422
22. Auditorlik tashkiloti litsenziyasining amal qilishini to’xtatish uchun asos bo’ladigan
litsenziya talablarini bir marta qo’pol ravishda buzishga quyidagilar kiradi:
auditorlik faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish;
auditorlik faoliyatini amalga oshirishda mustaqillikni ta’minlamaslik;
ishonchsiz yoxud shak-shubhasiz yolg’on auditorlik xulosasi tuzish;
auditorlik tekshiruvi o’tkazish chog’ida olingan mahfiy axborotni
auditorlik tekshiruvi
buyurtmachisining ruxsatisiz oshkor qilish, qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan hollar bundan
mustasno;
auditorlik tekshiruvlarini o’tkazishda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan cheklanishlarga
rioya qilinmaslik;
auditorlik faoliyatini amalga oshirishda fuqarolik mas’uliyati sug’urta polisining yo’qligi;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini O’zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligining tekshiruvlaridan bo’yin tovlash.
23. Auditorning malaka sertifikati amal qilishini to’xtatish uchun asos bo’ladigan
auditorlik faoliyatini amalga oshirishda qonun hujjatlari talablarini qo’pol
ravishda bir
marotaba buzishga quyidagilar kiradi:
auditorlik tekshiruvini amalga oshirishda mustaqillikni ta’minlamaslik;
ishonchsiz yoxud shak-shubhasiz yolg’on auditorlik xulosasi tuzish;
auditorlik tekshiruvi o’tkazish chog’ida olingan mahfiy axborotni auditorlik tekshiruvi
buyurtmachisining ruxsatisiz oshkor qilish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan
mustasno;
auditorlik tekshiruvi o’tkazishda aniqlangan xo’jalik yurituvchi sub’ektning buxgalteriya
hisob-kitobi yuritish, moliya hisobotini tuzish bo’yicha belgilangan talablarni buzganligi
faktlarining auditor tomonidan yashirilishi;
auditorning malaka sertifikatini o’z nomidan auditorlik faoliyatida qatnashish uchun
ushbu hujjatdan
foydalanish maqsadida, boshqa shaxsga berilishi fakti aniqlanganda;
auditorlik tashkilotining shtatida turgan auditorning mazkur tashkilotning tegishli ruxsati
(buyrug’i)siz nazorat yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar topshirig’i bo’yicha turli
tekshiruvlarni o’tkazish uchun mutaxassis sifatida qatnashishi.
24. Auditorning har yilgi malaka oshirish talablarini muntazam ravishda buzishi
auditorlik malaka sertifikatining amal qilishini to’xtatish uchun asos bo’ladi.