414
Ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan
asoslarga ko’ra malaka sertifikati bekor qilingan shaxs auditor malaka sertifikatini
bekor qilish to’g’risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch yil mobaynida
malaka sertifikati olish to’g’risidagi ariza bilan takroran
murojaat qilishga haqli
emas.
(26-modda O’zbekiston Respublikasining 2007 yil 17 sentyabrdagi O’RQ-110-sonli
Qonuni
asosida to’rtinchi qism bilan to’ldirilgan — O’R QHT, 2007 y., 37-38-son, 378-
modda)
27-modda. Auditorlarning respublika jamoat birlashmasi
Auditorlarning respublika jamoat birlashmasi auditorlarning ixtiyoriy
asoslarda birlashtiradigan nodavlat notijorat tashkilotidir.
Auditorlarning respublika jamoat birlashmasi
auditorlarning malaka
darajasini rivojlantirishga va saqlab turishga,
ularning kasbiy manfaatlari
himoyalanishiga ko’maklashishga da’vat etilgandir.
Auditorlarning respublika jamoat birlashmasi:
auditorlarning ta’lim dasturlarini va auditorlik malaka sertifikatini olish
huquqiga doir malaka imtihonlarini topshirish tartibini ishlab chiqishda;
(27-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasining 2002 yil 13 dekabrdagi 447-II-sonli
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003
y., 1-son, 8-modda)
auditorlar malaka sertifikatini olish huquqiga
doir malaka imtihonlarini
o’tkazishda;
auditorlik faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish
yuzasidan takliflar tayyorlashda.
(27-moddaning uchinchi qismi to’rtinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasining 2013 yil 30 apreldagi O’RQ-352-sonli
Qonuni
tahririda — O’R QHT, 2013 y., 18-son,
233-modda)
auditorlik tashkilotlari faoliyatini majburiy
reyting baholashni tashkil
qilishda ishtirok etadi.
(27-moddaning uchinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2013 yil 30 apreldagi O’RQ-352-sonli
Qonuniga
asosan beshinchi xatboshi bilan to’ldirilgan — O’R QHT,
2013 y., 18-son, 233-modda)
Dostları ilə paylaş: