8
2.
Maqsadli sistemali audit
– bu bosqichda muomala (operatsiya)larni
nazorat qilish sistemasini kuzatish imkoniyati yaratildi.
3.
Tavakkalchilikka asoslangan audit
-
sistemani nazorat qiluvchi shaxslar
tomonidan qabul qilingan boshqaruv qarorlariga baho beriladi.
Maqsadli sistemali audit
shakllanishi bilan auditorlar
ichki nazorat orqali
ekspertiza o’tkaza boshladilar. Buning oqiba-tida shu narsa isbotlandiki, agar
ichki nazorat tizimi samarali tashkil qilingan bo’lsa, xato va kamchiliklarni
aniqlash uchun jiddiy tekshirishlar o’tkazishga hojat qolmaydi.
Tavakkalchilikka asoslangan audit
yoppasiga yoki tanlov yo’li bilan
o’tkaziladigan tekshirish bo’lib, u korxona faoliyati sharoitidan kelib chiqadi va
asosan tor doiradagi ob’ektlarni tekshirish bilan yakunlanadi.
Davlat organlarining auditorlik xizmatlariga munosabati turlicha. Masalan,
AQSh va Buyuk Britaniyada auditorlik tashkilotlari mustaqil bo’lib, ular
auditorlarni o’zlari tayyorlaydilar, tegishli malakaviy
unvonlarni beradilar va
keyinchalik ham ularning o’z vazifalarini vijdonan, halol bajarishlarini nazorat
qilib turadilar. Boshqa Evropa mamlakatlarida auditorlik
faoliyati hukumat
organlari tomonidan tashkil qilinadi.
Bozorning kengayishi bilan auditorlik firmalari ko’rsatadigan xizmatlar turlari
va hajmlari ham ortib boradi. Ko’plab firmalar odatdagi buxgalteriya hisobiga oid
maslahatlar va xizmatlardan tashqari soliqqa tortish,
boshqaruv faoliyati va
axborotlarni olish texnologiyasi, marketing, moddiy ishlab
chiqarish zahiralarini
baholash, iqtisodiy rejalashtirish va istiqbolni belgilash, bank va sug’urta ishlari
bo’yicha ham xizmat ko’rsata boshladilar.
Bozor iqtisodi rivojlangan mamlakatlarda moliyaviy
nazoratning quyidagi
tashkiliy tizimidan foydalaniladi:
1. Davlat moliyaviy nazoratining oliy organi
Dostları ilə paylaş: