406
auditorlik hisoboti auditorlik tekshiruvi topshirig’iga binoan o’tkazilayotgan
shaxsga ham taqdim etiladi.
Auditorlik hisobotidagi axborot maxfiy hisoblanadi va oshkor qilinishi
mumkin emas. Ushbu axborotdan foydalangan shaxslar axborotni oshkor
qilganlik uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Auditorlik hisobotining har bir beti auditorlik tekshiruvini o’tkazgan
auditor (auditorlar) va auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan imzolangan
bo’lishi kerak.
(18-moddaning to’rtinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2013 yil 30 apreldagi O’RQ-352-sonli
Qonuni
tahririda — O’R
QHT, 2013 y., 18-son, 233-modda)
Auditorlik hisobotining shakli va mazmuni auditorlik faoliyatning
standartlari bilan belgilanadi.
Batafsil ma’lumot uchun «70-son O’zbekiston Respublikasi Auditorlik faoliyatining
milliy standarti
(AFMS) «Moliyaviy hisobot
to’g’risida auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi» (ro’yxat raqami 1016, 10.03.2001 y.)ga qarang.
(18-moddaning beshinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2013 yil 30 apreldagi O’RQ-352-sonli
Qonuni
tahririda — O’R
QHT, 2013 y., 18-son, 233-modda)
Dostları ilə paylaş: