Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov


-modda. Auditorlik tashkilotining majburiyatlari



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/155
tarix07.10.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#152835
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   155
audit (3)

7-modda. Auditorlik tashkilotining majburiyatlari 
Auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyati bilangina shug’ullanishi mumkin 
hamda u: 
auditorlik faoliyatini amalga oshirayotganida ushbu Qonun hamda boshqa 
qonun hujjatlarining talablariga rioya etishi
auditorlik tekshiruvi o’tkazishga doir shartnoma tuzishdan oldin 
buyurtmachining talabiga binoan auditorlik faoliyatini o’tkazish huquqini 
beruvchi tegishli litsenziyani, auditor (auditorlar)ning malaka sertifikatini taqdim 
etishi; 
xo’jalik yurituvchi sub’ektning so’roviga binoan auditorlik tekshiruvini 
o’tkazish bo’yicha qonun hujjatlarining talablari to’g’risidagi, auditorning 
e’tirozlari asoslanilgan qonun hujjatlarining normalari to’g’risidagi axborotni 
taqdim etishi; 
auditorlik 
tekshiruvini 
amalga 
oshirishda 
olingan 
axborotning 
maxfiyligiga rioya etishi; 
auditorlik hisobotida moliyaviy-xo’jalik operatsiyalarining qonuniyligi 
buzilishi faktlarini hamda ularni bartaraf etish yuzasidan takliflarni aks ettirishi; 
auditorlik xulosalari va hisobotlarining nusxalari auditorlik tashkilotida 
kamida besh yil saqlanishini ta’minlashi; 
(7-moddaning birinchi qismi ettinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasining 2013 yil 30 apreldagi O’RQ-352-sonli 
Qonuni
 
tahririda — O’R QHT, 2013 y., 18-son, 233-modda) 
auditorlarning bir yilda bir marta malaka oshirish kurslaridan o’tishlarini 
ta’minlashi;
auditorlik tashkilotlarini majburiy reyting baholash uchun auditorlarning 
respublika jamoat birlashmasi so’roviga ko’ra axborot taqdim etishi.
(7-moddaning birinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2007 yil 17 sentyabrdagi O’RQ-110-sonli 
Qonuni
 asosida ettinchi—
to’qqizinchi xatboshilar bilan to’ldirilgan — O’R QHT, 2007 y., 37-38-son, 378-modda) 


399 
xo’jalik yurituvchi sub’ektga uning mansabdor shaxslari va boshqa 
xodimlari zarar etkazganligini aniq tasdiqlab turgan faktlarni aniqlagan taqdirda 
bu haqda xo’jalik yurituvchi sub’ektning rahbariyatiga (mulkdoriga) ma’lum 
qilishi hamda auditorlik hisobotiga tegishli qaydni kiritishi shart. Zarur hollarda 
auditorlik tekshiruvining natijalarini ma’lum qilish uchun qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda qatnashchilarning (aktsiyadorlarning) umumiy yig’ilishi 
chaqirilishini talab qilishi. 
Qo’shimcha ma’lumot uchun O’zbekiston Respublikasi «Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish 
to’g’risida»gi Qonunining 
72-moddasi 
hamda «Mas’uliyati cheklangan hamda qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to’g’risida»gi Qonunining 
33-moddasiga 
qarang. 
(7-moddaning birinchi qismi o’ninchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasining 2013 yil 30 apreldagi O’RQ-352-sonli 
Qonuni 
tahririda — O’R QHT, 2013 y., 18-son, 233-modda) 
auditorlar ishining sifati nazorat qilinishini ta’minlashi shart. 
(7-moddaning birinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2013 yil 30 apreldagi O’RQ-352-sonli 
Qonuniga 
asosan o’n birinchi 
xatboshi bilan to’ldirilgan — O’R QHT, 2013 y., 18-son, 233-modda) 
Auditorlik tashkiloti zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa 
majburiyatlar ham bo’lishi mumkin. 

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin