nisbatan kursini aniqlamoqchi deylik. Bu holda ienaning so’mga nisbatan kursi
dollarga asoslangan holda aniqlanadi. Aytaylik,
76 so’m ------ 1 dollar
1 dollar ------ 115 yapon ieni desak, u holda kross kursda 1 yapon ien necha so’m
turishini
1 yapon ien ---------- 76 so’m x 1 x 1 / 1 x 115 = 0,661 so’m, yoki 10 yapon ieni 6
so’m 61 tiyinga teng.
70-yillarning oxirlaridan boshlab G’arbiy Evropada valyutalarni sotish va sotib
olishda Amerika dollaridan ko’ra Germaniya Federativ Respublikasining markasi
ko’p qo’llanila boshladi. Bu esa xalqaro iqtisodiy munosabatlarda Germaniya
markasining obro’sining oshishiga olib keldi.
Ko’pgina valyutasi konvertatsiya qilinmaydigan, valyutaviy cheklanishlar
mavjud bo’lgan davlatlarda rasmiy valyuta bozori bilan birga norasmiy valyuta
bozori, ya’ni qora bozor ham mavjud.
Hamma banklar ham bozor (oldin aytib o’tganimizdek market-meykerda) da
aktiv valyuta kotirovkasini olib bora olmasligi mumkin. Buning uchun banklar
ma’lum miqdorda uzlarining valyuta zaxiralariga ega bo’lishlari lozim. Banklarning
valyuta bitimlarining salmog’i ular faoliyatining saloxiyatiga bog’liq bo’ladiyu
Masalan, jahonda yirik banklardan sanalmish Doyche Bank , Barklays Benk kabi
banklarning valyuta bitimlarining kam summasi 6-10 mln. Dollarni tashkil qilsa,
ba’zi bir kichik banklarning valyuta bitimining eng yuqori hajmi 3-5 mln. Dollarni
tashkil qilishi mumkin. Marja hajmi turli omillarga bog’liqdir. Odatda beqaror
kon’yuktura davrida, valyuta kurslaridagi farqdan zarar ko’rishi ehtimoli yuqori
davrlarda marja oshadi. Marja miqdoriga shartnoma hajmi ham ta’sir etadi: u kichik
bo’lsa, marja yuqori. Rasmiy axborotnomalarda ikkala kurs, ulardan biri yoki
o’rtacha kurs ko’rsatishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: