Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov


II. O’zbekiston Auditorlar Palatasi (O’AP)



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/155
tarix07.10.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#152835
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   155
audit (3)

II. O’zbekiston Auditorlar Palatasi (O’AP)
malaka sertifikatiga ega 
mustaqil auditorlarni ixtiyoriy tarzda birlashtiruvchi, mustaqil notijorat jamoat 
tashkiloti. Auditorlar Palatasining asosiy maqsadi auditorlarning professionallik 
darajasini rivojlantirish va qo’llab-quvvatlashga yordam ko’rsatish, o’z 
a’zolarining kasbga oid manfaatlarini davlat va jamoat organlarida himoya qilish, 
hamda kasbga oid talablar bo’yicha barcha o’zgarishlar to’g’risidagi va axborot 
ta’minoti bo’yicha aloqa o’rnatishdan iborat.
Auditorlar Palatasining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: 

audit sohasiga oid me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish; 

o’quv dasturlarini hamda malakaviy imtixonlarni topshirish tartibini ishlab 
chiqish va tasdiqlash;

auditorlik malaka sertifikatini olish uchun da’vogarlar uchun malakaviy 
imtihonlarni o’tkazish; 

auditorlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo’yicha o’quv markazlari tashkil 
etish; 


22 

auditorlarni kasb ahloqi kodeksi qoidalariga rioya qilishini nazorat qilish; 

O’zbekiston auditorlar palatasi a’zoligiga malakali auditorlarni jalb etish 
uchun xalqaro tashkilotlar va boshqa davlat organlari bilan hamkorlik qilish; 

O’zbekiston Respublikasi auditorlarining boshqa davlatlar jamoat tashkilotlari 
tomonidan tan olinishiga erishish.
 
3. Auditorlik tashkilotining huquqlari, majburiyatlari
va javobgarligi. 
Auditorlik tashkiloti mustaqil xo’jalik yurituvchi sub’ekt sifatida «Auditorlik 
faoliyati to’g’risida»gi qonunning 6-moddasiga muvofiq quyidagi huquqlarga 
ega: 

auditorlik tekshiruvi o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilish uchun 
xo’jalik yurituvchi sub’ektning ta’sis hujjatlari hamda buxgalteriya hisobi va 
moliyaviy hisobot hujjatlari bilan oldindan tanishib chiqish; 

auditorlik tekshiruvi o’tkazish shakllari va usullarini mustaqil belgilash;

auditorlik tekshiruvi o’tkazilayotganda xo’jalik yurituvchi sub’ekt amalga 
oshirayotgan moliya-xo’jalik faoliyati bilan bog’liq hujjatlarni to’liq hajmda 
olish, shuningdek ushbu hujjatlarda hisobga olingan har qanday mol-mulkning 
amalda mavjudligini hamda har qanday majburiyatlarning amaldagi holatini 
tekshirish; 

auditorlik tekshiruvini o’tkazish davomida yuzaga kelgan masalalar 
bo’yicha xo’jalik yurituvchi sub’ektning moddiy javobgar shaxslaridan og’zaki 
va yozma tushuntirishlar olish hamda auditorlik tekshiruvi uchun zarur bo’lgan 
qo’shimcha ma’lumotlarni olish; 

uchinchi shaxslar tomonidan yozma tasdiqlangan axborotni xo’jalik 
yurituvchi sub’ektdan olish; 

ishonchli auditorlik xulosasini tuzish uchun zarur bo’lgan barcha axborot 
xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan taqdim etilmagan taqdirda auditorlik 
tekshiruvi o’tkazishdan bosh tortish; 


23 

auditorlik tekshiruvini o’tkazishda ishtirok etishga auditorlar va boshqa 
mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etish; 

auditorlik tekshiruvi bilan qamrab olingan davrda xo’jalik yurituvchi 
sub’ektga professional xizmatlar ko’rsatish, bundan buxgalteriya hisobini yo’lga 
qo’yish, tiklash, yuritish va moliyaviy hisobot tuzish mustasno;

auditorlarning respublika jamoat birlashmasiga a’zo bo’lib kirish.
Auditorlik tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega 
bo’lishi mumkin. 
Auditorlik tekshiruvi o’tkazish to’g’risida
 
qaror qabul qilish uchun xo’jalik 
yurituvchi sub’ektning ta’sis hujjatlari hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy 
hisobot hujjatlari bilan oldindan tanishib chiqadi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning ta’sis hujjatlari ya’ni ustavi va ta’sis 
shartnomasi bilan tanishish auditorga bo’lg’usi mijozining yuridik maqomi, 
faoliyat turi, predmeti va ta’sischilari to’g’risida aniq tasavvurga ega bo’lish 
imkonini beradi. Bunda auditor korxonaning asosiy ustav faoliyati, ustavning 
qachon va qaysi davlat organida ro’yxatga olinganligi hamda notarial idora 
tomonidan tasdiqlanganligiga e’tibor berishi kerak. Shuningdek, ta’sis 
shartnomasiga muvofiq ta’sischilari kimlar, ularning yuridik maqomi, ustav 
kapitalidagi ishtiroki (ulushi), moliya-xo’jalik faoliyati bo’yicha huquq va 
majburiyatlari bilan tanishadi.
Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot hujjatlari bilan tanishish auditor 
uchun korxonada buxgalteriya hisobining qaysi shakli (memorial-order, jurnal-
order, jadval-avtomatlashtirilgan va b.) qo’llanilishi, buxgalteriya apparatining 
hajmi va tuzilishi, buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzishning qay 
darajada me’yoriy ta’minlanganligi, umumiy moliyaviy ahvol va boshqalar 
to’g’risida dastlabki tasavvurga ega bo’lish imkonini beradi.
Auditorlik tekshiruvi o’tkazilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt amalga 
oshirayotgan moliya-xo’jalik faoliyati bilan bog’liq hujjatlarni to’liq hajmda 


24 
olish, shuningdek ushbu hujjatlarda hisobga olingan har qanday mol-mulkning 
amalda mavjudligini hamda har qanday majburiyatlarning amaldagi holatini 
tekshirish.
Qonunda belgilangan ushbu huquqlar tekshiruv jarayonida zarur bo’lgan, 
mijoz-korxonaning moliya-xo’jalik faoliyati bilan bog’liq hujjatlarni hech qanday 
to’sqinliksiz to’liq hajmda olish imkonini beradi. Shuningdek, auditor ushbu 
hujjatlarda aks ettirilgan mol-mulklarning haqiqatda mav-judligini va 
majburiyatlar holatini tegishli usullar (inventarizatsiya qilish, qarama-qarshi 
tekshiruv va h. k.) bilan tekshirish huquqiga ega. Mijoz-korxona esa auditor talab 
qilgan barcha hujjatlarni to’liq hajmda taqdim etishi, mol-mulklar mavjudligi va 
majburiyatlar holatini tekshirishga zarur shart-sharoitlarni yaratib berishi lozim.
Auditorlik tekshiruvini o’tkazish davomida yuzaga kelgan masalalar bo’yicha 
xo’jalik yurituvchi sub’ektning moddiy javobgar shaxslaridan og’zaki va yozma 
tushuntirishlar olish hamda auditorlik tekshiruvi uchun zarur bo’lgan qo’shimcha 
ma’lumotlarni olish.
Auditor tekshiruv jarayonida aniqlangan xato-kamchiliklar, xususan 
kamchiliklar va ularning sabablari hamda moddiy javobgar shaxslardan yozma va 
og’zaki tushuntirish oladi. Shuningdek, auditorlik tekshiruvini boshlashdan oldin 
ham moddiy javobgar shaxslar (kassir, omborchi va b.)dan belgilangan tartibda 
tilxat oladi.
Shu bilan birga auditor zarur hollarda uchinchi shaxslar tomonidan yozma 
tasdiqlangan axborotni xo’jalik yurituvchi sub’ektdan olishga ham haqli.
Ishonchli auditorlik xulosasi tuzishi uchun barcha axborotlar xo’jalik 
yurituvchi sub’ekt tomonidan taqdim etilmagan hollarda auditor tekshiruv 
o’tkazishdan bosh tortishi «Auditorlik tashkilotining auditorlik xulosasi tuzishdan 
voz kechish to’g’risidagi arizasi» bilan rasmiylashtirishi mumkin.
Bulardan tashqari auditorlik tashkiloti zaruratdan kelib chiqib tekshiruvda 
ishtirok etishga boshqa auditorlar va mutaxassislarni ham belgilangan tartibda 
jalb etish huquqiga ega.

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin