Toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva pul, kredit va



Yüklə 1,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/100
tarix28.11.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#167689
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   100
7-y-PUL-KREDIT-VA-BANKLAR-darslik-Sh-Abdullaeva-T-2003

6-jadval
Lotin Amerika mamlakatlarida chakana baholar 
dinamikasi (yilda o’zgarish, %)
Mamlakatlar
1987
1989
1990
Nikaragua
1347,9
3452,4
8500,0
Peru
114,5
2948,8
8291,5
Argentina
174,8
3731,0
1832,5
Braziliya
365,9
1765,0
2359,9
Argentina, Chili kabi mamlakatlarda inflyatsiya pul kadrini emirib tashlashi 
natijasida oddiy biror tovarni sotib olish uchun bir necha million pul birligi zarur 
bo’lgan.
1983 yilda iyungacha, ya’ni muomalada eski peso bo’lganda Argentinada bir 
juft tufli etti million peso, engil mashina sotib olish uchun bir necha milliard peso 
kerak bo’lgan.
58


Bu hol hisob-kitoblarni olib borishda, pul muomalasida juda katta qiyinchilik 
tug’dirgan. Bir necha marta o’tkazilgan denominatsiyalar pul qadrsizlanishini 
tuxtatishga asos bo’la olmagan. Lotin Amerikasi mamlakatlarida bo’lgan inflyatsiya 
darajasini baholar indeksidan ham ko’rish mumkin. Bu mamlakatlarda baholar 
indekslari bir necha sonlardan iborat bo’lgan. Masalan, Chilida 1971-1984 yillarda 
baholar indeksi 842162 yoki bu ko’rsatkich shu yillarda baholar 8,4 ming marta 
oshganini, Argentina uchun shu indeks 436432250, bu baholar 436 ming marta 
oshganini bildiradi. Yuqoridagi jadval ma’lumotlari ko’rsatib turibdiki, 1990 yilda 
Nikaraguada tovarlar bahosi 8500%, Peruda - 8291,5%, Braziliyada - 2359,9% ga 
oshgan.
Ikkinchi guruh mamlakatlar: Kolumbiya, Ekvador, Venesuela, Eron, Suriya 
kabi mamlakatlarda ham iqtisodiy muvozanatning yo’qligi, moliyaviy siyosatdagi 
kamchiliklar - defitsitni moliyalashtirish, xalq-xo’jaligiga ko’p kreditlar ajratish 
inflyatsiyani bo’lishini ta’minlamoqda. Bu mamlakatlarda inflyatsiya shiddatli 
xarakterga ega bo’lib, baholarning yillik o’sishi 30-40% atrofida, ba’zida undan 
yuqori bo’ladi. Inflyatsiya sur’atiga qarab jamg’armalar, to’lovlar bo’yicha 
indeksatsiya o’tkazib boriladi, ishsizlik oshib bormoqda.
Uchinchi guruhga: Yoindiston, Indoneziya, Pokiston, Tailand, Filippin kabi 
mamlakatlar kiradi. Bu mamlakatlarda cheklangan iqtisodiy muvozanat mavjud 
bo’lib, eksportdan valyuta tushumi ancha yuqori. Yillik inflyatsiya sur’ati 5-20% 
atrofida va qisman indeksatsiya o’tkazilib turiladi.
To’rtinchi guruh davlatlar - Singapur, Malayziya, Janubiy Koreya, Baxreyn, 
Arabistonda - iqtisodiy muvozanatning mavjudligi, inflyatsiya sur’atlarining 
sustligini ko’rsatadi. Bu mamlakatlardagi inflyatsiya 2-6% tashkil qiladi va uni 
sudraluvchi inflyatsiya deb qarash mumkin.
Bu mamlakatlarda tovarlar va xizmatlar bahosi oshishi ustidan qattiq nazorat 
olib boriladi. Ishsizlik boshqa mamlakatlarga nisbatan kam, iqtisodi rivojlangan 
bozor sharoitida boshqariladi. Eksport hajmi va chet el valyutasi tushumining 
yuqoriligi, inflyatsiyaning oldini olishda katta rol o’ynaydigan omil hisoblanadi.
59 


O’zbekistondagi inflyatsiya bu mustaqil O’zbekiston zaminida vujudga kelgan 
inflyatsiya emas. Tarixan bu inflyatsiya sobiq SSSR da yuzaga kelgan. Bu 
inflyatsiyaning umumiy iqtisodiy sababi davlat boshqaruvida iqtisodga nisbatan 
siyosatga ko’p e’tibor berganidadir. Natijada ishlab chiqarish sur’tlari tushib ketdi. 
Tovar kamyobligi yashirin jarayon bo’lib, tovarlarni ishlab chiqarish uchun ko’p 
xarajat qilinsada (xom ashyolarning narxi yuqoriligi tufayli) tovarlar past bahoda 
sotilgan. Farq davlat byudjetidan qoplana borgan. 1992 yilning boshidan erkin 
baholarga o’tish natijasida (oziq ovqat va yoqilgi resurslardan tashqari) inflyatsiya 
yuzaga otilib chiqdi va tez sur’atlar bilan rivojlanib ketdi.
Shu tufayli O’zbekistondagi inflyatsiya sobiq SSSR davrida yuzaga kelgan 
inflyatsiyaning qoldig’idir va uni davolash uzoq vaqtni talab qiladi. Sobiq SSSR da, 
jumladan O’zbekistonda 90-yillardagi inflyatsiya-sining asosiy sabablari - iqtisodiy 
muvozanatning yo’qligi, ishlab chiqarish sur’atlarining tushib ketishi natijasida rejali 
iqtiso-diyotdagi inqiroz; -mahsulotlar sifatining, mehnat unumdorligining pastligi;
-ishlab chiqarishda xarajatlar salmog’ining oshib ketishi, behuda sarflar, iqtisod 
printsiplariga rioya qilmaslik va boshqalar hisoblanadi.
Undan tashqari, rivojlangan bozor sharoitiga o’tmasdan turib baholarning 
erkinlashuvi, tovar massasi ustidan ba’zi bo’limlarining yakka hukmronlik o’rnatishi, 
baholarni xoxlagacha boshqarish, kredit, moliya siyosatlarini noto’g’ri olib borish, 
iqtisodning «dollarlashuvi», «rubl zona»sining emirilishi, valyuta tushumlari va 
milliy boylikning chetga oqib ketishi va boshqalar inflyatsiya jarayonining yana 
rivojlanishiga olib kelgan.
Inflyatsiya jamiyatning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. 
1. 
Mamlakat
iqtisodiy
ahvolini
tang
holga
olib
keladi:
- ishlab chiqarish hajmi tushib ketadi baholarning oshib borishi ishlab chiqarish 
istiqbollariga to’g’onoq bo’ladi.
- kapitalning asosiy qismi ishlab chiqarishdan savdo (muomala) sohasiga, 
vositachilik sohasiga oqib o’tadi. Chunki ishlab chiqarishdan ko’ra savdo sohasidagi 
kapital tezroq va ko’proq foyda keltiradi;
60


-
baholarning o’zgarib turishi olib-sotarlikni rivojlantiradi, arzon vaqtida olib, 
qimmat bo’lganda sotish jarayoni, tovar zaxiralarini yashirish jarayonlari avj oladi; 
-
kredit berish jarayonlari cheklangan bo’ladi. Qarz oluvchilar ko’payadi-yu, qarz 
beruvchilar soni qisqaradi, chunki qarz bergan yutqazishi mumkin; 
-
davlatning moliya resurslari qadrsizlanadi va h.q. 
2. 
Aholining
kam
daromad
oluvchi
qismining
sotsial
jihatdan
ahvoli
yomonlashadi. 
Ularning real daromadlari kamayadi. Nominal daromadning baholar o’sishidan 
tushib ketishi natijasida aholining hayot darajasi pasayadi. Ayniqsa, nafaqa, davlat 
tashkilotlaridan maosh oluvchilarning ahvoli qiyinlashishi mumkin. Inflyatsiya 
aholi jamg’armalarininig qadrsizlanishiga olib keladi. Ba’zida inflyatsiya aholi 
ba’zi qatlamlarining (savdo-sotiq sohasida) boyishiga olib keladi.
Davlat aholining daromadlar darajasini tenglashtirish maqsadida daromad va
soliqlarni indeksatsiya qilib boradi.
61 



Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin