4.
Auditor ishlarining sifatini nazorat qilish
Auditor ishlarining sifatini nazorat qilish audit o’tkazish va professional
xizmat ko’rsatish chogida audit standartlari va O’zbekiston Respublikasida
auditorlik faoliyatini tartibga soladigan boshqa me’yoriy hujjatlar talablariga
rioya qilinishini tekshirish uchun qo’llaniladigan tashkiliy tadbirlar, uslublar va
amallar tizimidan iborat.
Har bir auditorlik tashkiloti ishlar sifati ustidan nazorat o’rnatish printsiplari
57
va qoidalari, hamda ularni qo’llash amallarini ishlab chiqishlari va qabul qilishlari
lozim. Bu audit jarayonida umumqabul qilingan tekshiruv standartlari bilan
qarama-qarshiliklar vujudga kelmasligi uchun zarur.
Auditorlik faoliyatining yuqori sifati uning dastlabki, joriy va keyingi nazorati
ta’minlashi lozim.
Dastlabki nazorat auditorlar va auditorlik tashkilotlarini attestatsiyadan
o’tkazish va litsenziyalash bosqichda bajariladi.
Joriy nazorat ikki yo’nalishda amalga oshiriladi: alohida auditorlik
tekshiruvlarini nazorat qilish va auditning umumiy nazorat qilish.
Alohida auditorlik tekshiruvlarini nazorat qilish auditorlarning mustaqilligi,
professionalligi va kompetentligini ta’minlashni; ularning ishlarini joriy nazorat
qilishni; mijoz-korxonalar buxgalteriya hisobining eng muammoli masalalarini
bilish; bajarilgan ishlarning standartlarga mos kelishini, hujjatlashtirishning
etarliligini, audit maqsadiga erishilganlikni tekshirishni nazarda tutadi.
Auditning sifatini umumiy nazorat qilish auditorning ma’lum shaxsiy
xususiyatlariga (halollik, obektivlik, mustaqillik, professionallik, kompetentlilik)
auditorlik guruhi a’zolari o’rtasida ishlarning asosli taqsimlanganligi; sifat
standartlariga rioya qilinishi bo’yicha auditorlarning ishlari ustidan nazorat;
sifatni nazorat qilish siyosati va amallarining samaradorligi ustidan nazorat
o’rnatishiga asoslanadi.
Joriy nazorat quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: auditor assistentlar ishlari
ustidan nazorat, auditorlik tashkilotining auditorlar ishlari ustidan nazorat, va
boshqalar.
Auditorlik tashkilotining auditorlar ishlari ustidan nazorati, birinchidan,
tekshiruv o’tkazish dasturining asoslanganligini muhokama qilish, ikkinchidan,
auditning tashkiliy-ahloqiy printsiplariga qat’iy rioya qilish, uchinchidan, asosiy
auditor tomonidan xulosa berilganidan so’ng auditorlik tashkilotining boshqa
auditori tomonidan mijoz-korxona hisobotining ayrim ko’rsatkichlari(hisob
bo’limlari)ni tanlab qayta tekshirish yordamida amalga oshiriladi.
Auditorlik tashkiloti ichida ishlar sifatini nazorat qilishga talablar va muayyan
58
auditorlik tekshiruvi chogida ishning talab darajasida ekanligini ta’minlash №5-
«Auditor ishining sifatini nazorat qilish»nomli AFMSda aks ettirilgan. Unga
muvofiq auditor ishlarining sifatini nazorat qilish quyidagi shakllarda amalga
oshiriladi:
Asosiy auditorning o’z yordamchilari ishlarini nazorat qilishi.
Auditorlik tashkilotining auditor ishi ustidan nazorati.
Tashqi nazorat.
Asosiy auditorning o’z yordamchilari ishlarini nazorat qilishi. Asosiy auditor
audit o’tkazish jarayonida yordamchilar tomonidan bajariladigan ishlarni doimiy
ravishda nazorat qilib va yo’naltirib turishi lozim.
Auditor yordamchisi deganda professionallik darajasi bo’yicha asosiy
auditordan farq qiladigan xodim tushuniladi.
Asosiy auditorning yordamchisidan farqi, u auditning bajarilishi uchun to’liq
javobgardir.
Yordamchilarga ish topshirilayotganida, ular javobgarliklari va bajarishlari
lozim bo’lgan ishlarning maqsadlari to’g’risida, xo’jalik yurituvchi subekt
faoliyati va auditorlik amallarning mohiyati, o’tkazish vaqti va miqyosiga ta’sir
ko’rsatishi mumkin bo’lgan, hisob va auditga oid muammolar haqida tegishli
tarzda tushuntirishlar berilishi lozim.
Auditorlik tashkilotining auditor ishi ustidan nazorati. Auditorlik
tashkilotining auditor ishi ustidan nazorati quyidagilarga amalga oshiriladi:
Mijoz-korxonada audit o’tkazish umumiy rejasi va dasturining
asoslanganligini muhokama qilish va tekshirish;
Tashkiliy-axloqiy auditorlik printsiplariga (xususan, mijoz-korxonaga
professional xizmat ko’rsatgan (maslahat bergan yoki uning buxgalterlik hisobini
yo’lga qo’ygan) auditor, yana o’sha korxonani tekshirishga yuborilmasligi va
sh.o’.) qat’iy rioya qilinishi;
Asosiy auditor tomonidan tekshiruv o’tkazilib, auditorlik xulosasi
berilganidan so’ng auditorlik tashkilotining boshqa auditori tomonidan mijoz-
korxona hisobotining ishonchliligini qaytadan, mijoz uchun bepul, tekshiruvdan
59
o’tkazish.
Tashqi nazorat amaldagi qonunchilik va me’yoriy hujjatlarga muvofiq davlat
organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Auditor ishlari sifatini nazorat qilish ikkita asosiy yo’nalishga ega:
ayrim auditorlik tekshiruvlarini nazorat qilish.
sifatni umumiy nazorat qilish.
Ayrim auditorlik tekshiruvlarini nazorat qilish quyidagi tushunchalarni o’z
ichiga oladi:
-Vakolatlarni berish. Auditorlarning mustaqilligini, professionalligini va
kompetentliligini ta’minlash; auditorlar uchun zarur hisoblangan faoliyat
erkinliklarini ta’minlash; auditning yozma dasturidan foydalanishi.
-Nazorat. Auditorlar ishlarining joriy nazoratini ta’minlash; tegishli tarzda
(adekvat) ish tutish uchun xo’jalik yurituvchi subekt buxgalterlik hisobining eng
muammoli masalalarini bilish.
-Tekshirish. Auditorlar tomonidan bajarilgan barcha ishlarni, ular
bajarilishining standartlarga muvofiqligi, hujjatlarning etarliligi va auditorlik
tekshiruvlar maqsadiga erishishni ta’minlash uchun tekshirish.
Audit sifatini umumiy nazorat qilish quyidagi elementlarning mavjudligiga
tayanadi:
-Mustaqillik. Qoida va amallar barcha pog’onalar xizmatchilarining
mustaqilligi saqlanganligi haqida asosli ishonchni ta’minlashlari lozim. Ushbu
talabni bajarishi uchun auditorlik tashkiloti yilda bir marta o’z mijozlarining
ro’yxatini tarqati-shi va o’z xizmatchilaridan mustaqillik to’grisidagi arizani
imzolashlarini talab qilishi mumkin.
-Xizmatchilarga topshiriqlar. Qoida va amallar ishlarning maxsus tayyorgarlik
va tajribaga ega shaxslar tomonidan bajarilishi haqida asosli ishonchni
ta’minlashlari lozim. Ushbu talabni bajarish uchun auditorlik tashkiloti ishlarni
oldindan, o’z xizmatchilari uchun mos topshiriqlarni aniqlay oladigan qilib
rejalashtirishi kerak.
-Konsultatsiyalar. Qoida va amallar auditorlik tashkilotlarining xizmatchilari
60
texnik masalalar bo’yicha bilimdon va obro’li kishilardan yordam olishga
intilishlari asosli ishonchni ta’minlashlari lozim. Ushbu talabni bajarish uchun
auditorlik tashkiloti muayyan shaxslarni audit, buxgalteriya hisobini yuritish va
moliyaviy hisobot, soliqqa tortish va konsultatsiya xizmatlari kabi sohalarda
auditorlik tashkilotining eksperti qilib tayinlashi mumkin.
-Nazorat. Qoida va amallar auditorlik tashkilotining joriy faoliyati unda
o’rnatilgan sifat standartlariga javob berishi haqida asosli ishonchni ta’minlashlari
lozim. Auditorlik tashkilotining nazorat amallarini o’rnatishi uchun javobgarligi,
audit o’tkazuvchi, rejalashtirish va kontrakt bo’yicha muayyan majburiyatlarni,
bajaruvchi muayyan shaxslar javobgarligidan alohida ajratilgan. Ushbu nazorat
talabini bajarish uchun auditorlik tashkiloti barcha ish hujjatlarini, hisobotlarni
talab qilishlari va ularni tekshirish uchun tegishli nazorat qiluvchi va texnik
xodimlarga taqdim qilishi mumkin.
-Ishga yollash. Qoida va amallar ishga yollangan xizmatchilarning malakali
mutaxassislar ekanligi haqida asosli ishonchni ta’minlashlari lozim. Ushbu
nazorat talabini bajarish uchun auditorlik tashkiloti minimal malakaviy talablarni
o’rnatishi mumkin (masalan, buxgalteriya yozuvlarini buxgalteriya ixtisosligi
bo’yicha bilim darajasi yaxshi, o’rtacha yoki o’rtacha bo’lgan kollej bitiruvchisi
yuritishi mumkin).
-Professionallik darajasini oshirish. Qoida va amallar auditorlik tashkilotining
xizmatchilari o’z xizmat majburiyatlarini bajarishlari uchun etarli bilimlarga
egaligi haqida asosli ishonchni ta’minlashlari lozim. Ushbu talablarni bajarish
uchun auditorlik tashkiloti professional ta’limni davom ettirish va o’z malakasini
oshirishni xoxlovchi xizmatchilarga yordam ko’rsatish uchun sharoitlar yaratishi
mumkin.
-Lavozimini ko’tarish. Qoida va amallar xizmati bo’yicha ko’tarilayotgan
xodimlarning yangi lavozim egallashlari mumkin ekanligi haqida asosli ishonchni
ta’minlashlari lozim. Ushbu talabni bajarish uchun xodimlarni, ular tomonidan
har gal majburiyatlarini bajarganlaridan so’ng baholash va ularning lavozimini
eng bo’lmaganda yilda bir marta ko’tarishga maslahat berish zarur.
61
-Mijozlarning ma’qulligi va ular bilan munosabatlarning davomiyligi. Qoida
va amallar auditorlik tashkiloti rahbariyati vijdonini yo’qotgan xo’jalik yurituvchi
subekt bilan bog’lanib qolmasligi haqida asosli ishonchni ta’minlashlari lozim.
Auditorlik tashkilotining ushbu talabni bajarishi uchun bo’lg’usi mijoz bilan ish
olib borgan taftishchi, bank xodimi, yurist va boshqa shaxslardan ma’lumot
olinishi kerak.
-Tekshirib (nazorat o’tkazib) turish. Qoidalar va amallar auditor ishlarining
sifatini nazorat qilish samarali o’tkazilayotganligi haqida asosli ishonchni
ta’minlashlari lozim. Ushbu talabni bajarish uchun har bir xizmatchining
majburiyatlarini tanlash, ushbu majburiyatlarni bajarish bilan bog’liq bo’lgan,
boshqa hamkorlar yoki xizmatchilar tomonidan o’tkazilgan bo’lishi lozim.
Ma’muriy ishlar va xodimlar yuritadigan ishlarni ham nazorat asosida
tekshirilishi zarur. Auditorlik tashkiloti tomonidan nazorat qilib turish natijalarini
hujjatlar bilan tasdiq-laydigan tavsiyalar bildirilishi kerak. Hujjatlar shakli va
hajmi auditorlik tashkilotining katta-kichikligi, faoliyat ko’rsatuvchi bo’limlar
soni, faoliyat tavsifi va boshqa omillarga bog’liq.
Hamkor yoki hamkorlar, xo’jalik yurituvchi subekt hajmiga ko’ra, mazkur
auditorlik tashkilotida amal qilayotgan, sifat ustidan nazorat qilish tizimining
samaradorligi uchun javobgar bo’lishlari lozim. Bunday nazorat qoidalari va
amallari, ushbu qoidalar va amallar bilan xizmatchilarni xabardor qilish amaliyoti
va majburiyatlarni taqsimlash o’z vazifalariga oldingiday javob beradi.
-Nazorat qoidalari va amallarini belgilash. Auditor ishlari sifatini nazorat
qilish qoidalari va amallarining tavsifi va miqyoslari quyidagi shart-sharoitlarga
bog’liq:
auditorlik tashkilotining hajmiga;
auditorlik tashkiloti xizmatchilari va funktsional bo’linmalarining
mustaqillik darajasiga;
amaliy faoliyat mohiyatiga, uning: ochiq aktsiyadorlik jamiyatlari auditi;
yopiq aktsiyadorlik jamiyatlari auditi; buxgalteriya hisobi va xo’jalik faoliyati
tahlili sohasidagi xizmatlar; foyda solig’ining hajmini aniqlashga doir xizmatlar;
62
o’zaro audit o’tkazish bo’yicha majburiyatlar kabi komponentlarini e’tiborga
olgan holda;
Auditor ishlarining sifatini nazorat qilish qoidalari va amallarini ishlab
chiqish va qo’llash bilan bog’liq bo’lgan, olingan
foydaga nisbatan xarajatlar darajasiga.
Auditor ishlarining sifatini nazorat qilish qoidalari va amallarini o’rnatishda
auditorlik tashkiloti tomonidan quyidagilar amalga oshirilishi zarur:
auditor ishlarining sifatini nazorat qilish qoidalari va usullarini amalga
oshirish bo’yicha malakali xizmatchilar o’rtasida vazifalarini taqsimlash;
auditor ishlarining sifatini nazorat qilish qoidalari va amallarini
xizmatchilar e’tiboriga etkazish;
qoidalar va amallar, ularni qo’llash uslublariga va xizmatchilarga etkazish
amaliyotiga oldingiday mos kelish-kelmasligini aniqlash uchun auditor ishlari
sifatini nazorat qilish tizimining samaradorligini tekshirish.
Auditor ishlarining sifatini nazorat qilish qoidalari va amallari yozma shaklda
ifodalangan bo’lishi shart emas. Ular xodimlarni ishga qabul qilishda og’zaki
etkazilishi va auditorlik tashkilotining umumiy majlisida yilda bir marta
takrorlanishi mumkin.
Ayni paytda auditorlik tashkiloti o’z qoidalari va amallari-ni hujjatlar bilan
mustahkamlashi tavsiya qilinadi. Hujjatlashtirish turlari va hajmi, eng avvalo
auditorlik tashkilotining hajmi va uning faoliyati xususiyatiga bog’liq.
Dostları ilə paylaş: |