12
xizmat ko’rsatish bilan bog’liq tadbirkorlik faoliyati ekanligi ham ta’kidlangan.
O’zbekistonda davlat hoqimiyati va boshqaruvi organlariga auditorlik
faoliyatini amalga oshirish qonun bilan taqiqlangan.
Auditor – auditor malaka sertifikatiga ega bo’lgan jismoniy shaxsdir.
Agar auditor auditorlik tashkilotining shtatida turgan bo’lsa yoki auditorlik
tashkiloti u bilan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzgan bo’lsa, u auditorlik
tekshiruvi o’tkazishga jalb etilishi mumkin.
Auditor auditorlik tekshiruvini sifatsiz o’tkazganligi, tijorat sirini
oshkor
etganligi hamda boshqa hatti-harakat-lari oqibatida auditorlik
tashkilotiga zarar
etkazganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq auditorlik tashkiloti oldida
javobgar bo’ladi (3).
Shuningdek, Qonunning 4-moddasiga muvofiq «auditor yordamchisi
auditor malaka sertifikatiga ega bo’lmagan
va auditorlik hisobotida, auditorlik
xulosasida, auditorning ekspert xulosasida hamda auditorlik tekshiruvini
o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan boshqa rasmiy hujjatda
imzo chekish huquqiga
ega bo’lmagan tarzda auditorning topshirig’iga binoan auditorlik tekshiruvida
ishtirok etayotgan jismoniy shaxsdir».
Auditor yordamchisining mehnat shartlari qonun hujjatlarida qayd etilgan
tartibda tuzilgan mehnat shartnomasi bilan belgilanadi.
Auditorlik tekshiruvini amalga oshirishda olingan ma’lumotlarni oshkor
etmaslik majburiyati auditorning yordamchisiga nisbatan tadbiq etiladi.
Auditorning yordamchisi sifatida ishlangan vaqt auditor malaka
sertifikatini olish uchun zarur bo’ladigan ish stajiga qo’shiladi.
O’zbekistonda auditorlik faoliyati mustaqil yuridik shaxs huquqiga ega
auditorlik tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Qonunga ko’ra auditorlik
tashkiloti auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ega bo’lgan yuridik
shaxsdir.
Auditorlik faoliyatining maqsad va vazifalari tavsifidan kelib chiqib, uni
quyidagicha tasniflash mumkin.
13
Auditorlik faoliyati
Auditorlik tekshiruvlar
Auditorlik tashkilotlarining
professional xizmatlari
Majburiy auditorlik tekshiruvi
buxgalteriya hisobini yo’lga qo’yish, qayta tiklash va yuritish;
moliyaviy hisobotni tuzish;
Tashabbus
tarzidagi
auditorlik
tekshiruvi
milliy moliyaviy hisobotni buxgalteriya hisobi xalqaro
standartlariga o’tkazish;
xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya-xo’jalik faoliyatini
tahlil qilish;
Nazorat qiluvchi
yoki
huquqni muhofaza qilish
organlarining tashabbusiga ko’ra
o’tkaziladigan
auditorlik
tekshiruvi
buxgalteriya hisobi, soliq solish,
rejalashtirish, menedjment va moliya-xo’jalik faoliyatining
boshqa masalalari yuzasidan konsalting xizmati;
auditorlik faoliyatining milliy
standartlarida nazarda tutilgan boshqa
professional xizmatlar
Dostları ilə paylaş: