21
I. O’zbekiston buxgalterlar va auditorlarining milliy assotsiatsiyasi
(O’BAMA)
– buxgalterlar, auditorlar,
ilmiy va pedagogik xodimlar, soliqlar
bo’yicha maslahatchilarning respublika jamoat tashkiloti bo’lib, o’z a’zolarini
ular manfaatlari va maqsadlarining umumiyligi,
hududiy yoki profes-sional
tamoyillar bo’yicha birlashtiradi.
Assotsiatsiya O’zbekiston Respublikasida buxgalterlar va auditorlar kasb
malakasini rivojlantirish va ularni xalqaro standartlar talablariga moslashtirishni
ta’minlaydi.
Shuningdek, buxgalterlar va auditorlarni professional himoyalashda
amaliy yordam ko’rsatadi.
Assotsiatsiya buxgalteriya hisobi,
auditorlik faoliyati, soliqqa tortish,
xususiylashtirish, qimmatli qog’ozlar bozori, korxonalar moliya- xo’jalik
faoliyatining tahlili va moliyaviy menejment bo’yicha qonunchilik va me’yoriy
hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi. Shu bilan birga yuqorida sanab o’tilgan
masalalar bo’yicha maslahatlar beradi va «hammasi buxgalterlar uchun» nomli
oylik byulleten, o’quv, me’yoriy hamda uslubiy adabiyotlar nashr qiladi.
Dostları ilə paylaş: