Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov


-modda. Auditorlik tashkilotining javobgarligi



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/155
tarix07.10.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#152835
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   155
audit (3)

8-modda. Auditorlik tashkilotining javobgarligi 
Auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvi buyurtmachilari, xo’jalik 
yurituvchi sub’ekt va moliyaviy hisobotdan boshqa foydalanuvchilar oldida 
moliyaviy hisobot hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektning boshqa moliyaviy 
axboroti to’g’risida noto’g’ri yakundan iborat bo’lgan auditorlik xulosasini tuzish 
oqibatida ularga etkazilgan zarar uchun javobgar bo’ladi. 
Auditorlik tekshiruvini sifatsiz o’tkazganlik yoki lozim darajada 
o’tkazmaganlik oqibatida xo’jalik yurituvchi sub’ektga va (yoki) auditorlik 
tekshiruvining buyurtmachisiga etkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan 
foyda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi shart. 
9-modda. Auditorlik tekshiruvi 
Auditorlik tekshiruvi moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborot 
to’g’riligi va buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun hujjatlariga mosligini 
aniqlash maqsadida xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotini hamda u 
bilan bog’liq moliyaviy axborotini auditorlik tashkilotlari tomonidan tekshirishdir 
(9-moddaning birinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2013 yil 30 apreldagi O’RQ-352-sonli 
Qonuni 
tahririda — O’R QHT, 
2013 y., 18-son, 233-modda) 


400 
Auditorlik tekshiruvi majburiy va tashabbus tarzidagi shakllarda 
o’tkaziladi. 
Auditning xalqaro standartlari asosida amalga oshiriladigan auditorlik 
tekshiruvi ushbu Qonunning 16-moddasida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya 
etish sharti bilan o’tkaziladi. 
(9-modda O’zbekiston Respublikasining 2013 yil 30 apreldagi O’RQ-352-sonli 
Qonuniga 
asosan uchinchi qism bilan to’ldirilgan 
— O’R QHT, 2013 y., 18-son, 233-modda) 
10-modda. Majburiy auditorlik tekshiruvi 
Quyidagilar har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tishi kerak: 
-
aktsiyadorlik jamiyatlari; 
-
banklar va boshqa kredit tashkilotlari
-
sug’urta tashkilotlari; 
-
investitsiya 
fondlari hamda 
yuridik 
va 
jismoniy 
shaxslarning 
mablag’larini jamlab turuvchi boshqa fondlar hamda ularning investitsiya 
aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar; 
-
(10-modda birinchi qismining beshinchi xatboshi O’zbekiston Respublikasining 2009 yil 9 sentyabrdagi O’RQ-216-sonli 
Qonuni
 
tahririda — O’R QHT, 2009 y., 37-son, 403-modda) 
-
manbalari yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari bo’lmish 
xayriya fondlari va boshqa ijtimoiy fondlar; 
-
mablag’larining hosil bo’lish manbalari qonun hujjatlarida nazarda 
tutilgan, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qilinadigan majburiy ajratmalar 
bo’lmish byudjetdan tashqari fondlar; 
-
ustav fondida davlatga tegishli ulush bo’lgan xo’jalik yurituvchi 
sub’ektlar va davlat unitar korxonalari. 
-
(10-moddaning birinchi qismi sakkizinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasining 2013 yil 30 apreldagi O’RQ-352-sonli 
Qonuni 
tahririda — O’R QHT, 2013 y., 18-son, 233-modda) 
-
fond va tovar birjalari. 
(
10-moddaning birinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2013 yil 30 apreldagi O’RQ-352-sonli 
Qonuniga 
asosan to’qqizinchi 
xatboshi bilan to’ldirilgan — O’R QHT, 2013 y., 18-son, 233-modda) 
Majburiy auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi xo’jalik yurituvchi 
sub’ekt bo’ladi. Auditorlik tashkilotini tanlash xo’jalik yurituvchi sub’ekt 
mulkdori, shuningdek qatnashchilari (aktsiyadorlari)ning umumiy yig’ilishi bilan 
kelishib olinadi. 


401 
Qonun hujjatlariga muvofiq o’tkaziladigan majburiy auditorlik 
tekshiruvidan bosh tortish xo’jalik yurituvchi sub’ektning mansabdor shaxsiga 
nisbatan ma’muriy jazo qo’llanilishiga sabab bo’ladi. Xo’jalik yurituvchi 
sub’ektning mansabdor shaxsiga nisbatan ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin 
kalendar yil tugaguniga qadar majburiy auditorlik tekshiruvini o’tkazishdan bosh 
tortish xo’jalik yurituvchi sub’ektdan eng kam oylik ish haqining ellik 
baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima undirishga sabab bo’ladi. 
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari 
summasining jami yigirma foizidan ortiq miqdorda jarima undirish unga 
undiriladigan summani undirish to’g’risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran 
olti oy mobaynida oyma-oy bo’lib to’lash imkoni berilgan holda amalga 
oshiriladi. Jarimaning to’lanishi xo’jalik yurituvchi sub’ektni majburiy auditorlik 
tekshiruvidan o’tishdan ozod qilmaydi 
Qarang: O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksining 
179
1
moddasi
. Shuningdek, qarang: 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 22 sentyabrdagi 365-son qarori bilan tasdiqlangan «Majburiy auditorlik tekshiruvi 
o’tkazilishidan bo’yin tovlaganligi uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektlardan jarima undirish tartibi to’g’risida»gi 
Nizomi
 
(10-moddaning uchinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2006 yil 10 oktyabrdagi O’RQ-59-sonli 
Qonuni
tahririda — 
O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2006 y., 41-son, 405-modda) 

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin