132


Xalqaro to’lov oborotida xorijiy valyuta naqd emas, balki naqdsiz holatda amal 
qiladi. Tabiiyki turli xil to’lov vositalari kurslari turlicha, chunki ularning ishonchlilik 
va valyuta riski darajalari turlichadir. Telegraf o’tkazmasi kursi eng yuqoridir, chunki 
unda xorijiy valyuta shu zahoti yoki kelasi kuni to’lanadi. Bu valyuta riskini deyarli 
chetlab o’tish imkonini beradi. Odatda ularning kurslari rasmiy byulleten va 
kotirovka jadvallarida e’lon qilinadi. Boshqa to’lov vositalari kursi u asosida 
aniqlanadi.
Valyuta bozorida turli xildagi shartnomalar amal qiladi. Ularning ko’pchiligi 
spot 
shartlari asosida amalga oshiriladi. Uning asosiy xususiyati shundaki, bitimni 
imzolash va bajarish vaqtlari qariyib mos keladi. Bitimning bunday turida valyuta 
sotuvchidan sotib oluvchiga shartnoma imzolanishi bilanoq etkaziladi (ko’pi bilan 
ikki ish kuni ichida). Spot shartnomalariga jami valyuta shartnomalarining 90 % 
to’g’ri keladi.
Ikkinchi valyuta shartnomasi turi - 
muddatli 
shartnoma. Bunday 
shartnomalarning ikki xususiyati bor. Birinchidan, shartnoma imzolanishi va 
bajarilishi orasida ma’lum vaqt intervali bor: bir haftadan olti-o’n ikki oygacha.
Ikkinchidan, valyuta kursi shartnoma imzolangan davrda belgilangani bo’yicha 
kabul qilinadi. Valyuta kurslari o’zgarishlari unga ta’sir etmaydi. Muddatli 
shartnomalar valyuta risklaridan sug’urtalanish yoki valyuta spekulyatsiyasi 
maqsadida amalga oshiriladi. Eksportyor o’zini xorijiy valyuta kursining tushishidan 
sug’urtalash maqsadida kelgusi valyuta daromadini muddatli kurs bo’yicha sotishi 
mumkin. Importyor xorijiy valyuta kursi oshuvidan o’zini sug’urtalashi maqsadida 
kelgusi valyuta tushumini ma’lum muddatga muddatli kurs bo’yicha sotishi mumkin. 
Rivojlangan davlatlar valyuta bozorlarida valyuta kursining o’zgarishiga qarab 
ishlovchi valyutachilar faoliyati to’g’risida qisqacha to’xtalish mumkin. Bu 
valyutachilarning asosiy maqsadi valyuta bozorlarida valyuta kurslarining o’zgarishi 
asosida katta foyda olishdan iborat. Valyuta kursining oshishi yoki pasayishiga qarab 
faoliyat ko’rsatuvchilarni xalqaro amaliyotda *ayiqlar* va *buqalar* deb atashadi. 
Ular faoliyatining mohiyati quyidagilardan iborat. Agar amaliyotda valyuta kursi 
tushishi kutilsa, valyuta kursi pasayishiga uynovchilar (ularni xalqaro valyuta
133


bozorlarida «ayiqlar» deb atashadi) valyutani shartnoma tuzilgan davr (muddatli 
kurs) kursi bilan sotish to’g’risida muddatli shartnoma tuzadilar. Agar bu muddatda 
valyuta kursi tushsa, ayiqlar valyutani bozordan pasaygan kursda sotib olib, uni 
muddatli kurs, ya’ni oldingi shartnomada ko’rsatilgan yuqori kurs bo’yicha sotadilar 
va kurslar o’rtasidagi farq miqdorida foyda oladilar.
Valyuta kursining ko’tarilishiga o’ynovchilar («buqalar») esa valyuta kursi 
oshishi kutilganda, valyutani keyinchalik shartnoma tuzilgan vaqtdagi kurs bo’yicha 
sotib olishga kelishilgan muddatli shartnoma tuzadilar. Kurs oshganda esa valyutani 
muddatli shartnomada belgilangan (oldingi) narx bo’yicha sotib oladilar va oshgan -
yuqori narxda sotib foyda ko’radilar.
Banklar tomonidan amalga oshiriladigan muddatli operatsiyalar 

Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin