Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/155
tarix07.10.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#152835
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   155
audit (3)

2.
 
Auditorlik tashkiloti va auditorlarning mustaqilligi 
Auditorlik faoliyatida mustaqillik Auditning Xalqaro Standartlari – 
AXS(ISAs)da belgilangan muhim printsiplardan bo’lib hisoblanadi. Auditorlik 
tashkiloti va auditorlarning mijoz-korxonaga nisbatan mustaqilligini belgilovchi 
asosiy mezonlar “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi 
Qonunining 16-moddasida keltirilgan. Jumladan quyidagilarga auditorlik 
tekshiruvi o’tkazish ta’qiqlanadi: 
o
tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektning rahbarlari va (yoki) 
boshqa mansabdor shaxslari bilan yaqin qarindosh bo’lgan shaxsga; 
o
tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektda mulkiy yoki shaxsiy 
nomulkiy manfaatlari bo’lgan shaxsga; 
o
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, shuningdek xo’jalik 
boshqaruv organlarining mansabdor shaxslariga; 


51 
o
tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt xodimiga; 
o
auditorlik tashkilotlariga va auditorlarga: 
a) o’zlari mulkdori, qatnashchisi, aktsiyadori, kreditori, sug’urtalovchisi 
bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan, shuningdek ushbu auditorlik 
tashkilotlari va auditorlar ularga nisbatan mulkdor, qatnashchi, aktsiyador 
hisoblanadigan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan; 
b) mulkdori, qatnashchisi, aktsiyadori shuningdek buxgalteriya hisobini 
tashkil etish va yuritish hamda moliyaviy hisobotlar tuzish uchun javobgar 
bo’ladigan shaxs ayni bir paytning o’zida ushbu auditorlik tashkilotining 
mulkdori, qatnashchisi, aktsiyadori bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektga 
nisbatan;
v) mazkur xo’jalik yurituvchi sub’ektga auditorlik tekshiruvi qamrab 
oladigan davrda ushbu Qonun 17-moddasi birinchi qismining ikkinchi va 
uchinchi xat boshilarida nazarda tutilgan professional xizmatlar ko’rsatganlar.
Auditorlik tashkiloti aynan bir xo’jalik yurituvchi sub’ektning faoliyatini 
ketma-ket uch yildan ortiq auditorlik tekshiruvidan o’tkazishga haqli emas. 
Tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektning rahbarlari va (yoki) 
mansabdor shaxslari bilan yaqin qarindosh deb ularning ota-onalari, turmush 
o’rtoqlari, aka-ukalari, opa-singillari, o’g’il-qizlari, hamda turmush o’rtoqlarining 
ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari tan olinadi.
Agar auditorlik xizmati uchun shartnoma tuzilganida yoki topshiriq 
berilganidan so’ng yuqorida keltirilgan holatlar yuzaga kelsa yoki ma’lum bo’lsa, 
shartnoma bekor qilinishi, topshiriq esa chaqirib olinishi lozim.
Auditorlar auditorlik tekshiruvi o’tkazish hamda uning natijalari asosida 
auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi tuzishda tekshiriladigan xo’jalik 
yurituvchi sub’ektga, shuningdek istalgan uchinchi tomonlarga, jumladan 
tekshiruv o’tkazishni topshirgan davlat organlariga tobe bo’lmasliklari lozim.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotining ishonchli-ligini 
tasdiqlash uchun maxsus ekspertlar va boshqa soha mutaxassislarini jalb qilish 
talab etilgan hollarda ham auditorlarning tekshiriladigan xo’jalik yurituvchi 


52 
sub’ektdan mustaqil bo’lish mezonlariga rioya qilinishi shart.

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin