Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov


 Auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlari



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/155
tarix07.10.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#152835
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   155
audit (3)

4. Auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlari 
Auditorlik tashkilotlari majburiy va tashabbus tarzidagi (ixtiyoriy) auditorlik 
tekshiruvlaridan tashqari, O’zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati 
to’g’risida»gi qonuni va N 90-«Auditorlik tashkilotlarining professional 
xizmatlari» nomli auditorlik faoliyati milliy standarti(AFMS)da ko’rsatilgan, 
istalgan professional xizmatlarni ko’rsatishlari mumkin. Bunday xizmatlarga 
quyidagilar kiradi: 
a) buxgalteriya hisobini yo’lga qo’yish, qayta tiklash va yuritish 
b) moliyaviy hisobotni tuzish; 
v) milliy moliyaviy hisobotni buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga 
o’tkazish; 
g) xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya-xo’jalik faoliyatini tahlil qilish; 
d) buxgalteriya hisobi, soliq solish, rejalashtirish, menedjment va moliya-


34 
xo’jalik faoliyatining boshqa masalalari yuzasidan konsalting xizmati; 
e) soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha hisob-kitoblar va 
deklaratsiyalarni tuzish; 
j) auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatining milliy standartlarida nazarda 
tutilgan boshqa professional xizmatlarni ham ko’rsatishlari mumkin.
Ushbu keltirilgan professional xizmatlar ro’yxati kengaytirilishi va 
to’ldirilishi mumkin, ammo hozirgi ko’rinishda ham auditorlik tashkilotlari 
tomonidan taklif qilinadigan xizmatlarning qanchalik xilma-xil ekanligini 
ko’rsatmoqda.
Auditorlik tashkiloti yuqori sifatli professional xizmat ko’rsatishga 
erishishi uchun o’z faoliyatini shunday tashkil etishi kerak-ki, uning ish bajarish 
yoki xizmat ko’rsatishda qatnashayotgan xodimlari quyidagi talablarga javob 
berishi lozim: 

halollik va haqqoniylik; 

professional kompetentlilik va zarur tajriba hamda malakaga egalik; 

professional axloq normalariga rioya qilish va belgilangan standartlar (shu 
jumladan korxonadagi ham) talablarini bajarish; 

o’z professional majburiyatlarini bajarish chog’ida xodimlarga ma’lum 
bo’lgan axborotlarni maxfiy (sir) tutish printsipiga rioya qilish va hokazo.
Mijoz-korxona rahbariyati shartnoma asosida professional xizmatlar 
ko’rsatayotgan auditorlar faoliyati ustidan joriy nazorat o’rnatishi va 
ko’rsatiladigan xizmatlar sifatiga ta’sir etuvchi muammolar yuzaga kelganda 
ularga ma’lum qilishi mumkin.
Ta’kidlash, joizki odatda buyurtmachi auditorlik tashkilotiga murojat 
qilganida bitta emas, balki bir necha xizmatni olishni hohlaydi. Shuning uchun 
ayrim xizmat turlarini alohida ko’rib chiqamiz.
a) buxgalteriya hisobini yo’lga qo’yish, qayta tiklash va yuritish. Buxgalteriya 
hisobini yo’lga qo’yish xizmati ko’plab tadbirlarni va avvalo uzoq muddatli hisob 
siyosatini aniqlash, buxgalterlik hisobining shaklini tanlash, texnik vositalar 
majmuini tanlash, buxgalterlik xizmatining tuzulmasini shakllantirish, hujjatlar 


35 
aylanish grafigini va buxgalter xodimlarning xizmat vazifalarini ishlab chiqish va 
boshqalarni o’z ichiga oladi. Ushbu tadbirlarni o’tkazish natijasida buyurtmachi 
korxonada buxgalteriya hisobini tashkil etish to’g’risida qaror qabul qilinadi.
Mazkur xizmat turining o’zi bir martalik xususiyatga ega bo’lib, yangidan 
tashkil etilayotgan korxonalarda alohida auditorlik tashkilotlari tomonidan 
buxgalteriya (moliyaviy, boshqaruv) hisobini tashkil etish texnologiyasiga talab 
juda katta. Buxgalteriya hisobini yo’lga qo’yish bo’yicha ko’rsatiladigan 
professional xizmatning davomi sifatida auditorlik tashkiloti mijoz-korxona 
buxgalteriyasi uchun bo’lim buxgalterlaridan tortib to bosh buxgalter va moliya 
ishlari bo’yicha xodimlarni tanlashi va o’qitib berishi ham mumkin.
Buxgalteriya hisobini qayta tiklash xizmati ham ma’lum davr ichida 
bajariladi va bir martalik xususiyatga ega.
Hisobni qayta tiklash – ancha murakkab ish bo’lib, u auditorlik tashkilotining 
eng malakali mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to’g’risi-da» gi qonunning 7- 
moddasiga muvofiq o’zining buxgalteriya xizmatiga ega bo’lmagan tashkilotda 
buxgalteriya hisobi shartnoma asosida ixtisoslashtirilgan buxgalteriya markazi 
yoki tarkibiga buxgalteriya sub’ekti ham kiradigan xo’jalik birlashmasining 
hisobga olish bo’limi tomonidan amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan 
auditorlik tashkilotlari bunday ixtisoslashtirilgan tashkilot rolini muvaffaqiyat 
bilan bajarishlari mumkin.
Auditorlik tashkiloti o’z mijoziga hisob yuritishi uchun hisob siyosatini 
ishlab beradi, buxgalterlik hisobining ishchi schyotlar rejasini tuzadi, analitik 
schyotlar va hisob registrlarining tarkibini loyihalashtiradi, hisob yuritish shaklini 
tavsiya etadi.
Agar mijoz-korxona professional xizmatlar uchun shartnoma tuzilayotgan 
paytda zarur tashkiliy texnikalar – kompyuterlar, printerlar, aloqa vositalariga ega 
bo’lmasa, u holda auditorlik tashkiloti xodimlari o’z mijozi uchun qulay texnik 
vositalarni tanlash bo’yicha tavsiya berishi yoki tanlab, o’rnatib va dastur 
ta’minotini tuzib berishi, hamda ma’lumotlar bazasini to’ldirishga doir ishlarni 


36 
bajarishi mumkin.
Auditorlik tashkilotining xodimi (xodimlari) mijoz hohishiga ko’ra 
bevosita buyurtmachining ish joyida ishlab, u (buyurtmachi) auditorlarni zarur 
uskunalar bilan ta’minlash, ish joyini tashkil etish va boshqa majburiyatlarni o’z 
zimmasiga oladi. Agar mijoz-korxona tashkiliy texnikalarni sotib olish uchun 
etarli mablag’ga ega bo’lmasa yoki uni sotib olishni maqsadga muvofiq emas deb 
hisoblasa, hamda auditorlik tashkiloti xodimlari mijozning ish joyida ishlashlari 
uchun shart-sharoitlar bo’lmasa, u holda buyurtmachi dastlabki hujjatlarni o’z 
vaqtida taqdim etish bo’yicha majburiyatlarni to’liq zimmasiga oladi. Dastlabki 
hujjatlarni auditorlik tashkilotiga etkazib berish, hujjatlarning saqlani-shini 
ta’minlash, kompyuter yordamida hujjatlarga ishlov berish, analitik va sintetik 
hisob registrlarini yuritish, dastlabki hujjatlar va tuzulgan buxgalteriya hisobi 
registrlarini mijozga etkazib berish va boshqalarga doir ishlarni auditorlik 
tashkiloti o’z zimmasiga oladi.
Hisob yuritish hisobning barcha turlari va uchastkalari (to’liq hisob 
yuritish) kabi, hisobning alohida uchastkalari va bo’limlari bo’yicha ham (moddiy 
boyliklar harakatini hisobga olish – agar buyurtmachining ombori uning markaziy 
ofisidan uzoqda joylashgan bo’lsa; mehnatga haq to’lash bo’yicha hisob-kitoblar 
va boshqalar bo’yicha) amalga oshirilishi mumkin.
Ushbu professional xizmat bayonidan ko’rinib turibdiki, buyurtmachi-
korxonada, buxgalteriya xizmati yo’q, natijada hisobot tuzish, soliq 
deklaratsiyalarini to’lg’azish, buxgalteriya hisobotlari va soliq deklaratsiyalarini 
davlat soliq inspektsiyasi (DSI) va boshqa muassasalarda himoya qilishni 
topshirish mumkin bo’lgan malakali hodimi ham yo’q. Shuning uchun qoidaga 
ko’ra, mijoz-korxona buxgalterlik (moliyaviy) hisobotni tuzish, buxgalterlik 
(moliyaviy) hisobotlar va soliq deklaratsiyalarini davlat soliq inspektsiyasi (DSI) 
da himoya qilish kabi xizmat turlarini ham shartnomaga kiritishi mumkin.
b) moliyaviy hisobotni tuzish. Professional xizmatning ushbu turi asosan 
ikki xil bo’lishi mumkin. Birinchidan, auditorlik tashkiloti tomonidan 
buxgalterlik hisobini yuritishga doir bajarilgan ishlar majmuining yakunida 


37 
hisobot ham tuzib berilishi mumkin. Ikkinchi holatda auditorlik tashkilotining 
mustaqil ishi sifatida ya’ni buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan buxgalterlik 
registrlarining ma’lumotlari asosida faqatgina hisobotning o’zi tuzib berilishi ham 
mumkin.
Auditorlik tashkilotlar mijoz-korxonaga buxgalterlik (moliyaviy) hisobotni 
tuzib berish bilan birga byudjetdan tashqari fondlar va statistika organlariga 
topshiriladigan hisobotlarni tuzish bo’yicha ham xizmat ko’rsatishi mumkin.
v) Milliy moliyaviy hisobotni buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga 
o’tkazish.
Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb etish iqtisodiyotni 
erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirishning muhim belgilaridan biri 
hisoblanadi. Bu ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun milliy korxonalarimiz 
moliyaviy hisobotlarini xorijiy investorlar «o’qiy oladigan til»ga – moliyaviy 
hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) ga yoki investor faoliyat ko’rsatayotgan 
mamlakatdagi umum qabul qilingan hisob printsiplari (masalan, GAAP tizimi)ga 
o’tkazish zarur. Buning uchun auditor MHXS yoki investor mamlakatidagi 
GAAP tizimini, ularning xususiyatlarini va bizning milliy moliyaviy hisobotlar 
bilan qiyosiy tahlilini chuqur bilishi zarur.
Milliy iqtisodiyotimizga investitsiyalarni jalb qi-lishdan maqsad faqat o’zaro 
manfaatlarni qondirish emas, balki investorning investitsiya ob’ekti hisoblangan 
korxona faoliyatiga ta’sir ko’rsatadigan, o’zaro munosabatlarni o’rnatishdan 
iborat.
g) Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya-xo’jalik faoliyatini tahlil 
qilish masalalariga so’ngi yillarda talab kuchaymoqda. Bu shu bilan bog’liqki, bir 
necha yillar bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar, 
o’zlarining moliyaviy ahvoliga baho berish, iqtisodiy barqarorlikka erishish va 
mahsulot (ish, xizmat) larning qaysi turi eng ko’p daromad (yoki zarar) keltirishi 
va shu kabilarni bilishni istaydilar. Ko’pchilik korxonalar (xususan, ko’pchiligi 
aktsiyadorlik jamiyatlariga, qishloq xo’jalik kooperativlari (shirkat xo’jaliklari) 
ga aylantirilgan sobiq davlat (yoki jamoa korxonalari) iqtisodiy nochor va 


38 
bankrotlik holatida. Aksariyat korxonalarning iqtisodiy xizmat xodimlari bozor 
iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy ahvolni, korxona balansining likvidligi va to’lov 
layoqatini tahlil qilish, hamda moliya-xo’jalik faoliyatini tahlil qilish bilan 
bog’liq usullarni bilmaydilar, biznes-rejalar tuzish tajribasiga ega emas.
d) buxgalteriya hisobi, soliqqa tortish, rejalashtirish, menejment va moliya-
xo’jalik faoliyatining boshqa masalalari yuzasidan konsalting xizmati. Ushbu 
masalalarga doir professional xizmatlar: soliqqa tortish bo’yicha tushuntirishlar 
(yozma va og’zaki shaklda) tayyorlash, soliq qonunchiligini buzganlik uchun 
jarima hisob-kitobi hamda jarima undirishning to’g’riligini (yoki noto’g’riligini) 
asoslash, dastlabki hisobni tashkil etish, mijozning boshqa xo’jalik yurituvchi 
sub’ektlar bilan tuziladigan xo’jalik shartnomalari (bitimlari)ni takomillashtirish 
kabi ishlarni o’z ichiga oladi.
Hozirgi bozor kon’yunkturasidan foydalanib tezroq boylik orttirishni 
o’ylamasdan, korxonani uzoq yillar davomida jiddiy va barqaror rivojlantirishni 
maqsad qilib qo’ygan tadbirkorlar yangidan tuzayotgan shartnomalari va 
bitimlarini oldindan ekspertiza qildirishdan manfaatdordirlar.
Amalda majburiy auditorlik tekshiruvi, ko’pincha, yillik buxgalterlik 
(moliyaviy) hisobotlar tuzilib, tasdiqlanib va hatto tegishli organlarga 
topshirilganidan so’ng o’tkaziladi. Qoidaga ko’ra ularga, hamda tekshiruv 
o’tkazilayotgan davrga tegishli hisob registrlariga ham tuzatish kiritish mumkin 
emas.
Shuning uchun hozirgi paytda professional xizmatlarning yuqorida qayd 
qilingan turlari bo’yicha konsalting xizmatiga talab oshmoqda. Agar mijoz-
korxonalar buxgalterlik (moliyaviy) hisobotlarini topshirmasdan burun kansalting 
xizmati bo’yicha auditorlik tashkilotiga murojaat qilsa, yo’l qo’yilib kelayotgan 
xato-kamchiliklarni o’z vaqtida bartaraf qilib, qabul qilingan hisob siyosatidan 
chetga chiqmasliklari mumkin.
e) Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha hisob-kitoblar, hisobotlar 
va deklaratsiyalarni tuzish, ularni soliq inspektsiyasiga hamda boshqa tegishli 
organlarga topshirish ko’p hollarda buxgalter uchun nohush jarayon sifatida 


39 
kechadi.
Bunga sabab bir tomondan, mazkur ishning murakkabligi bo’lsa, 
ikkinchidan, hisobot va deklaratsiya topshiruvchi buxgalterning vaqtini oladigan-
navbat kutish hamda ayrim soliq xodimlarining xushmuomilasizligi va shunga 
o’xshashlar.
Bundan tashqari, ma’lumki, agar davlat statistika organlari va byudjetdan 
tashqari fondlarga (bandlik xizmati va h. k) tegishli hisobot shakllari 
topshirilganligi to’g’ri-sida buxgalterlik (moliyaviy) hisobot muqovasiga belgi 
qo’yilmagan bo’lsa, uni soliq inspektsiyasi qabul qilmaydi.
Bunday barcha ishlarni ya’ni soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar 
bo’yicha hisob-kitoblar, hisobotlar va deklaratsiyalarni tuzish, hamda tegishli 
organlarga topshirishni auditorlik tashkiloti to’liq o’z zimmasiga oladi.
Shuningdek, auditorlik tashkiloti soliq inspektsiyasining tekshiruv 
dalolatnomalarini ham o’rganib, agar nohaq kamchiliklar ko’rsatilgan bo’lsa, ular 
bo’yicha e’tiroz xati tayyorlashi mumkin.
Hisobotlarni muvaffaqiyatli topshirish va himoya qilish, auditorlik 
tashkiloti hisobotlarni tuzishga doir ishlarni malakali va sifatli bajarganligidan 
dalolat beradi, hamda professional xizmat bozorida uning obro’sini oshiradi.
j) Auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyati bilan bog’liq bo’lgan tadqiqotlar, 
ma’ruzalar, seminarlar, amaliy mashg’ulotlar va boshqa shakldagi tadbirlar ham 
o’tkazishi mumkin. Bu maqsadda auditorlik tashkiloti Moliya Vazirligi davlat 
soliq inspektsiyasi, va boshqa mutasaddi idoralardan tajribali uslubiyotchi va 
amaliyotchi xodimlarni, hamda oliy o’quv yurtlaridan etakchi professor-
o’qituvchilarni taklif etishi mumkin.
Bu toifa xizmatlarning buxgalterlarni o’qitish bilan bog’liq boshqa 
xizmatlardan farqi, u seminar ishtirokchilaridan ma’lum malaka talab qiladi.
Auditorlik tashkiloti xodimlari ma’ruza va seminar ishtirokchilariga fuqarolik, 
soliq va boshqa qonunchiliklarda ro’y bergan o’zgarishlarni, buxgalterlik hisobini 
yuritishga doir me’yoriy hujjatlar(buxgalteriya hisobi va hisobotining xalqaro 
hamda milliy standartlari, nizomlar, qarorlar, yo’riqnomalar va boshqalar)ni 


40 
sharhlab beradilar. Shuningdek, bunday tadbirlarda hisob yuritish va hisobot 
tuzishda ko’p sodir bo’ladigan xatolar muhokama qilinadi va seminar 
ishtirokchilarining savollariga javob beradilar.
Yuqorida keltirilgan professional xizmatlardan tashqari auditorlik tashkiloti 
belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi, audit, moliya-xo’jalik faoliyati tahlili
soliqqa tortish bo’yicha o’quv qo’llanmalar va o’quv-uslubiy materiallar 
tayyorlashi hamda chop ettirishi mumkin. Bu tarzdagi xizmatlar, odatda, mazkur 
masalalar bo’yicha bosmaxona, uslubiy tavsiyalar va boshqa ommabop 
adabiyotlarni ishlab chiqa oladigan mualliflar hamda tahririyat jamoasiga ega 
yirik auditorlik tashkilotlari tomonidan bajariladi.
Shuningdek, auditorlik tashkiloti mijoz-korxonalariga davriy nashr 
adabiyotlari: «Soliq to’lovchining jurnali», «Soliq va bojxona xabarlari», 
«Xo’jalik huquqi», «O’zbekiston iqtisodiy axborotnomasi» va boshqalarga obuna 
bo’lishdan tortib, to kompyuter uchun «huquq tizimi» va h. k ma’lumotlargacha 
bo’lgan qo’llanmalarning maqbul to’plamini tanlash bo’yicha maslahatlar ham 
berishi mumkin.

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin