Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov


-modda. Litsenziyaning amal qilishini to’xtatib turish



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/155
tarix07.10.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#152835
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   155
audit (3)

22-modda. Litsenziyaning amal qilishini to’xtatib turish 
Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda to’xtatib turilishi mumkin: 
auditorlik tashkiloti litsenziya talablari va shartlarini buzganligi 
aniqlanganda;


409 
maxsus vakolatli davlat organining auditorlik tashkiloti zimmasiga 
aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarori 
auditorlik tashkiloti tomonidan bajarilmaganda.
Maxsus vakolatli davlat organining litsenziyaning amal qilishini to’xtatib 
turish to’g’risidagi qarori auditorlik tashkilotiga yozma shaklda, qaror qabul 
qilingan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay etkaziladi. Litsenziyaning 
amal qilishini to’xtatib turish to’g’risidagi sud qarori auditorlik tashkilotiga va 
maxsus vakolatli davlat organiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda 
etkaziladi.
Maxsus vakolatli davlat organi yoki sud litsenziyaning amal qilishini 
to’xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etishi uchun auditorlik 
tashkilotiga muddat belgilashi shart. Maxsus vakolatli davlat organi 
litsenziyaning amal qilishini o’n ish kunidan ko’p bo’lmagan muddatga, sud esa 
o’n ish kunidan ko’p bo’lgan muddatga to’xtatib turishi mumkin. Bunda 
litsenziyaning amal qilishini to’xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf 
etishi uchun sud qarorida belgilangan muddat olti oydan ko’p bo’lishi mumkin 
emas.
Auditorlik tashkiloti litsenziyaning amal qilishini to’xtatib turishga olib 
kelgan holatlarni bartaraf etgan taqdirda, litsenziyaning amal qilishini to’xtatib 
turish to’g’risida qaror qabul qilgan maxsus vakolatli davlat organi yoki sud 
ko’rsatilgan holatlar bartaraf etilganligi to’g’risidagi tasdiqnomani olgan kundan 
e’tiboran litsenziyaning amal qilishini tiklash to’g’risida o’n kun muddat ichida 
qaror qabul qilishi shart.
Litsenziyaning amal qilishini to’xtatib turish va tiklash to’g’risidagi 
ma’lumotlar ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi kerak.
Maxsus vakolatli davlat organining litsenziyaning amal qilishini to’xtatib 
turish to’g’risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Sud 
litsenziyaning amal qilishini to’xtatib turishni asossiz deb topgan taqdirda
maxsus vakolatli davlat organi auditorlik tashkiloti oldida unga etkazilgan zarar 
miqdorida javobgar bo’ladi 


410 
(22-moddaning matni O’zbekiston Respublikasining 2006 yil 10 oktyabrdagi O’RQ-59-sonli 
Qonuni
tahririda — O’zbekiston 
Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2006 y., 41-son, 405-modda) 

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin