9
byudjeti daromadlar qismining to’ldirilishini nazorat qiladi.
3.
Vazirliklardagi nazorat taftish bo’linmalari
byudjet tomonidan mablag’
bilan ta’minlanib, davlat moliyaviy nazoratining oliy organi yoki tegishli
vazirlikka bo’ysunadi. Asosiy vazifasi byudjet mablag’larining to’g’ri
sarflanishini nazorat qiladi.
4. Mustaqil auditorlik moliyaviy nazorat
balans ma’lumotlarining
to’g’riligini, amalga oshirilgan muomalalarning qonuniyligini shartnoma asosida
nazorat qiladi. Nodavlat sektoridagi korxona va tashkilotlarga ham shartnoma
asosida hisob va moliya masalalari bo’yicha maslahat (konsultatsiya) beradi.
Rivojlangan mamlakatlarda mustaqil auditorlik tashqi moliyaviy nazoratning
asosiy shakli bo’lib hisoblanadi va u keng profilli taftishchilar tomonidan amalga
oshiriladi.
Turli mamlakatlarda auditni tashkil qilish bilan bog’liq qoidalarni o’rganish
shuni ko’rsatadiki, ularda bir-biriga o’xshashliklar mavjud:
korxonalar moliyaviy hisobotlarini majburiy audit nazoratidan o’tkazish;
auditorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchilar uchun ma’lum malakaga ega
bo’lishi bilan bog’liq talablar.
auditorlikka faqat shu mamlakat fuqarolarini tayinlash.
Bu mamlakatlarning har birida auditorlik xizmatlarining soni juda ko’p.
Ularning faoliyati shu darajada keng tarqalganligi xalqaro auditorlik
tashkilotlarining shakllanishiga olib keldi. Xususan,
Dostları ilə paylaş: