Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/155
tarix07.10.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#152835
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   155
audit (3)

3.
 
Auditor axloqi (etikasi) 
Auditor etikasi (axloqi). Yuzaki qaraganda unchalik tanish va odatiy 
bo’lmagan so’z birikmasi. Masalan, pedagog yoki vrach etikasi, odatda, hammaga 
tanish va hech kimni hayratlantirmaydi. Bular kasb etikasining turlari bo’lib, 
kishilarning kasbiy faoliyatlaridan kelib chiqadi va ular o’rtasidagi o’zaro 
munosabatlarning ma’naviy-ahloqiy jihatlarini tavsiflaydi. Barcha axloqiy 
talablar umuminsoniy negizga ega bo’lishiga qaramasdan, ayrim kasb turlari 
uchun ularning o’ziga xos ahloqiy me’yorlari shakllangan. Bunday kasb egalari 
sohani ham nazariy, ham uslubiy, ham amaliy jihatdan yuksak professional 
darajada bilishlari bilan birga, shakllangan, me’yoriy-huquqiy asosga ega ahloqiy 
jihatlari bilan ham boshqalardan ajralib turadi. Auditorlik ham mana shunday 
murakkab kasblar qatoriga kiradi.
Shu boisdan, mamlakatimizda «O’zbekiston auditorlarining kasbga oid ahloq 
kodeksi » ishlab chiqilib, O’zbekiston buxgalterlar va auditorlarining milliy 
assotsiatsiyasi (O’BAMA tomonidan-26.08.2005y.) va O’zbekiston Auditorlar 
Palatasi (O’AP tomonidan- 25.06.2005y.) amaliyotga tadbiq etildi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, vrach etikasi, Gippokrat qasamyodi bizga 
qadimdan tanish tushunchalar. Auditor bajaradigan ishlarni esa vrach vazifalari 
bilan qiyoslash mumkin. Farqi shundaki, vrach bajaradigan xayrli ish inson 
organizmi bilan bog’liq bo’lsa, auditor faoliyati «korxona organizmi» ustida, 
unga aniq «tashhis» qo’yib, moliyaviy sog’lomlashtirish ustida olib boriladi.
Lekin, ayrim hollarda auditordan «vaziyatni tushunish», «yuz-xotir qilish», 
«ko’zni chirt yumish» kabilar talab qilinadi. Bunday hollarda qanday yo’l tutish 
kerakligi «O’zbekiston auditorlarining kasb etikasi kodeksi» loyihasida bayon 
etilgan.
Kodeks 18 ta moddadan iborat bo’lib, auditorlar oldiga qo’yiladigan ahloqiy 
talablar mazmuni haqida ushbu moddalar orqali tasavvurga ega bo’lish mumkin: 
1-modda. Vijdonlilik va obektivlik. 


53 
2-modda. Ahloqiy nizolarni hal etish. 
3-modda. Professional kompetentlilik. 
4-modda. Maxfiylik. 
5-modda. Soliq amaliyoti.
6-modda. Xalqaro faoliyat.
7-modda. Omma uchun axborotni taqdim etish.
8-modda. Mustaqillik.
9-modda. Kasbiy layoqatlilik va auditor bo’lmagan shaxslardan foydalanishga 
bog’liq majburiyatlar.
10-modda. Shartnoma bo’yicha va komission to’lovlar.
11-modda. Auditor amaliyotiga muvofiq kelmaydigan faoliyat.
12-modda. Boshqa auditorlar bilan munosabatlar. Yangi xodimlarni qabul 
qilish. 
13-modda. Reklama va xizmatlarni taklif qilish. 
14-modda. Manfaatlar nizosi. 
15-modda. Hamkasblarni qo’llab-quvvatlash. 
16-modda. Professional kompetentlilik. 
17-modda. Axborotlarni taqdim etish. 
18-modda. Intizomiy choralar. 
Auditorlik kasbining axloqiy me’yorlari uning tarixiy taraqqiyoti yo’lida 
shakllangan: mustaqillik, kompetentlilik (puxta bilimga egalik), halollik, 
vijdonlilik, haqqoniylik va maxfiylik (sir saqlash) kabi xalqaro printsiplari 
negizida shakllangan. Ushbu printsiplar mazkur loyihaning yuqorida keltirilgan 
moddalarida o’z ifodasini topgan. Shu boisdan, bularga batafsilroq to’xtalib 
o’tamiz. 
Loyihada malakali auditorlarning kasbga oid ahloqiy me’yorlari 
mujassamlashgan, auditorlik hamjamiyati muhitida qaror topgan ahloq-odob 
qadriyatlari aniqlangan. Umuminsoniy va kasb etikasi me’yorlariga auditorlik 
tashkilotining rahbari, har bir auditori va boshqa xodimlari qat’iy rioya qilishlari 
zarur. 


54 
Auditor uchun eng yuqori ahloqiy me’yor har qanday vaziyatda ham qonunni 
ustun qo’yish, ishonchga sazovor aniq dilillarga asoslangan auditorlik xulosasi 
tuzish, yo’l qo’yilgan xato-kamchiliklarni tahlil qilib, ularni tuzatish yo’llarini 
aniqlash, korxona moliyaviy ahvolini yaxshilaydigan tavsiyalar berishdan iborat. 
Buning uchun auditorning kasb mahorati vijdon, or-nomus kabi ahloqiy fazilatlar 
bilan ham uyg’unlashgan bo’lmog’i lozim.
Auditor hamma vaqt mustaqil bo’lishi kerak. Bu printsip, agar auditorlik 
tashkiloti va mijoz-korxona o’rtasidagi munosabatlar (moliyaviy, qarindosh-
urug’chilik yoki shaxsiy tobelik, boshqaruv organlari yoki umumiy loyihalarda 
qatnashish, buxgalteriya hisobini yuritish bo’yicha oldindan xizmat ko’rsatish va 
h.k.) auditorlik faoliyati natijalariga ta’sir ko’rsatadigan bo’lsa, auditorlik 
tashkiloti audit o’tkazish yoki professional xizmat ko’rsatishdan voz kechish 
lozimligini bildiradi. 
Audit o’tkazish yoki professional xizmat ko’rsatish chog’ida auditor 
professional kompetentlilikka rioya qilishi zarur. Audit o’tkazish yoki 
professional xizmat ko’rsatish bo’yicha majburiyat olgan auditor mazkur sohada 
o’zining kompetentliligiga ishonch hosil qilishi lozim. Xususan, o’z majburiyatini 
vijdonan bajarishi, auditorlik xizmatlarini kafolatlay olishi uchun zamonaviy 
metodikaga asoslangan va barcha amaldagi me’yoriy hujjatlar qoidalari hisobga 
olingan, etarli darajadagi bilim va tajribaga ega bo’lishi lozim. 
Auditor o’zining bilim va tajribasi etishmagan, hamda uning malaka 
sertifikatiga mos kelmagan hollarda auditorlik tekshiruvlari o’tkazmasligi va 
professional xizmatlar ko’rsatmasligi kerak. 
Auditorlik tashkiloti murakkab masalalarni hal qilishda auditorga yordam 
berish uchun malakali ekspert-mutaxassislarni jalb qilishi mumkin. Ta’bir joiz 
bo’lsa, Luqmoni Hakimning o’gli Saronga aytgan: «Bilmagan narsangda ustozlik 
qilma» degan nasihatini eslatishimiz o’rinlidir. 
Auditorlar buxgalterlik hisobi, soliqqa tortish, moliyaviy faoliyat va fuqarolik 
huquqi, auditni tashkil etish va rejalashtirish, qonunchilik, buxgalterlik hisobi va 
auditorlik faoliyatining milliy va xalqaro standartlari, hamda normalari sohasidagi 


55 
o’z professional bilimlarini doimo yangilab borishlari lozim. 
Audit o’tkazish yoki professional xizmat ko’rsatishda auditor halol bo’lishi, 
barcha vujudga kelgan vaziyatlar va real faktlarni shaxsiy adovatlarga yo’l 
qo’ymasdan, xolisona o’rganishi, auditorlik faoliyatining xalqaro va milliy 
standartlari talablariga rioya qilishi lozim. Agar u halollikni rad etib, tez boylik 
orttirish maqsadida «imzosini sotish» yo’liga o’tib olsa, o’zining kasb mahoratini 
yo’qotadi. Natijada, auditorlik xizmati bozorida o’ziga o’rin topa olmaydi va 
auditorlik hamjamiyatida beobro’ bo’lib qoladi.
Auditor soliq qonunchiligining barcha jihatlariga qat’iy rioya qilishi lozim. 
Soliqqa tortish bo’yicha professional xizmat ko’rsatish chog’ida auditor mijoz-
korxona manfaatlarini himoya qiladi. Lekin u mijoz-korxona soliqni yashirish va 
soliq organini aldash maqsadida hujjatlarni qalbakilashtirishga yo’l ko’rsatmasligi 
kerak. Soliq hisob-kitoblari va to’lanishi bo’yicha tekshiruv jarayonida 
aniqlangan barcha xato-kamchiliklar to’g’risida mijoz-korxona ma’muriyatiga 
bildirishi zarur. 
Auditor tekshiruv jarayonida olingan mijoz-korxona faoliyati to’g’risidagi 
barcha axborotlarni, uning bilan aloqa to’xtatilgan yoki davom etayotganligidan 
qat’iy nazar, cheklanmagan vaqt davomida maxfiy saqlashi lozim. Auditor ushbu 
axborotlarni o’z foydasi uchun yoki har qanday uchinchi tomon foydasi uchun, 
hamda mijoz-korxona manfaatlariga zid ravishda ishlatishga haqli emas. 
Auditorlik tashkiloti, auditor yordamchilari hamda boshqa xodimlari maxfiy 
axborotlarning saqlanishi uchun javobgar hisoblanadi. 
Quyidagi hollarda mijoz-korxonalarning maxfiy axborotlarini chop etish va 
boshqa shaklda oshkor qilish professional etikani buzish hisoblanmaydi: 

O’zbekiston Respublikasi Auditorlik Faoliyati Milliy standartlariga rioya 
qilishda; 

Sudlashuv jarayonlarida auditorlarning professional manfaatlarini himoya 
qilishda; 

Tashkilot, ishtirokchi yoki professional organ tomonidan o’tkazilgan 


56 
sharhlar sifatining muvofiqligini tekshirishda; 

Tashkilot, ishtirokchi yoki tartibga soluvchi organ tomonidan o’tkazilgan 
so’rov yoki tergov jarayonida savollarga javob berishda. 
Auditorlik tashkiloti o’z professional xizmatlarining shart-sharoitlari va haq 
to’lash tartibini mijoz-korxona bilan oldindan kelishib, shartnomada aks ettirishi 
zarur. Auditorlik xizmatlari uchun to’lanadigan haq ko’rsatiladigan xizmatlarning 
hajmi va sifati bilan aniqlanib, ularning murakkabligi, auditorlarning malakasi, 
tajribasi, professional obro’si va mas’uliyatlilik darajasiga bog’liq. Auditorlik 
xizmatlarini reklama qilish halol, odob doirasidan chetga chiqmagan, mijozlarni 
aldash va adashtirish ehtimolidan uzoq bo’lishi lozim. 
Auditorlar hamkasblari bilan yaxshi munosabatda bo’lishlari, ular bilan 
auditorlik tajribalarini almashishlari, ular faoliyatini asossiz tanqid qilmasliklari 
lozim. Hamkasblarining kamchiliklarini ko’rsatish faqat do’stona va samimiy 
tarzda bo’lishi kerak. 
Yuqorida ko’rsatilgan ahloq me’yorlariga rioya qilish auditorlarning yuqori 
ahloqi va professional mas’uliyatlari jamoatchilik fikrida ushbu kasbga hurmat va 
ishonchni saqlashning obektiv zarurligi bilan kafolatlanadi. 
Xalqaro amaliyotda «Auditorlarning kasb ahloqi Kodeksi» vaqti-vaqti bilan 
yangilanib, ayrim qoidalari yangi tahrirda tasdiqlanmoqda, ularga yangi 
tushuntirishlar va izohlar berib borilmoqda.

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin