Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/155
tarix07.10.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#152835
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   155
audit (3)

 
3.
 
Auditorlik xulosasi va uni tuzish tartibi 
 
Auditorlik xulosasi
buxgalterlik (moliyaviy) hisobotning tarkibiy qismi bo’lib, 
undan foydalanuvchilar uchun ushbu hisobot ishonchliligi axborot manbasi bo’lib 
xizmat qiladi. Buxgalteriya hisobotidan foydalanuvchilar auditorlik xulosasida 
bayon qilingan fikrga tayanib, auditorga yoki auditorlik firmasiga ishonch 
bildiradilar. Ushbu ishonch, eng avvalo, auditor tomonidan bajarilgan ishning 
sifati bilan qo’lga kiritiladi va oqlanadi.
O’zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunida 
belgilanishicha, 
auditorlik xulosasi
moliyaviy hisobotning to’g’riligi va 
buxgalteriya hisobi yuritish tartibining qonun hujjatlarida belgilangan talablarga 
muvofiqligi to’g’risida auditorlik tashkilotining fikri yozma shaklda ifodalangan, 


159 
xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq 
bo’lgan hujjat.
Auditorlik xulosasi auditorlik hisoboti asosida tuziladi.
Auditorlik xulosasi auditor (auditorlar), auditorlik tashkilotining rahbari 
tomonidan imzolangan va auditorlik tashkiloti muhri bilan tasdiqlangan bo’lishi 
kerak (19-modda).
Auditorlik tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladigan auditorlik xulosasini 
tayyorlash ishlarida 
auditorlik faoliyatining milliy standartlari
(AFMS) 
qoidalarining talablarini inobatga olish zarur. Auditorlik xulosasini tayyorlashda 
asosan № 70 - «Auditorlik hisoboti va moliyaviy hisobot to’g’risida auditorlik 
xulosasi» nomli auditorlik faoliyati milliy standartidan (AFMS) foydalaniladi.
Audit natijalari korxonadagi jarayonlar va moliya-xo’jalik faoliyati 
natijalarini tashkil etish va hisobga olishni holisona aks ettirishi lozim.
Boshqacha qilib aytanda, auditorlik tekshiruvi mumkin qadar ob’ektiv bo’lib, 
uning xulosasi ma’lum ma’noda xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati ustidan 
chiqarilgan «hukm» hisoblanadi.
Shuningdek, davlat organlari topshirig’iga binoan o’tkazilgan tekshiruv 
natijalari bo’yicha tuzilgan auditorlik xulosasi O’zbekiston Respublikasi 
protsessual 
qonunchiligiga 
muvofiq 
tayinlangan 
ekspertiza 
xulosasiga 
tenglashtiriladi.
Auditorlik xulosasi uchta: kirish, ta’kidlovchi va yakunlovchi qismdan iborat 
bo’lishi lozim.
auditorlik xulosasining kirish qismi
da quyidagilar ko’rsatiladi: 

auditorlik tashkilotining yuridik manzili va telefonlar; 

litsenziyasining tartib raqami; 

auditorlik faoliyati bilan shug’ullanish uchun litsenziya bergan organ nomi 
va berilgan vaqti, shuningdek, litsenziyaning amal qilish muddati; 

auditorlik 
tashkilotini 
davlat 
ro’yxatiga 
olish 
to’g’risidagi 
guvohnomasining raqami; 


160 

auditorlik tashkilotining hisob-kitob schyoti; 

tekshiruvda ishtirok etgan barcha auditorlar hamda auditorlik tashkiloti 
rahbarining nasabi, ismi-sharifi.

auditorlik tekshiruvi o’tkazish uchun asos va xo’jalik yurituvchi 
sub’ektning umumiy tavsifi.
Shu bilan birga auditorlik xulosasining kirish qismida tekshiruvdan 
o’tkazilgan moliyaviy hisobotlar ro’yxati, sanasi va hisobot davri ko’rsatilgan 
holda aks ettirilishi lozim. Shuningdek, kirish qismida auditorlik tekshiruvidan 
o’tkaziladigan hisobotning tayyorlanishi va ishonchliligi uchun ma’suliyat 
xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyatiga yuklatilishi, mazkur moliyaviy hisobot 
bo’yicha berilgan auditorlik xulosasi uchun esa auditorlik tashkiloti javobgar 
ekanligi ko’rsatilishi lozim.
2. Auditorlik xulosasining ta’kidlovchi qismida auditorlik xulosasi AFMSga 
muvofiq o’tkazilganligi ta’kidlanishi lozim.
Ta’kidlovchi qism moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborotlarning 
ishonchliligini va qonunchilikka, hamda xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliya-
xo’jalik faoliyatining haqiqiy ahvoliga muvofiqligini baholashini ko’rsatishi 
lozim. Shuningdek, ta’kidlovchi qismda o’tkazilgan auditorlik tekshiruvi fikr 
bildirish uchun etarli asos berishi to’g’risida auditorlik tashkilotining tasdig’i aks 
ettirilishi lozim.
3. 
Auditorlik xulosasining yakunlovchi qismi
da õûæàëèê þðèòuvchi 
sub’ektning buxgalterlik (moliyaviy) hisoboti ishonchliligi va qonunchilikka 
muvofiqligini tasdiqlash to’g’risida yozuv yoziladi.
Tekshiruv auditorlik tashkiloti tomonidan o’tkazilganda, auditorlik xulosasini 
auditorlik tashkilotining rahbari yoki auditorlik tashkilotining u vakolat bergan 
boshqa xodimi imzolaydi va auditorlik firmasi muhri bilan tasdiqlaydi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt faqat auditorlik xulosasining yakuniy qisminigina 
manfaatdor shaxslarga taqdim qilishi lozim. Shu munosabat bilan auditorlik 
xulosasining tahliliy qismi va yakuniy qismi alohida imzolanishi va muhrlanishi 


161 
mumkin. Auditorlik xulosasining ikkita turi mavjud: a) ijobiy auditorlik xulosasi; 
b) salbiy auditorlik xulosasi.
Ijobiy auditorlik xulosasida 
buxgalterlik balansi va moliyaviy hisobot 
ko’rsatkichlarining ishonchliligi auditor tomonidan tasdiqlanadi. Qoidaga ko’ra 
ijobiy auditorlik xulosasi auditorlik tashkiloti xo’jalik yurituvchi sub’ektning 
moliyaviy hisoboti uning moliyaviy holati va sodir etilgan moliya-xo’jalik 
muomalalarining 
O’zbekiston 
Respublikasi 
qonunchiligi 
talablariga 
muvofiqligini ishonarli aks ettiradi degan fikrga kelingan vaqtda tuzilishi lozim.
Salbiy auditorlik xulosasi 
moliyaviy hisobot korxonaning moliyaviy ahvoli 
to’g’risida ishonarli ma’lumot bermagan va buxgalterlik hisoboti hamda uning 
moliya-xo’jalik faoliyati hisobi amaldagi me’yoriy qonunchilik talablariga mos 
kelmagan holda yuritilgan vaqtda tuziladi. Bunday xato-kamchiliklar o’z vaqtida 
tuzatilmasa moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarni chalg’itishi mumkin.
Auditorlik xulosasi kamida uch nusxada tuzilib, uning ikki nusxasi auditorlik 
tekshiruvi buyurtmachisi ya’ni korxona rahbariyatiga taqdim qilinadi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar auditorlik tekshiruvi yakunlanganidan so’ng 15 
kun ichida auditorlik xulosasining bir nusxasini o’zlari joylashgan hududdagi 
soliq organiga taqdim qiladilar.
Auditorlik xulosasi moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun tushunarli 
bo’lib, unda auditorning ikkilanish va(yoki) noroziligidan kelib chiqqan 
cheklashlar aniq ko’rsatilishi lozim. Auditorlik xulosasi barcha moliyaviy 
hisobotdan foydalanuvchilar olish imkoniga ega bo’lgan ochiq axborot 
hisoblanadi. Auditorlik xulosasi tegishli moliyaviy hisobotlar bilan birgalikda 
xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan chop ettirilishi mumkin.
Auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi uchun javobgarlik. «Auditorlik 
faoliyati to’g’risida»gi qonunga muvofiq auditorlik tekshiruvini o’tkazmay 
tuzilgan yoxud auditorlik tekshiruvi natijalari bo’yicha tuzilsada, lekin auditorlik 
tekshiruvi davomida auditor (auditorlar) tomonidan olingan va o’rganilgan 
xo’jalik yurituvchi sub’ekt hujjatlari mazmuniga muvofiq bo’lmagan auditorlik 
hisoboti va auditorlik xulosasi qasddan soxta tuzilgan hisoblanadi.


162 
Auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi qasddan soxta tuzilganligi auditorlik 
faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyaning amal qilishini belgilangan 
tartibda tugatishga, shuningdek aybdor shaxslar qonunda nazarda tutilgan 
javobgarlikka tortilishiga sabab bo’ladi.

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin