Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov


-BOB. AUDITNING MOHIYATI, UNING MAQSADI VA VAZIFALARI



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/155
tarix07.10.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#152835
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   155
audit (3)

1-BOB. AUDITNING MOHIYATI, UNING MAQSADI VA VAZIFALARI 
 
1. Auditning paydo bo’lishi va rivojlanishi 
 
«Audit» tushunchasi lotincha bo’lib, «auditing» - aynan tarjimasi «u 
eshitayapti», «eshituvchi» degan ma’nolarni bildiradi. Birinchi mustaqil 
auditorlar XIX asrda, Evropadagi yirik aktsionerlik kompaniyalarida vujudga 
kelgan. 
Auditning tarixiy vatani deb Angliya hisoblanadi. 1844 yil kompaniyalar 
to’g’risida bir qator qonunlar chiqib, ularda aktsioner kompaniyalari bir yilda bir 
marotaba maxsus mutaxassislarni taklif qilib buxgalteriya schetlarini tekshirib va 
aktsionerlar oldida hisoboti eshitilishi lozim edi. 
Moliviy nazorat va uning turlari
Iqtisodiyotda sodir bo’ladigan iqtisodiy inqirozlari buxgalter auditorlar 
xizmatiga bo’lgan talabni yanada kuchaytirdi. Bu davrlarda auditorlik tekshiruvi 
Nazoratning 
qo’llanish 
doirasi 
Yuridit 
shaxsga 
nisbatan 
nazorat 
shakli 
Nazorat sub’ektlari 
Nazoratni olib boruvchi 
shaxs yoki organ 

Boshkaruvdagi 
nazorat 
(keyinchalik) 
X1X asrlarga 
kadar 
Tashki 
Dalat nazorati 
(keyinchalik) 
Davlat boshkaruvidagi mutaxasis 
xodimlar 

Moliyaviy 
nazorat 
(Dastlabki, 
joriy va 
keyinchalik) 
Ichki 
Taftish va nazorat
guruxlari 
Buxgalter –iktisodchi mutaxasislar 
Ichki audit bulimi 
Malaka sertifikatiga ega auditorlar 
Tashki 
Davlat nazorati 
O’z.R. xisob palatasi,
O’z.R. Moliya vazirligi,
O’z.R. Solik kumitasi,
O’z.R. Bojxona kumitasi,
O’z.R. Prokuraturasi va boshka yuridik 
tashkilotlar mutaxasislari 
Bank va irjalar 
nazoarti 
mutaxasislar 
Moliyaviy yuridik 
ekspertiza 
mutaxasislar 
Tashki audit 
Malaka sertifikatiga ega auditorlar 



sifatiga talablar murakkablashtirildi hamda majburiy tus oldi. Bular hammasi 
ushbu xizmatga bozor talabini oshirdi. Hamma davlatlarda iqtisodiy va moliyaviy 
axborotlarga zarur talablar belgilanib, ular auditor xulosasi bilan birga albatta 
chop etilishi belgilandi. Audit aldamchilikka qarshi katta qurol bo’lib xizmat qila 
boshladi.
Angliyada auditorlar deb moliyaviy hisobotning ishonchliligini nazorat 
qilish bilan shug’ullanuvchi barcha mutaxassislar, shu jumladan davlat 
tashkilotida ishlayotgan mutaxassislar ham hisoblanadi. Frantsiyada mustaqil 
moliyaviy nazorat bilan shug’ullanuvchi ikki professional tashkilot buxgalter 
ekspertlar ularning vakolatiga bevosita buxgalteriya hisobini, hisobot tuzish 
ushbu doirada konsalting xizmatlari ko’rsatish hamda moliyaviy hisobot 
ishonchliligini nazorat qiluvchi schetlar bo’yicha komissarlar mavjud. AQShda 
moliyaviy hisobotning ishonchliligini tekshiradigan diplomli jamoat buxgalterlari 
mavjud.
Rivojlangan barcha davlatlarda buxgalter auditor mutaxassisligini 
egallashga hohish bildirganlar uzoq yillar davomida o’qishi amaliyot bilan 
shug’ullanishi va ko’plab imtihonlarni topshirishlari lozim.
Auditning vujudga kelish 

Boshkaruv 
nazoratining tashkil 
etilishi 
Xitoyda eramizdan 700 yil avval davlat xodimi ( tsenz) 
teritoriyalarda nazorat olib borgan 
Rim imperiyasida eramizdan 200 yil avval davlat xodimi ( 
kvestor) teritoriyalarda nazoart olib borgan 

Audit
atamasining 
ishlatilishi 
1324 yil Angliya kiroli «Eduard 11» 3 ta auditorni ( «Audit» 
lugatiy mazmuni –u eshitadi) tayinlagan. Chunki viloyat
territoriya boshliklari moliyaviy ishlar buyicha xisobot berishni 
bilmagan. 
1689 yil Rossiyada Petr 1 podshox armiyadagi mulkiy 
munozaralarni tekshirish uchun belgiladi 

Davlat mikyosida
majburiy auditning
kiritilishi 
(konun bilan 
belgilanishi) 
 
1862 yili Angliyada, 1867 yili Frantsiyada, 1931 yili 
Germaniyada, 1937 yili AKShda, 1982 yili Xitoyda,
1987 yili Rossiyada 1992 yili Uzbekiston Respublikasida



Moliya Vazirligi auditorlar palatasi professional buxgalterlar uyushmasi va 
boshqalar Respublikadagi auditorlik tashkilotlari faoliyatini tekshirib, ish 
sifatlarini nazorat qilib turadilar. 
Auditning zarurligi.
 
Auditorlik xizmatiga bo’lgan ehtiyoj quyidagi omillar 
sababli vujudga keladi:
-
Axborot tuzuvchilar (rahbariyat) tomonidan ob’ektiv bo’lmagan 
hisobotlar tuzilishi ehtimoli va uning oqibatida axborot foydalanuvchilar va uni 
tayyorlovchilar orasida nizo vaziyatlari vujudga kelishi; 
-
Qarorlar qabul qilishning sifatli axborotga bog’liqligi; 
-
Axborotlarni tekshirish uchun maxsus bilimlarning zarurligi; 
-
Foydalanuvchilarga axborotning sifatliligini baholash uchun ruxsatning 
mavjud emasligi; 
Yuqoridagi va boshqa sabablar mustaqil ekspert, etarli darajadagi 
tayyorgarlik, kvalifikatsiya tajriba va bunday xizmat ko’rsatishga huquqi bo’lgan 
xizmatni ijtimoiy taqazo qiladi. Auditorlik xizmati - bu moliyaviy axborotlarning 
ishonchliligini belgilovchi va boshqa buxgalteriya hamda maslahat xizmatlarini 
ko’rsatuvchi faoliyat. 
Ishonchli axborot kapital bozorining samarali amalga oshishi va baholash 
imkoniyatini hamda turli iqtisodiy qarorlarning istiqbolini aniqlashga yordam 
beradi. Auditorlik tekshiruvlarini, u majburiy bo’lmagan holda o’tkazilishi ham 
katta ahamiyatga ega.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona kredit muassasalari va boshqa xo’jalik 
sub’ektlari bilan mulk, mablag’ va tijorat operatsiyalari hamda investitsiya 
faoliyatlarida 
shartnoma 
asosida 
munosabatda 
bo’ladilar. 
Ushbu 
munosabatlarning ishonchliligi va hamkorlikning hamma qatnashchilari 
moliyaviy axborotlardan foydalanishlari asosida tashkil etiladi. Bu axborotlarning 
ishonchliligi mustaqil auditorlar tomonidan tasdiqlanadi.
Davlat uchun iqtisodiyot va soliqqa tortish sohalarida qarorlar qabul qilishda
sud, prakratura va tergov jarayoni uchun moliyaviy hisobotlarni ishonchliligini 



korxonalar faoliyati natijalari to’g’risida axborotlarni mustaqil tasdiqlash 
muhimdir. Ayrim mualliflarning fikricha audit zarurligini asoslash uchun agentlar 
nazariyasi yaratildi. Ushbu nazariyaga asosan audit ma’lum bir shaxslar 
moliyaviy axborotlarining ishonchliligi va doirasi tushuniladi. Aniq va to’g’ri 
ma’lumot nafaqat investorlar yoki aktsionerlar, balki kreditorlarga qarzning 
qaytarilishini to’g’ri baholash va foizlarni hisoblash uchun ham zarur. Davlat 
iqtisodiy siyosatni va soliq tizimini ishlab chiqish uchun ushbu aniq 
ma’lumotlarga tayanadi.
Auditorlik xizmatlarining asosiy vazifasi axborotlardan foydalanuvchilarga 
taqdim qilinadigan hisobotlar to’g’risida xolis fikr-mulohazalar bildirishdir. 
Auditorlar etarli bilim va tajribaga, shuningdek, buxgalteriya hisobi hujjatlari va 
asoslovchi ma’lumotlarni olish huquqiga ega bo’lganliklari uchun bu vazifani 
malakali darajada bajaradilar. Bundan tashqari, ular korxona ma’muriyatiga 
bo’ysunmaydigan va uning tazyiqlaridan holidirlar.
Auditorlik faoliyatining rivojlanishiga 1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy 
tanazzuli katta turtki bo’ldi. Bu davrda aktsiyadorlik jamiyatlari va boshqa 
korxonalarning ko’pchiligi inqirozga yuz tutdilar. Natijada hisobotlarni, xususan, 
balans, foyda va zararlar to’g’risidagi hisobot ma’lumotlarini tasdiqlash tartibini 
qat’iy belgilash, ularning to’g’riligi va haqqoniyligini mustaqil auditorlar 
tomonidan tekshirish ehtiyoji yuzaga kelgan . 
Dastlab auditorlik vazifalari aniq belgilanmagan bo’lib, barcha investorlar, 
aktsiyadorlar, kreditorlar auditorlarni o’zlarining himoyachisi sifatida qabul 
qilganlar.
Auditorlar haqida ularni aktsiyadorlar oldidagi mas’ul shaxslar deb qarash 
1929 yilda «Kompaniyalar to’g’risidagi qonun» chiqarilishi bilan o’zgardi. Ushbu 
qonunga muvofiq barcha kompaniyalar o’zlarining moliyaviy hisobotlarida foyda 
va zararlarni majburiy ravishda ko’rsatishlari belgilab qo’yildi. 
Oxirgi 
25 yil mobaynida 
auditorlik faoliyati 3 xil rivojlanish bosqichidan 
o’tdi: 
1.

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin