417
moliyaviy barqarorligi, to’lov qobiliyati va o’zini-o’zi moliyalash darajasi, ishdagi faollik
mezonlaridan kelib chiqadi.
III. AUDITORLIK TAShKILOTLARINING
HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI
7. Auditorlik tashkilotlari:
auditorlik tekshiruvini o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilish uchun xo’jalik yurituvchi
sub’ektning ta’sis hujjatlari va buxgalteriya hisobi hamda moliyaviy hisobotlari bilan oldindan
tanishib chiqish;
auditorlik tekshiruvini olib borish shakllari va uslublarini mustaqil ravishda belgilash;
auditorlik tekshiruvini o’tkazishda xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliya-xo’jalik
faoliyatini amalga oshirish bilan bog’liq hujjatlari bilan to’liq tanishib chiqish, shuningdek
ushbu hujjatda hisobga olingan har qanday mulkning aniq mavjudligi yoki har qanday
majburiyatlarning aniq
holatini tekshirish;
auditorlik tekshiruvi davomida yuzaga kelgan savollar bo’yicha xo’jalik yurituvchi
sub’ektning moddiy javobgar shaxslaridan og’zaki va yozma tushuntirishlar hamda auditorlik
tekshiruvi uchun zarur bo’lgan qo’shimcha ma’lumotlarni olish;
xo’jalik yurituvchi sub’ektdan uchinchi shaxslar axborotining yozma tasdiqnomasini
olish;
xo’jalik yurituvchi sub’ekt ishonchli auditorlik xulosasini tayyorlash uchun barcha zarur
bo’lgan axborotni bermagan taqdirda auditorlik tekshiruvini o’tkazishdan bosh tortish;
auditorlik tekshiruvini o’tkazishda auditorlar va boshqa mutaxassislarni ishtirok etishga
belgilangan
tartibda jalb etish;
auditorlik tekshiruvini olib borish davrida xo’jalik yurituvchi sub’ektga buxgalteriya
hisobini yo’lga qo’yish, tiklash, olib borish hamda moliyaviy hisobotni tayyorlashdan tashqari
professional xizmatlar ko’rsatish;
respublika auditorlar jamoat birlashmasiga a’zo bo’lish huquqiga egadir.
Auditorlik tashkilotlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega
bo’lishlari mumkin.
8. Auditorlik tashkilotlari:
auditorlik faoliyatini amalga oshirishda qonun hujjatlarida belgilangan litsenziya talablari
va shartlariga amal qilishi;
418
auditorlik tekshiruvini o’tkazish bo’yicha shartnoma tuzishdan avval buyurtmachining
talabiga ko’ra auditorlik faoliyatini amalga oshirishga tegishli litsenziya,
auditor
(auditorlar)ning malaka sertifikatini ko’rsatishi;
xo’jalik yurituvchi sub’ektning talabiga ko’ra auditorlik tekshiruvini o’tkazish bo’yicha
qonun hujjatlaridagi talablar, auditorning fikr-mulohazalari asoslanadigan huquqiy normalar
to’g’risida axborot taqdim etishi;
auditorlik tekshiruvini amalga oshirishda olingan axborotlarni sir saqlashi;
auditorlik hisobotida moliya-xo’jalik operatsiyalarining qonuniyligini buzish holatlari va
ularni bartaraf etish bo’yicha takliflarni
aks ettirishi;
o’tkazilgan auditorlik tekshiruvlari natijalari bo’yicha auditorlik xulosalari va auditorlik
hisobotlarining nusxalari auditorlik tashkilotida bo’lishi hamda ularning qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda saqlanishini ta’minlashi;
xo’jalik yurituvchi sub’ektning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari mazkur
sub’ektga zarar keltirganligiga yaqqol guvohlik beruvchi holatlarni aniqlagan taqdirda bu
to’g’rida rahbariyat (mulkdor)ni xabardor qilishi hamda auditorlik xulosasida tegishli ravishda
qayd etishi shart. Zarur hollarda auditorlik tekshiruvining natijalarini
aktsiyadorlarga etkazish
uchun ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda umumiy majlisini chaqirishni talab
qilishi;
auditorlarning har yili malaka oshirish kurslaridan o’tishlarini ta’minlashi;
respublika auditorlar jamoat birlashmalarining talabiga ko’ra auditorlik tashkilotlarini
majburiy reyting baholash uchun axborot taqdim etishi shart.
Auditorlik tashkilotlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega
bo’lishlari mumkin.
9. Auditorlar nazorat yoki huquqni muhofaza qilish organlarining topshiriqlariga binoan
faqat auditorlik tashkiloti bilan nazorat yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar o’rtasida
tuzilgan shartnoma asosida turli tekshiruvlarni o’tkazishda mutaxassislar sifatida ishtirok
etishlari mumkin.
Dostları ilə paylaş: