413
Auditor malaka sertifikatining amal qilishi uni tugatish to’g’risida
qaror
qabul qilingan sanadan e’tiboran tugatiladi, ushbu moddaning uchinchi qismida
nazarda tutilgan hol bundan mustasno.
(25-moddaning ikkinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2007 yil 17 sentyabrdagi O’RQ-110-sonli
Qonuni
tahririda — O’R
QHT, 2007 y., 37-38-son, 378-modda)
Auditorlik tashkiloti litsenziyasining amal
qilishini tugatishga sabab
bo’lgan qoidabuzarliklarga yo’l qo’ygan auditorlik tashkiloti rahbarining,
shuningdek auditorning malaka sertifikati amal qilishi litsenziyaning amal
qilishini tugatish to’g’risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran tugatiladi.
(25-modda O’zbekiston Respublikasining 2007 yil 17 sentyabrdagi O’RQ-110-sonli
Qonuni
asosida uchinchi qism bilan
to’ldirilgan — O’R QHT, 2007 y., 37-38-son, 378-modda)
Maxsus vakolatli davlat organining auditor malaka sertifikatining amal
qilishini tugatish to’g’risidagi qarori ustidan qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Ushbu modda birinchi qismining uchinchi —
beshinchi va ettinchi
xatboshilarida nazarda tutilgan asoslarga ko’ra malaka sertifikatining amal qilishi
tugatilgan shaxs auditor malaka sertifikati amal qilishini tugatish to’g’risida qaror
qabul qilingan kundan e’tiboran uch yil mobaynida malaka sertifikati olish
to’g’risidagi ariza bilan takroran murojaat qilishga haqli emas.
(25-modda O’zbekiston Respublikasining 2007 yil 17 sentyabrdagi O’RQ-110-sonli
Qonuni
asosida beshinchi qism bilan to’ldirilgan — O’R QHT, 2007 y., 37-38-son, 378-
modda)
Dostları ilə paylaş: