28
3
3
-
-
B
B
O
O
B
B
.
.
AUDITORLIK FAOLIYATINING TASHKILIY ASOSLARI
1 Majburiy auditorlik tekshiruvi.
Auditorlik tekshiruvi qay tarzda o’tkazilishiga ko’ra majburiy va tashabbus
tarzidagi (ixtiyoriy) auditorlik tekshiruvlarga bo’linadi.
Shuningdek, auditorlik
tekshiruvi nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qilish organlarining
tashabbusiga ko’ra ham o’tkazilishi mumkin.
«Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunga muvofiq faoliyat turiga ko’ra
quyidagi iqtisodiy sub’ektlar har yili majburiy
auditorlik tekshiruvidan
o’tkazilishi kerak:
o
aktsiyadorlik jamiyatlari;
o
banklar va boshqa kredit tashkilotlari;
o
sug’urta tashkilotlari;
o
investitsiya
fondlari
hamda
yuridik
va
jismoniy
shaxslarning
mablag’larini jamlab turuvchi boshqa fondlar hamda ularning boshqaruv
kompaniyalari;
o
manbalari yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari bo’lmish
xayriya fondlari va boshqa ijtimoiy fondlar;
o
mablag’larning hosil bo’lish manbalari
qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qilinadigan majburiy ajratmalar
bo’lmish byudjetdan tashqari fondlar;
o
ustav fondida davlatga tegishli ulush bo’lgan xo’jalik yurituvchi
sub’ektlar.
Agar xo’jalik yurituvchi sub’ekt hisobot yilidan keyingi yilning 1 mayigacha
yillik moliyaviy hisobotini auditorlik tekshiruvidan o’tkazmagan va auditorlik
xulosasiga ega bo’lmasa, u majburiy auditorlik tekshiruvi o’tkazilishidan bo’yin
tovlagan hisoblanadi.
«Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunning 10-moddasiga
muvofiq
majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tkazilishi lozim bo’lgan barcha xo’jalik
29
yurituvchi sub’ektlar oldingi yil uchun yillik moliyaviy hisobotlarini joriy yilning
1 mayigacha auditorlik tekshiruvidan o’tkazadilar. Auditorlik tekshiruvi
yakunlanganidan so’ng xo’jalik yurituvchi sub’ekt auditorlik xulosasining
belgilangan tartibda tasdiqlangan bir nusxaini 15
kun ichida tegishli soliq
organlariga topshirishi lozim. Agar auditorlik xulosasining bunday nusxasini
soliq organiga o’z vaqtida taqdim etilmasa, xo’jalik yurituvchi sub’ekt soliq
organiga buning sababi ko’rsatilgan tushuntirish xati taqdim etadi.
Majburiy auditorlik tekshiruvidan bo’yin tovlagan xo’jalik yurituvchi
sub’ektlarga soliq organi tomonidan jarima solinadi. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt
rahbari esa majburiy auditorlik tekshiruvidan bo’yin tovlaganligi uchun qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi. Undirilgan jarima jarima
solish to’g’risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 10 kun ichida to’lanib,
to’liq miqdorda respublika byudjetiga o’tkaziladi. Agar jarima o’z
vaqtida
to’lanmasa, soliq qonunchiligiga muvofiq peniya hisoblangan holda so’zsiz
undirib olinadi.
Jarima undirilishi xo’jalik yurituvchi sub’ektni majburiy auditorlik
tekshiruvdan o’tishdan ozod qilmaydi.
Dostları ilə paylaş: