64
5
5
-
-
B
B
O
O
B
B
.
.
AUDITDA MUHIMLIK TUSHUNCHASI VA AUDITORLIK
TAVAKKALCHILIGI
1.
Muhimlik tushunchasi va uning auditdagi ahamiyati
O’zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunida
(yangi tahrirdagi) auditorlik faoliyati «...tadbirkorlik faoliyati...»
ekanligi
ta’kidlangan (2-modda). Demak, bu faoliyat auditorlik tashkiloti va mijoz-
korxona o’rtasida tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Auditorlik
tashkiloti o’z shartnoma majburiyatlarini bajarishda, amalda tekshiruv
ob’ektlarini to’liq (100%) qamrab olaolmaydi. Natijada,
moliyaviy hisobot
ko’rsatkichlarining mutlaqo (shak-shubhasiz) haqqoniy ekanligini kafolatlay
olmagani holda, ma’lum darajadagi tavakkalchilik bilan ularni tasdiqlaydi. Shu
boisdan, auditor ishida doimo ma’lum darajada tavakkalchilik xavf-xatari mavjud
bo’ladi. Ko’rinib turibdiki, auditor xulosasida bayon etilgan fikr har doim ham
mutlaqo to’g’ri bo’lishi mumkin emas. Ammo, deyarli hamma vaqt axborotdan
foydalanuvchilar uchun foydali bo’lishi lozim. Bunday foydalilikning
ta’minlanishi ma’lum darajadagi muhimlik va risk bilan bog’liq va ularni to’g’ri
baholashni talab etadi.
Umumiy auditorlik amaliyotida muhimlik chegaralarini quyidagicha belgilash
qabul qilingan:
0 < J < 1 (yoki foiz hisobida 0< J% <100)
Ushbu chegara oralig’idagi ehtimollik xo’jalik yurituvchi sub’ektlar
hisobotlarining ishonchliligiga ta’sir ko’rsatadigan xatolar mavjudligini aniqlash,
tegishli auditorlik qarorlarini qabul qilish uchun
ushbu xatolarni baholash
mumkinligi(yoki mumkin emasligi)ni ifodalaydi. Bu Muhimlikni sifat jihatdan
tavsiflaydigan tarkibiy qismdir. Muhimlikning miqdoriy jihatini tavsiflaydigan
tarkibiy qismi esa uning ma’lum darajalari orqali ifodalanadi.
Agar xato buxgalteriya hisoboti ko’rsatkichlarini sezilarli darajada
65
chalkashtirsa va mazkur hisobot ko’rsatki-chidan foydalanuvchining shu
hisobotga asosan qabul qilgan qaroriga ta’sir ko’rsatsa, uning aniqlanmasligi
(bilmasdan o’tkazib yuborilishi) jiddiy hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobotida
yig’indisi katta summani tashkil etadigan bir nechta sezilarsiz xatolar bo’ladigan
vaziyatlar ham uchraydi. Auditor bitta jiddiy bo’lmagan xatoni aniqlab, bu haqda
auditorlik xulosasida bildirishi va salbiy auditorlik xulosasi tuzishi ham mumkin.
Haqiqatda esa, buxgalteriya hisobotida jamlanganida jiddiy tus oladigan bir
nechta ahamiyatsiz xatolar bo’lishi mumkin.
Muhimlikni aniqlash auditning amaliyotida №9 – “Muhimlik va
auditorlik
tavakkalchiligi” nomli AFMS bilan tartibga solinadi. Ushbu standartga muvofiq
“Xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotining ishonchliligiga sezilarli
darajada ta’sir ko’rsatadigan holatlar auditda jiddiy deb tan olinadi”.
Standartda ta’kidlanishicha, barcha jiddiy holatlarda moliyaviy hisobotning
ishonchliligi deganda undagi ko’rsatkichlar aniqligining shunday darajasi
tushuniladiki, bu hisobotdan malakali foydalanuvchilar to’g’ri xulosalarga kelish
va to’g’ri qarorlar qabul qilish imkoniga ega bo’ladi.
Ma’lumki,
respublikamizda
islohotlarning
chuqurlashtirilishi
va
iqtisodiyotning erkinlashuvi natijasida buxgalteriya
hisoboti axborotlaridan
foydalanuvchilarning turlari ko’paymoqda. Ularning har qaysisi uchun Muhimlik
darajasi turlicha bo’lishi mumkin. Masalan, aktsiyadorlar uchun korxona
faoliyatining natijalari, xo’jalik mablag’la-rining haqqoniyligi va foydaning
dinamikasi to’g’risidagi ma’lumotlar muhim hisoblanadi. Investorlar uchun esa
korxonaning moliyaviy barqarorligi, ishlab chiqariladigan
mahsulotlarga
talabning o’zgarishi, qo’yilmalarning rentabelligi va investitsion loyihalarning
haqqoniyligi to’g’risidagi axborotlar muhim bo’lishi mumkin.
Auditorlar eng muhim, kam uchraydigan va xatolari bor hisobot moddalari va
schetlarni aniqlash chog’ida Muhimlik tushunchasidan auditni rejalashtirishning
asosi sifatida foydalanadilar. Bunday moddalar va schetlarga alohida e’tibor
qaratish zarur. Shuningdek, to’plangan auditorlik dalil-isbotlarini baholashda va
qanday auditorlik xulosasi tuzish to’g’risida bir qarorga kelishda ham muhimlik
66
darajasidan foydalaniladi.
Demak, Muhimlik tushunchasi auditor tomonidan yo’l qo’yilishi mumkin
bo’lgan xatoning hajmini va o’tkaziladigan auditorlik tekshiruvining ko’lamini
aniqlash hamda tuziladigan auditorlik xulosasining shaklini belgilash (ijobiy yoki
salbiy) uchun birlamchi va asos bo’luvchi manba hisoblanadi.
№70-«Auditorlik hisoboti va moliyaviy hisobot to’g’risidagi auditorlik
xulosasi» nomli AFMSdagi ijobiy auditorlik xulosasi standart shaklining
yakunlovchi qismida «…xo’jalik yurituvchi subektning moliyaviy hisoboti uning
moliyaviy holatini ishonarli aks ettiradi...» deyilgan.
Ushbu jumla axborotdan foydalanuvchilarga auditorlik xulosasida bildirilgan
fikrning jiddiy hisoblangan moliyaviy axborotlargagina taalluqli ekanligi
to’g’risida ma’lumot beradi. “Muhimlik” tushunchasi shuning uchun zarurki,
hech qaysi auditor moliyaviy hisobotning 100% to’g’ri ekanligiga kafolat bera
olmaydi.
Jiddiy xatolarning auditor tomonidan aniqlanishi ko’plab omillarga bog’liq.
Jumladan, ham korxona rahbariya-ti, ham auditor
tomonidan mavjud jiddiy
xatolarning baholanishi; tekshiruvlar vaqti va qiymatining chegaralanganligi;
mijozning xatolarni auditor aniqlashini “kutib o’tirishi”; auditorning mustaqillik
darajasi; uning vijdonliligi; tashqi auditorning ichki nazorat tizimiga ishonchi;
korxonada qabul qilingan hisob siyosati va undagi
ayrim qoidalarning tafsiloti;
hisob siyosatining me’yoriy hujjatlar talablariga mosligi.
Auditor quyidagi hollarda muhimlikni ko’rib chiqishi lozim:
auditorlik amallarining xususiyatlari, vaqti va chuqurli-gini aniqlashda;
xatolar ta’sirini aniqlashda.
Dostları ilə paylaş: